Bajardi:Solixova Madinabonu Nazorat savollari: 1. Statistika fan sifatida qachon va qaerda paydo bo'lgan? 2. Siyosiy arifmetikchilarning statistika fanini rivojlantirishdagi tutgan o'rni qanday? 3. Statistika so'zini birinchi bo'lib kim qo'llagan va u nimani bildiradi? 4. Statistika bu fanmi yoki metodmi? 5. Statistik to'plam boshqa to'plamlardan nima bilan farq qiladi? 6. Statistikaning qanday metodlarini bilasiz? - Ma’lumotlar shaklida axborotni to’plash, ma’lumotlarni tahlil qilish va ulardan xulosa qilish bilan o’rganadi. Bundan tashqari, statistiklar tegishli masalaga qanday ma’lumot kerakligini va tadqiqot bo’yicha qilingan xulosalarga ishonish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlaydi.
- Statistika – bu ma’lumotlar to’g’risidagi fandir. U raqamli ma’lumotlarni to’plash, tasniflash, umumiylashtirish, tizimlashtirish, tahlil qilish, taqdimot va talqin qilishni o’z ichiga oladi.
- Statistik hisoblarning rivojlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar qadimgi Hindiston, Xitoy, Misr va boshqa davlatlarda yaratilgan tarixiy asarlarda o’z aksini topgan. Statistika fani XVII asrning oxirlariga kelib, mustaqil fan sifatida shakllana boshlandi. Shu davrda «Siyosiy arifmetika» degan fan vujudga keldi. Uning asoschilari ingliz olimlari U. Petti (1623-1687) va Jon Graunt (1620-1674) bo’lganlar. U. Pettini o’z vaqtida iqtisodning «otasi» va ma’lum darajada statistikaning ixtirochisidir, deb atashgan. Yevropada statistikaning asoschisi bo’lib belgiyalik olim A. Ketle (1796-1874) hisoblangan. O’sha davrda Germaniyada G.Axenvall (1719-1772) birinchi marta «statistika» so’zini qo’llagan. Angliyada esa A. Bouli (1869-1957) statistikaning taraqqiy etishiga asos solgan. www.themegallery.com Statistikani rivojlanishida rus olimlari ham o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar: V.N.Tatishev (1686-1750), K.I.Krilov (1689-1737), D.P.Juravskiy, Semenov TyanShanskiy (1827-1914), Yu.E.Yanson (1835-1893), A.I.Chuprov (1842-1908), V.I.Ulyanov (1870-1924); A.A.Chuprov (1874- 1926), A.A.Kaufman (1864-1919) va boshqalar. Sobiq Ittifoq davrida ijod qilgan va statistikani rivojlanishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shgan statistik olimlar: S.G.Strumilin, V.S. Nemchinov, V.N.Starovskiy, M.N.Smit, B.S.Yastremskiy, S.M.Yugenburg (ko’p yillar Samarqand kooperativ instituti statistika kafedrasida ishlagan), A.Ya.Boyarskiy, A.I.Gazulov, A.I.Petrov, T.V.Ryabushkin, V.M.Simchera, N.N.Ryauzov va boshqalarni kiritish mumkin.
- «Statistika» atamasi lotincha «Status» so`zidan olingan bo`lib, hodisalarning holati, ahvolini bildiradi. «Status» so`zi negizidan «Stato» - davlat, «statusta» - davlatni biluvchi, «statustica», ya`ni davlat to`g’risida muayyan bilim, ma`lumotlar yig’indisi degan tushunchalar kelib chiqqan.
- Germaniyada G.Axenval (1719-1772) birinchi marta «statistika» so`zini qo`llagan.
- Korreyl “Statistika bu koreta, u seni buyurgan tomonga olib borad Uter—"'Statistika sen bilmagan narsa to'g'risida aniq ma'lumot berish san'atidir"; Shletsar-'Statistika bu turib qolgan tarix. tarix bu kunlik statistikadir”; Djini—"Statistika— bu faqat to'liq induksiya’ni emas hamda to'liqsiz induksiya'ning xudosidir": Napolen-'Statistika buyumlar budjeti. aniqrog'i buyumlar katalogi. unga hamma yangidan paydo bo'lgan narsa- lar kiritilishi, yo'qoladiganlari va yo'qolganlari o'chirilishi kerak". Statis tika deganda uzluksiz quruq raqamlar qatori. amaliy faoliyat. ijtimoiv fan. Metod va h.klar tushuniladi
- Statistik to’plam-bu umumiy bog’liqlikda qandaydir bir sifat belgisi bilan birlashgan va bir-biridan farq qiluvchi obyekt yoki hodisalarning yig’indisidir. Masalan korxonalar soni ,oilalar soni va h.k
- To’plamlar bir jinsli va turli jinsli bo’lishi mumkin.
- Statistik kuzatish ma'lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishning keng tarqalgan metodlaridan biri guruhlashdir. Statistikada guruhlash deb to'plam birliklarini eng muhim belgilari bo'yicha bir xil guruh va guruhchalarga ajratib o'rganishga aytiladi. Guruhlash metodi statistikada ko‘p yillardan (XVIII asr) beri qo‘ llanib kelinmoqda. Bu metodni qo'llashdan maqsad, to'plam birliklarini qanday bir bo'laklarga bo'lish emas. balki faqat shu hodisaga xos xususiyatlarni ochib berish. undagi mavjud tendensiya va qonuniyatni baholash. miqdor o'zgarishlardan sifat o'zgarishlarga, sifat o'zgarishlardan miqdor o'zgarishlarga o’tish jarayonlarini aniqlash va baholashdir.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |