2-mavzu. Ta’lim tizimida sifat va raqobatbardoshlikka erishish omillari reja


Download 29.92 Kb.
bet2/2
Sana27.12.2022
Hajmi29.92 Kb.
#1069672
1   2
Tahlil va natijalar
Oliy ta’limda sifatni ta’minlash sub’ektlarning o’zaro hamkorligida amalga oshadigan mexanizmdan iborat. Bunada universitetlar jamiyatga, ish beruvchilarga, talabalarga va bir-birlariga o’zaro ma’suliyat va majburiyatga, javobgarlikka ega hisoblanadi. Javobgarlik faqat moliyaviy emas balki, universitetlar yangi bilimlarni yaratish, bilimlarni tarqatish, madaniy merosni himoya qilish, asrash kabi vazifalarni amalga oshishni ham nazarda tutishi lozim (1-rasm).

1-rasm. Oliy ta’limda sifatini ta’minlovchi o’zaro bog’liq
elementlar
Oliy ta’lim tizimida sifatni o’lchash borasida turli yondoshuvlar mavjud. Ba’zida sifatni o’lchash universitetdan tashqaridagi ob’ektiv, miqdoriy ko’rsatkichlar yoki ma’lum indikatorlar asosida normaga asoslanadi, ya’ni, boshqa universitetlarning ustunliklari, ularni tashkiliy madaniyatning shakllanish darajasi belgilash orqali, masalan, eng yaxshi, yaxshi, o’rtacha, qoniqarsiz va yomon turlarga ajratish amaliyoti mavjud. Sifatni o’lchash jarayonida tashqi indikatorlar hisobga olinmaydi. Universitetlarning sifatni ta’minlash bo’yicha faoliyatining bir qismi sifatida, universitet a’zolarining o’ziga xos xususiyatlariga asoslaniladi, masalan, Oliy ta’limni tugatgandan so’ng olti oy ichida ishga yollangan talabalar sonini oshishi ta’lim sifatini belgilovchi aniq ko’rsatkichalardan biri hisoblanadi. Agar ushbu ko’rsatkich bo’yicha milliy ko’rsatkichlar aniq, shaffof ravishda shakllantirilsa, universitetlararo ta’lim sifati bo’yicha taqqoslashdagi nisbiy xatolikni kamaytiradi va ta’lim sifatining qay darajada ekanligi yanada ravshanlashadi. Ma’lumki, sifatni o’lchash ob’ektiv, miqdoriy ballni o’z ichiga olmaydi. Ishlab chiqarish tizimida sifatni aniqlash amaliyotida tomonlarning manfaatlari, erishgan nafliliklari asosida xulosa qilish imkoniyati shakllantirilgan. Xususan, Apelsin sharbati va ta’miga xos xususiyatlariga bahoni shakllantirish metodiga ko’ra sharbat ishlab chiqaruvchisi mutaxassislar va iste’molchilarning bir guruhini tanlab oladi, ularni o’qitadi va keyin ehtiyotkorlik bilan nazorat qilinadigan va "adolatli" shartlar ostida ularni turli xil na’munalar ustida fikr yuritishni so’raydi. Ushbu panelning javoblari balli tizimga o’tkaziladi va sifat to’g’risida qaror qabul qilinadi. Bizning fikrimizcha, universitetlar uchun panel - akademik tengdoshlar, talabalar va ish beruvchilar hisoblanadi.
Yuqori sifatga ega bo’lgan oliy ta’lim tizimi talabalarni ta’lim muhitini yaratish orqali zamonaviy bilim, mahorat va raqobatbardoshlik ko’rsatkichlari bilan ta’minlab ta’lim muassasani tugatgandan so’ng muvoffaqiyatga erishishni kafaolatlaydi.
M. O’zarning ta’kidlashicha, iqtisodiy o’sish va oliy ta’lim tizimining sifati o’zaro to’g’ri bog’liqlikka ega. Ko’pchilik mamlakatlarda xalqaro raqobatbardoshlik muhitini yaxshilashda o’zlarining oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirishi orqali erishilmoqda.
Mamlakatimizda Oliy ta’lim tizimida sifat va universitetlarning reting darajasini aniqlashda rivojlangan mamlakatlardagi oliy ta’lim tizimida sifatni ta’minlash bo’yicha shakllantirilga turli aniq standartlarga asoslanish amaliyotiga o’tilmoqda.
Bu borada AQSh va EI dagi oliy o’quv yurtlarida o’ziga xos standartlashtirish tizimi mavjud. Xususan, bitiruv malakaviy ishlar va magistr dissertatsiyalarida so’z va simvol normasini (1000-50 000) kiritilgan, xamda saytlarda muntazam oshkora chop etib boriladi. Bundfn tfshqari, AQShda nufuzli oliy ta’lim muassaslari internetda oshkora joylashtirilgan ball, IQ va kreditlar orqali TOEFL, IELTS, SAT, GMAT kabi testlarlardan foydalaniladi. Shu bilan birgalikda, Oliy ta’limda ta’lim sifatini monitoringi bilan birgalikda ta’lim sifatini boshqarish bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib boriladi.
Mamlakatimizda ta’lim sifatini nazorat qilish jaraniga davlat inspektsiyasi tomonidan rivojlangan davlatlarning ilg’or tajribasi hamda THE (Times Higher Education), QS (Quacquarelli Symonds), ARWU (Academic Ranking of World Universities) kabi yirik reyting agentliklari uslublarini o’rganilib, amaliyotga tadbiq etildi. Unga ko’ra yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarining reytingi 23 ta indikator asosida baholandi. Tahlil jarayoniga 57 ta oliy ta’lim muassasalari faoliyati qamrab olindi va tajriba-sinov tariqasida ularning 2018 yil 1 yanvar holatiga reytingi ishlab chiqildi. Bundan tashqari 4 soha bo’yicha reytinglar xam shakllantirildi.
Bizning fikrimizcha retingdagi bunday nomutonosiblik turli omillarga bog’liq. Shunday bo’lsada ta’lim muassasalari orasidagi nomutanosiblikni kamaytirishda oliy ta’lim tizimida ta’lim sifatini boshqarish muhim sanaladi va ma’lum standartlarni joriy etishni talab etadi. Shu bilan birgalikda, ta’lim sifati va bozor talablari o’rtasida yuzaga kelayotgan nomutanosibliklarga ta’lim xizmatlarini tashkil etishning bozor talablaridan ortda qolishi, ta’lim xizmatlari turlarini iste’molchi, ish beruvchilar bilan o’zaro bog’lanmaganligi, ta’lim muassasalari va iste’molchilar o’rtasidagi korporativ hamkorlik talab darajada emasligi, xususan ish beruvchilar tomonidan turli grand loyihalari, kontrakt tulovlarini qoplab berish kabi loyihalar ishlab chiqilmaganligi, ta’lim muassasalarining o’zaro innovatsion korporativ hamkorligining samaradorligi pastligi kabilar ham sezilarli ta’sir ko’rsatgan.

Oliy ta’lim tizimida sifatni ta’minlash murakkab jarayon hisoblansada, professor-o’qituvchilar tomonidan quyidagi minimumlarni talabalardashakllantirilishi talab etiladi. Oliy ma’lumotga ega bo’lgan kadrda quyidagi mahoratlarning shakllanganligi ta’lim sifatini ko’rsatadi.



  • O’quv dasturida keltirilgan har bir fanni jamiyatga naf keltiradi deb ma’suliyat bilan yondashib uni o’zlashtirish ko’nikmasini hosil qilish;

  • Fanni chuqurroq o’rganish bo’yicha motivning shakllanganligi;

  • Fan yoki voqea-xodisalani qanday qilib o’rganish, tahlil qilish, xulosa chiqarish ko’nikmasinii shakllanganligi;

  • O’z bilimlari va mahoratining chegaralarini bilishi;

  • Egallagan bilimlarni amaliyotga tadbiq etish tehnologiyasini bilishi;

  • Muammolarni hal etish (masalan, muammoni aniqlash, echim variantlarini ishlab chiqish va shakllantirish);

  • Ma’lumotlarni izlay olish qobiliyatini shakllanganligi, ma’lumotlarni o’qish tehnologiyasini o’zlashtirganlig;

  • Turli sohalardan bilimlarni birlashtira olishi;

  • Komunikatsiya qobiliyatlarni shakllanganligi (yozish va o’qish, nutq va tinglash);

  • Tanqidiy tahlil qilish ko’nikmasini shakllanganligi;

  • Jamoada ishlash malakasini rivojlanganligi.

Umuman olganda, Oliy ta’lim tizimida ta’lim sifatini ta’minlashda ta’lim sifatidan manfaatdorlarning o’zaro hamkorligini ta’minlash muhim sanaladi. Ish beruvchilar tomonidan turli grandlar e’lon qilinishi talabalarda o’qishga bo’lgan motiv, ijodkorlik, javobgarlik kabi xislatlarning shakllanishiga xizmat qiladi. Natijada, Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifati oshib boradi, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishning bosh lokamativi yuzaga keladi va oliy ta’im tizimida ta’lim sifatini aniqlash, uni o’lchash bo’yicha milliy standart shakllanadi.
Download 29.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling