2-Mavzu Tabiiy tolalarni olinishi va ishlatilishi. Reja: Tabiiy tolali materiallar haqida umumiy ma lumot. Tabiiy o’simlik tolalarining tuzilishi. Paxta tolasining tuzilishi. Jonivorlardan olinadigan tola va iplarning tuzilishi, xossalari
Download 340.5 Kb.
|
2 kimyoviy tolallar
Reja:
1. Tabiiy tolali materiallar haqida umumiy ma.lumot. 2. Tabiiy o’simlik tolalarining tuzilishi. 3. Paxta tolasining tuzilishi. 4. Jonivorlardan olinadigan tola va iplarning tuzilishi, xossalari. 5. Kimyoviy tolalarning olinishi, tuzilishi va xossalari.
Tabiiy tolali materiallar haqida umumiy ma.lumot To.qimachilik sanoatida qo.llaniladigan asosiy birlamchimahsulot tola hisoblanadi. Tolaning turlari ham juda xilma-xildir. Tolalarni o.rganishda qulaylik yaratish maqsadida olimlar tomonidanularni tasniflash (klassifikatsiyalash) taklif qilingan.Tabiiy tolalarning deyarli barchasi qishloq xo.jaligi mahsulotlari bo.lib, har joyning o.z muhitiga moslashgan holda, tabiiy sharoitlarda dastlab yovvoyi holda paydo bo.lgan va keyinchalik madaniylashtirilib, keng miqyosda yetishtirila boshlangan. Tabiatda turli-tuman tolalar bor, lekin ularning ba.zilarigina to.qimachilik sanoati uchun yaraydi. Bunday tolalarning ko.ndalang kesimi uzunligiga nisbatan juda kichik, texnikaviy xossalari esa yuqori bo.ladi. To.qimachilik sanoatida ishlatiladigan tolalar yigiruvchanlik xossasiga ega bo.lishi kerak. To.qimachilik sanoatida tabiiy va sun.iy (kimyoviy) tolalar ishlatiladi. Tabiiy tolalarni o.simlik (paxta, zig.ir, jut, kanop) tolalari, hayvonlardan olinadigan tolalar (jun) va pilladan olinadigan tolalar (iðak)ga ajratish mumkin. To.qimachilik sanoati uchun eng ahamiyatli tola paxta tolasi hisoblanadi. Tarixdan ma.lumki, amerikalik Eli Uitni (AQSH) 1793-yilda tola ajratuvchi mashina kashf etganidan so.ng paxta tozalash sanoati rivojlana boshladi. Shunga qadar paxta tolasi chigitdan qo.lda ajratilar edi. Shu davrda Turkiston o.lkasi Rossiyaning to.qimachilik fabrikalariga 15.16 ming tonna paxta tolasi yuborgan. 1881-yilda Toshkentda birinchi paxta tolasi zavodi qurildi. 1890-yilga kelib O.rta Osiyoda 40 ta paxta zavodi qurilgan bo.lib, shulardan 30 tasi Fargona vodiysida joylashgan edi. 1913-yilga kelib O.zbekiston hududida 180 ta paxta zavodi bo.lgan. 1918-yilda 517 ta paxta zavodida 1610 ta jin mashinasidan foydalanib paxta tolasi ajratilgan. O.zbekistonda 1913-yilda 223 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqarilgan bo.lsa, 2005-yilga kelib bu ko.rsatkich 1 million 200 ming tonnadan oshib ketdi. Quyida tabiiy tolalarning klassifikatsiyasi keltirilgan. Download 340.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling