2-Mavzu: Tadbirkorlik huquqiy munosabatlar, sub'ektlari, turlari, ularni tashkil etish. (2-qism) Mavzu Rejasi
Download 168.57 Kb.
|
ТХ 2-мазу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar.
- Tadbirkorlik huquqi subektlarini tashkil etish.
- Ta’sis-farmoyish
- Ta’sis etish
- Misol uchun
2-Mavzu: Tadbirkorlik huquqiy munosabatlar, sub'ektlari, turlari, ularni tashkil etish. (2-qism) Mavzu Rejasi: Tadbirkorlik huquqi sub'ektlarini tashkil etish. Tadbirkorlik huquqi sub'ektlarini davlat ro'yhatidan o'tkazish. Tadbirkorlik subyektlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish. Tayanch iboralar. Tadbirkorlik faoliyatining tashkil qilinishi. Ta’sis etish va uning usullari. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (onlayn tarzda va shaxsan kelgan holda). Tadbirkorlik subyektlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish. Tadbirkorlik huquqi sub'ektlarini tashkil etish. Qonunchilikda belgilab qo‘yilgan umumiy qoidalarga ko‘ra tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilishning quyidagi shakllari mavjud: Tadbirkorlik huquqi subyektlarining tashkil qilinishi kimning xohish irodasiga va qanday tartibda amalga oshirilayotganligiga qarab ta’sis-farmoyish, ta’sis, shartnomaviy-ta’sis usullariga bo‘linadi. Ta’sis-farmoyish usul bilan asosan davlat mulkiga asoslangan korxonalar tashkil qilinadi. Bu usulning xarakterli tomoni shundaki, bunda tadbirkorlik subyekti davlat vakil qilgan shaxs tomonidan tashkil etiladi. Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2008 yil 7 avgust 224-son qarori bilan MCHJ “JV MAN Auto – Uzbekistan” korxonasi tashkil topganligini keltirish mumkin. Ta’sis etish usuli bilan bitta shaxs ishtirokidagi tashkilotlar ham tuzilishi mumkin. Ularning faoliyati xususiy mulkka asoslangan bo‘ladi. Misol uchun, bitta shaxs tomonidan xususiy korxonani tashkil etish. Shartnomaviy-ta’sis usuli bilan ikki va undan ortiq ta’sischilar tomonidan o‘zlarining mulkiy ulushlarini birlashtirish asosida ta’sis shartnomasi tuzish yo‘li bilan xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining faoliyat yo‘nalishlari belgilanadi va tuziladi. Misol uchun, bir yoki bir necha shaxslar tomonidan aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va shu kabilarni tashkil etish va tuzish. Shu bilan birgalikda, yuridik shaxslarni, jumladan tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish usullari to‘g‘risida ilmiy adabiyotlarda turli yondashuvlar mavjud bo‘lib, sivilistik yondashuv bo‘yicha ular quyidagi usullarni o‘z ichiga oladi: a) farmoyish berish orqali vujudga kelish. Bunda yuridik shaxs muayyan davlat organining farmoyishi orqali vujudga keladi. b) murojaat qilish usuli. Bunda tadbirkorlik subyektini tashkil qiluvchi muassisning erki-irodasi asosiy rol` o‘ynaydi. d) ruxsat berish usuli. Bunda vakolatli davlat idorasining ruxsati asosida vujudga keladi. e) normativ murojaat qilish usuli. Bunda muayyan turdagi tadbirkorlik subyektlarining vujudga kelish imkoniyatlari qonun hujjatlarida oldindan belgilab qo‘yilgan bo‘ladi va unga muvofiq ravishda tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. f) xabardor qilish usuli. Bunga ko‘ra, tadbirkorlik subyekti o‘zini vujudga kelganligi to‘g‘risida vakolatli davlat idorasini xabardor qiladi va ushbu organ tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdirishga majbur. Bunda ro‘yxatdan o‘tkazdiruvchi idorani ro‘yxatdan o‘tkazdirishni rad etish bo‘yicha vakolati mavjud emas. Biroq ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq barcha oqibatlar (agar bunda qonun hujjatlarining birorta talabi buzilgan bo‘lsa) tadbirkorlik subyektining zimmasiga tushadi. Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuqorida ta’kidlanganidek, ularni tashkil etishning eng so‘nggi bosqichi hisoblanadi. Download 168.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling