Anketa orqali kuzatishda kuzatilayotgan kishilarga oldindan maxsus
tayyorlangan varaqalar tarqatiladi. Anketa orqali kuzatish kerakli ma`lumotlarni
kam xarajat qilib olish imkoniyatini yaratsa-da, ammo ularning aniqligi javob
berilayotgan shaxslarga bog’liqdir. Varaqalarga javob yozish ixtiyoriy bo`lganligi
uchun odatda tarqatilgan anketalarning faqatgina bir qismi qaytib kelishi mumkin.
Natijada qisman kuzatishga egabo`lamiz.
Monografik tasvirlash deganda tipik hodisalarni har taraflama chuqur va
sinchiklab o`rganish tushuniladi. U ko`pincha yoppasiga kuzatish natijalarini
boyitish maqsadida ilg’or tajribani o`rganish va ommalashtirishda qo`llaniladi.
Monografik tasvirlash barcha to`plam haqida fikr yuritish uchun ma`lumot
to`plashni ko`zlamaydi va shu bilan qisman kuzatishning boshqa turlaridan farq
qiladi. Uning ma`lumotlari ayni tekshirilayotgan hodisa, ob`ektga tegishlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |