2-Mavzu: Tadbirkorlik huquqiy munosabatlar, sub'ektlari, turlari, ularni tashkil etish. (2-qism) Mavzu Rejasi


Tadbirkorlik huquqi sub'ektlarini davlat ro'yhatidan o'tkazish


Download 168.57 Kb.
bet2/5
Sana09.02.2023
Hajmi168.57 Kb.
#1180731
1   2   3   4   5
Bog'liq
ТХ 2-мазу

Tadbirkorlik huquqi sub'ektlarini davlat ro'yhatidan o'tkazish.

Aynan tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini qonuniy amalga oshirish uchun dastlabki qadamni davlat ro‘yxatidan o‘tishdan boshlaydi. Chunki har qanday tadbirkorlik subyekti vujudga kelish jarayonida to‘qnashadigan, uni amalga oshirishi shart bo‘lgan taomil bu tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish hisoblanadi.


Umuman olganda, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning ahamiyati keng ko‘lamli va keng qamrovli hisoblanadi. Ushbu taomil davlat uchun ham, tadbirkorlik subyektlarining o‘zlari uchun ham, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yollanma xodimlari uchun ham va, nihoyat, iste’molchilar uchun ham g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
Davlat va davlat organlari uchun tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, eng avvalo, davlat soliq xizmati uchun, statistik xizmat uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish, soliq siyosatini oqilona ravishda amalga oshirish, ular faoliyati ustidan monitoring yuritish tadbirkorlik subyektlari reestri asosida operativ, maqsadli va tartibli amalga oshirilishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tish orqali o‘z faoliyatini huquqiy maydonda amalga oshiradi, tegishli moliya, buxgalteriya hujjatlarini yuritadi.
2017-yil fevral oyidan boshlab “yagona darcha” markazlari barcha tadbirkorlik subyektlari uchun yagona ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ etib belgilandi, banklar va kredit byurolari bundan mustasno. Davlat statistika qo‘mitasining firma nomini zaxira qilib qo‘yishga doir, Davlat soliq qo‘mitasining tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib kiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga doir, shuningdek Adliya vazirligining chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari, auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari, birjalar, lombardlar, investitsiya fondlari, bozorlar hamda boshqa tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir funktsiyalari 194ta “yagona darcha” markazlariga topshirildi.

Bundan tashqari, bugungi kunda yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazishda taqdim etiladigan hujjatlar soni 6tadan amalda 1tagacha qisqartirildi, ya’ni faqat ariza talab qilinadi va unda ko‘rsatilgan ma’lumotlardan ta’sis hujjatlari generatsiya qilinadi (topshirish-qabul qilish dalolatnomasi va taqsimlash balansi taqdim etilishi lozim bo‘lgan qo‘shib yuborish, birlashtirish, ajratib chiqarish hamda bo‘lish holatlari bundan mustasno). Yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT) uchun zarur bo‘lgan hujjatlar soni 7tadan 1tagacha qisqartirildi, ya’ni faqatgina ariza taqdim etish lozim bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash joizki, ariza bilan, albatta, ta’sischining o‘zi murojaat etishi shart emas, balki Internet jahon axborot tarmog‘i orqali Tizim vositasida Yagona portal orqali ham murojaat qilishi mumkin. (Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi VMQ –66-son Qarori)
Jahon banki uslubiyatiga muvofiq, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish yangi tartibga ko‘ra ikkita jarayonda (birinchisi – barcha ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tartibotlarini avtomatlashtirish bilan real vaqt rejimida ro‘yxatdan o‘tkazish, ikkinchisi – taqdim etiladigan qog‘oz hujjatlarni kamaytirish bilan bank hisob raqamini ochish) amalga oshiriladi. Biznes yuritishni boshlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha rasmiyatchiliklarni inobatga olgan holda korxonani ochish jarayoni (ushbu vaqtga firma nomini zaxiraga olib qo‘yish, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat bojini to‘lash, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va ro‘yxatdan o‘tkazilgan ta’sis hujjatlarini olish, muhrni tayyorlash, soliq organlarida, statistika organlarida hamda bankda hisobga qo‘yish va hisob raqamini ochish kiradi) bir kundan kam vaqtni talab qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ–2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ–66-son Qaroriga asosan Internet jahon axborot tarmog‘i orqali Tizim vositasida Yagona portalda ro‘yxatda o‘tish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Ariza beruvchi tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun foydalanuvchining shaxsiy kabineti yoki “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti”dan erkin foydalanish imkoniga ega bo‘lgandan so‘ng “biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish” — davlat xizmatini tanlaydi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza beruvchi “biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish” — davlat xizmatini tanlaydi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi belgilangan ariza shakllari bo‘yicha:
yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlarining (keyingi o‘rinlarda yakka tartibdagi tadbirkor deb ataladi);
tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarning uni ko‘rsatishgan so‘rovnomani shakllantiradi.
Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnoma shakllantirilishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Ariza beruvchi so‘rovnomani so‘ralayotgan ma’lumotlarni kiritish va Tizim tomonidan umumiy ma’lumotnomadan taklif etilayotgan ma’lumotlarni tanlash yo‘li bilan shakllantiradi. Ariza beruvchi so‘rovnomani shakllantirishni istalgan bosqichda to‘xtatish yoki davom ettirish huquqiga ega.
Davlat axborot resurslarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar, ariza beruvchining Yagona identifikatsiyalash tizimidan olingan haqiqiy shaxsiy ma’lumotlarini inobatga olgan holda Tizim tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi. Tizim har bir bosqichda so‘rovnomada shakllantirilgan ma’lumotlarni saqlab boradi.
Tadbirkorlik subyektlarini Internet orqali onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish shaxsan kelgan holda ro‘yxatdan o‘tkazishga nisbatan bir qator quyidagi ustunliklarga ega:
• ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etish zarurati yo‘qoladi, natijada arizachilarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazishga davlat bojini to‘lash uchun bank kassasiga shaxsan tashrif buyurish zaruriyatidan xalos etadi, bu esa arizachilarning bilvosita sarf-xarajatlarini kamaytiradi;
• hujjatlar Internet orqali onlayn topshirilganda biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish, shu jumladan, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat bojlari stavkalari shaxsan tashrif buyurgan holatga nisbatan ikki barobar kam qilib belgilangan;
• biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va topshirishni arizachi uchun qulay bo‘lgan istalgan vaqtda boshlash, to‘xtatib turish yoki qaytadan boshlash mumkin bo‘ladi;
• ro‘yxatdan o‘tkazishga so‘rovnoma tanlanayotgan firma nomini avtomatik tarzda tekshirishni inobatga olgan holda arizachi tomonidan ma’lumotlarni asosan ochiladigan menyudan tanlash yo‘li bilan onlayn to‘ldiriladi, bu esa noaniqliklarni bartaraf etadi, taqdim etilayotgan ma’lumotlarni standartlashtiradi va ularni qayta ishlashni soddalashtiradi;
• biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan imzolash talab etilmaydi, bunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Yagona portalda unda ko‘rsatilgan usullardan biri orqali masofadan ro‘yxatdan o‘tishlari lozim bo‘ladi;
• arizachilarning xohishiga ko‘ra, avtomatlashtirilgan tizim arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlardan kelib chiqib shakllantiradigan, ta’sis hujjatlarining namunaviy shakllaridan foydalanish yoki arizaga skaner qilingan ta’sis hujjatlarini ilova qilish mumkin.
Ushbu sohada olib borilgan islohotlar samarasi o‘laroq, endilikda yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT) o‘z faoliyatlarini vaqtinchalik to‘xtatib turish yoki qayta tiklash to‘g‘risidagi arizani avtomatlashtirilgan tizim orqali topshirishlari mumkin bo‘ladi, bu esa YATTning soliqlar to‘lamaslik bilan bog‘liq bo‘lgan tavakkalchiliklarini soddalashtirish va pasaytirishga yordam beradi. Tadbirkorlik subyekti barcha tegishli vakolatli davlat (litsenziyalovchi va hokazo) organlarini uning manzili (joylashgan joyi, yashash joyi) o‘zgarganligi to‘g‘risida avtomatlashtirilgan tizim vositasida bir vaqtning o‘zida xabardor qila oladi, bu esa davlat organlariga alohida xabarnomalar jo‘natishga zaruriyat qoldirmaydi. Shuningdek, qayta tashkil etish to‘g‘risidagi axborotni bosma ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish to‘g‘risidagi talabni bekor qiladi, bunda axborotni kreditorlar tanishib chiqishlari uchun Yagona portalda e’lon qilish yetarli bo‘ladi, bu esa tadbirkorlar xarajatlarini kamaytiradi.Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asoslarning batafsil ro‘yxati belgilangan. Demak, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun so‘rovnoma to‘ldirilayotganda ko‘rsatilgan ma’lumotlar avtomatlashtirilgan tizimning tegishli ma’lumotlar bazalari bo‘yicha avtomatik tarzda tekshiriladi.
Yuridik shaxsni va YATTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomani, shuningdek ularning dublikatlarini maxsus blanklarda qog‘oz ko‘rinishida berish amaliyoti hozirda bekor qilingan, bu esa ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarning ularni tayyorlash uchun ketadigan yillik xarajatlarini qisqartirmoqda. Tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma va ta’sis hujjatlarini istalgan vaqtda hamda istalgan nusxada nashr qilib olishlari mumkin.
Shu tarzda, davlat organlari Yagona portaldagi Elektron hujjatlarning repozitoriysi orqali qayta tashkil etish to‘g‘risidagi guvohnomadan foydalanish (shu jumladan, litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar berishda, bank hisob raqami ochishda va boshqa turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatishda), shuningdek avtomatlashtirilgan tizim vositasida, tadbirkorlardan talab qilib olmasdan ta’sis hujjatlaridan foydalanishga tadbirkorlardan ruxsat olishlariga imkon beruvchi mexanizm yo‘lga qo‘yildi. Avtomatlashtirilgan tizimda mavjud bo‘lgan, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha elektron hujjatlar, shuningdek skaner qilingan hujjatlarga giperhavolalar, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda ulardan foydalanish qulayligini inobatga olgan holda elektron hujjatlarning repozitoriysida saqlanadi.
Tadbirkorlik subyektiga Tizim imkoniyatlaridan foydalangan holda unga taalluqli bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlar davlat organlari tomonidan so‘ralgan holatlari to‘g‘risida axborot olish huquqi berilgan, qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik subyekti erkin foydalanishi taqiqlangan axborot bundan mustasno.
Yuritilishi markazlashtirilgan tarzda elektron ko‘rinishda amalga oshiriladigan Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reestrida (TSYADR) mavjud bo‘lgan dolzarb ma’lumotlarning shaffofligini va ulardan erkin foydalanish imkonini oshirish o‘ta muhimdir. Yagona portalga joylashtiriladigan va ular o‘zgarishi bilanoq har soatda yangilanib boriladigan ma’lumotlarning eng kam hajmi belgilandi. Demak, yuridik shaxslar to‘g‘risidagi quyidagi axborotdan ommaviy foydalanish mumkin bo‘ladi: nomi, STIR, maqomi (faoliyat yuritayotgan, tugatilish jarayonida, faoliyatini to‘xtatgan), tashkiliy-huquqiy shakli, mulkchilik shakli, ustav fondining miqdori, qimmatli qog‘ozlari to‘g‘risidagi axborot, manzili va boshqalar; YATTlar qismida esa: ismi, familiyasi, STIR, amalga oshirilayotgan faoliyat turi, jinsi va boshqalar. Ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlari o‘rtasidagi farqlanishlarning oldini olish maqsadida ularning nisbatan ustunligini aniqlash qoidalari belgilangan. Demak, ta’sis hujjatlaridagi ma’lumotlar bir-biridan farq qilganida, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organda saqlanayotgan hujjatlar nisbatan ustunroq kuchga ega bo‘ladi. TSYADRdagi ta’sis hujjatlari va yozuvlardagi ma’lumotlar bir biridan farq qilganida, TSYADRdagi yozuvlar nisbatan ustunroq kuchga ega bo‘ladi. TSYADRdagi va 2017-yilning 1-apreliga qadar yuritiladigan reyestrlardagi yozuvlar bir-biridan farq qilganida, TSYADRdagi yozuvlar nisbatan ustunroq kuchga ega bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlari o‘rtasidagi farqlanishlar ta’sis hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar yoki qo‘shimchalarni kiritish yo‘li bilan tadbirkorlik subyektining o‘zi tomonidan amalga oshiriladi.
Shu bilan bir qatorda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi va vakolatli organlar o‘rtasidagi hamkorlik, ma’lumotlar almashish, ularni solishtirish hamda boshqa masalalar alohida hujjatga ajratilgan, bu esa ham tegishli davlat organlari xodimlari uchun, hamda tadbirkorlik subyektlari uchun (tadbirkorlarga taalluqli bo‘lmagan ichki tartibotlarni o‘rganib chiqish zaruratini istisno qilgani holda) qo‘shimcha qulayliklar beradi.

Download 168.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling