2-Mavzu. Statistika fanining predmeti va usuli Bajardi: Solixova Madinabonu


Download 81.46 Kb.
Sana25.11.2021
Hajmi81.46 Kb.
#177334
Bog'liq
2-Mavzu

2-Mavzu. Statistika fanining predmeti va usuli

Bajardi:Solixova Madinabonu

Nazorat savollari:

1. Statistika fan sifatida qachon va qaerda paydo bo'lgan?

2. Siyosiy arifmetikchilarning statistika fanini rivojlantirishdagi tutgan o'rni qanday?

3. Statistika so'zini birinchi bo'lib kim qo'llagan va u nimani bildiradi?

4. Statistika bu fanmi yoki metodmi?

5. Statistik to'plam boshqa to'plamlardan nima bilan farq qiladi?

6. Statistikaning qanday metodlarini bilasiz?

2. Statistika fan sifatida

  • Ma’lumotlar shaklida axborotni to’plash, ma’lumotlarni tahlil qilish va ulardan xulosa qilish bilan o’rganadi. Bundan tashqari, statistiklar tegishli masalaga qanday ma’lumot kerakligini va tadqiqot bo’yicha qilingan xulosalarga ishonish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlaydi.
  • Statistika – bu ma’lumotlar to’g’risidagi fandir. U raqamli ma’lumotlarni to’plash, tasniflash, umumiylashtirish, tizimlashtirish, tahlil qilish, taqdimot va talqin qilishni o’z ichiga oladi.

Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi

  • Statistik hisoblarning rivojlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar qadimgi Hindiston, Xitoy, Misr va boshqa davlatlarda yaratilgan tarixiy asarlarda o’z aksini topgan. Statistika fani XVII asrning oxirlariga kelib, mustaqil fan sifatida shakllana boshlandi. Shu davrda «Siyosiy arifmetika» degan fan vujudga keldi. Uning asoschilari ingliz olimlari U. Petti (1623-1687) va Jon Graunt (1620-1674) bo’lganlar. U. Pettini o’z vaqtida iqtisodning «otasi» va ma’lum darajada statistikaning ixtirochisidir, deb atashgan. Yevropada statistikaning asoschisi bo’lib belgiyalik olim A. Ketle (1796-1874) hisoblangan. O’sha davrda Germaniyada G.Axenvall (1719-1772) birinchi marta «statistika» so’zini qo’llagan. Angliyada esa A. Bouli (1869-1957) statistikaning taraqqiy etishiga asos solgan. www.themegallery.com Statistikani rivojlanishida rus olimlari ham o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar: V.N.Tatishev (1686-1750), K.I.Krilov (1689-1737), D.P.Juravskiy, Semenov TyanShanskiy (1827-1914), Yu.E.Yanson (1835-1893), A.I.Chuprov (1842-1908), V.I.Ulyanov (1870-1924); A.A.Chuprov (1874- 1926), A.A.Kaufman (1864-1919) va boshqalar. Sobiq Ittifoq davrida ijod qilgan va statistikani rivojlanishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shgan statistik olimlar: S.G.Strumilin, V.S. Nemchinov, V.N.Starovskiy, M.N.Smit, B.S.Yastremskiy, S.M.Yugenburg (ko’p yillar Samarqand kooperativ instituti statistika kafedrasida ishlagan), A.Ya.Boyarskiy, A.I.Gazulov, A.I.Petrov, T.V.Ryabushkin, V.M.Simchera, N.N.Ryauzov va boshqalarni kiritish mumkin.
  •  «Statistika» atamasi lotincha «Status» so`zidan olingan bo`lib, hodisalarning holati, ahvolini bildiradi. «Status» so`zi negizidan «Stato» - davlat, «statusta» - davlatni biluvchi, «statustica», ya`ni davlat to`g’risida muayyan bilim, ma`lumotlar yig’indisi degan tushunchalar kelib chiqqan. 
  • Germaniyada G.Axenval (1719-1772) birinchi marta «statistika» so`zini qo`llagan.
  • Korreyl  “Statistika  bu  koreta,  u  seni  buyurgan  tomonga  olib  borad Uter—"'Statistika  sen  bilmagan  narsa  to'g'risida  aniq  ma'lumot  berish  san'atidir";  Shletsar-'Statistika  bu  turib  qolgan  tarix.  tarix  bu  kunlik  statistikadir”;  Djini—"Statistika— bu  faqat to'liq  induksiya’ni  emas  hamda  to'liqsiz induksiya'ning xudosidir": Napolen-'Statistika buyumlar budjeti.  aniqrog'i  buyumlar katalogi.  unga  hamma yangidan  paydo  bo'lgan narsa-  lar kiritilishi, yo'qoladiganlari  va yo'qolganlari  o'chirilishi  kerak".  Statis­ tika deganda uzluksiz quruq raqamlar qatori. amaliy faoliyat.  ijtimoiv  fan. Metod va h.klar tushuniladi
  • Statistik to’plam-bu umumiy bog’liqlikda qandaydir bir sifat belgisi bilan birlashgan va bir-biridan farq qiluvchi obyekt yoki hodisalarning yig’indisidir. Masalan korxonalar soni ,oilalar soni va h.k
  • To’plamlar bir jinsli va turli jinsli bo’lishi mumkin.
  • Statistik kuzatish ma'lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishning keng tarqalgan metodlaridan biri guruhlashdir. Statistikada guruhlash deb to'plam birliklarini eng muhim belgilari bo'yicha bir xil guruh va guruhchalarga ajratib o'rganishga aytiladi. Guruhlash metodi statistikada ko‘p yillardan (XVIII asr) beri qo‘ llanib kelinmoqda. Bu metodni qo'llashdan maqsad, to'plam birliklarini qanday bir bo'laklarga bo'lish emas. balki faqat shu hodisaga xos xususiyatlarni ochib berish. undagi mavjud tendensiya va qonuniyatni baholash. miqdor o'zgarishlardan sifat o'zgarishlarga, sifat o'zgarishlardan miqdor o'zgarishlarga o’tish jarayonlarini aniqlash va baholashdir.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 81.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling