2-mavzu: Til va yozuv masalalari
O`ZBEK TILINING IMLO QOIDALARI
Download 216,22 Kb.
|
2 Машғулот
- Bu sahifa navigatsiya:
- ORFOGRAFIYA
- Tovush tushishi
- Tovush
- Morfologik
- Shakliy yozuv
- Baliq
O`ZBEK TILINING IMLO QOIDALARILug`aviy, grammatik, uslubiy me’yorlar adabiy tilning h a m m a ko`rinishlari uchun xarakterli, imlo va tinish belgilarga oid me’yorlar adabiy tilning faqat yo z m a shakli uchun, to`g`ri talaffuz me’yorlari esa faqat o g` z a k i nutq shakli uchun xosdir. O`zbek adabiy tili milliy tilning bir qismi bo`lib fonetik, leksik, grammatik jihatdan sayqallashtirilgan, me’yorlashtirilgan tildir. Adabiy til ikkita: og`zaki va yozma shaklga ega. og`zaki shakl – orfoepiyada yozma shakl – orfografiyada o`rganiladi ORFOGRAFIYA: Adabiy tilning yozma shaklini, to`g`ri yozuv qoidalarini (imlo qoidalarini) o`rganadi. Imlo qodalari quyidagi tamoyillarga – printsiplarga asoslanadi: Fonetik yozuv- bu yozuv qoidasiga ko`ra so`z o`zak-negizida birorta fonetik hodisa kuzatiladi. Fonetik hodisalarga asosga qo`shimcha qo`shilishi bilan yuz beradigan tovush tushishi, tovush almashishi, tovush orttirilishi hodisalari kiradi. Tovush_tushishi'>Tovush tushishi - bunga ko`ra asosga qo`shimcha qo`shilishi natijasida asosda unli yoki undosh tovush tushib qoladi. Masalan: *past, sust so`zlariga –ay fe’l yasovchi qo`shimchasi qo`shilsa tovush tushadi: pasay, susay. *ikki, olti, yetti kabi sonlarga jamlovchi son qo`shimchasi qo`shilsa (-ov, -ala, - ovlon) asosdagi i unlisi tushib qoladi: ikkov, yettalasi, oltov. *men, sen kabi olmoshlariga qaratqich va tushum kelishiklari qo`shimchasi (–ni,- ning) qo`shilsa: meni, seni, mening, sening. *bag`ir, ko`ngil, shahar kabi so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilsa ikkinchi bo`g`indagi a, i, u kabi unlilar tushib qoladi: shahri, ko`ngli, bag`rim, burni kabi. Tovush orttirilishi - bunda asosga qo`shimcha qo`shilishi bilan asos tarkibida undosh tovushlar orttiriladi: *achi, isi, sasi so`zlariga –q so`z yasovchi qo`shimchasi qo`shilsa tovush orttiriladi: achchiq, issiq, sassiq. *u, bu, shu ko`rsatish olmoshlariga jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishiklari (– ga, -da, -dan) hamda –day, -cha qo`shimchalari qo`shilsa –n tovushi orttiriladi: unga, bunga, shunga, unda, bundan, shundan, shuncha, bunday. Tovush almashishi (o`zgarishi)- bunda asosga qo`shimcha qo`shilganda bir tovush boshqa tovushga almashadi: *bo`ya, tara, sana, sayla, tanla kabi so`zlariga –q yoki –v qo`shimchalari qo`shilsa, asosdagi -a tovushi -o tovushiga almashadi: bo`yoq, sanoq, taroq, saylov, tanlov. *yosh, son, ot kabi so`zlarga –a qo`shimchasi qo`shilsa: son+a = sana, ot+a = ata. *-ga, -gani, -guncha kabi –g tovushi bilan boshlanuvchi qo`shimchalar oxiri –k, q tovushlari bilan tugagan so`zlarga qo`shilsa, asos yoki qo`shimcha tarkibida tovush almashadi: tekkuncha, terakka,chiqqani, buloqqa, oqquncha. *oxiri –k,-q tovushlari bilan tugaydigan so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilganda asos tarkibidagi jarangsiz tovush jarangli tovushga almashadi: buloq+i- bulog`i, yurak+i-yuragi, tilak+i-tilagi, bilak+i-bilagi. Lekin idrok, huquq, mashq, park, kabi so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilsa. tovush almashishi yuz bermaydi: idroki, mashqi, huquqi, parki kabi. Morfologik yozuv - so`z asosi va qo`shimchalarini aynan yozish demakdir. Bunga ko`ra so`z va uning qismlari talaffuzidan qat’i nazar asliga ko`ra yoziladi, ya’ni asosga qo`shimcha qo`shilishi bilan so`z tarkibida tovush o`zgarishi kuzatilmaydi. So`z va qo`shimcha aslan qanday bo`lsa, shunday yoziladi. Masalan: *fe’lning zamon va shaxs qo`shimchasi qanday eshitilishi va talaffuz qilinishidan qat’i nazar, doim –di shaklida yoziladi: ket+di = ketdi,borib+di = boribdi. *-dan, -da qo`shimchalari talaffuzidan qat’i nazar doim o`zgarishsiz yoziladi: ish+da = ishda, baland+dan = balandda kabi. *-iston (so`z yasovchi), -inchi(tartib son), --ib(ravishdosh), -in, -il (fe’l nisbatlari) qo`shimchalari asos qismida –u tovushi bo`lgan so`zlarga qo`shilganda u tovushiga moyil aytilsa ham asliga ko`ra yoziladi: kul+ib = kulib, tug`+il = tug`ildi, uch+inchi = uchinchi, ur+ish = urish, gul+iston = guliston *qo`shma va juft so`zlar ham morfologik yozuv qoidasi bo`yicha yoziladi: qip- qizil, har vaqt, baxt-saodat, atirgul kabi. Shakliy yozuv bu tamoyilga ko`ra boshqa tillardan o`zlashgan so`zlar o`sha tildagi shaklini saqlagan holda yoziladi: tramvay, institut, teatr, drama, kongress.O`zbekcha so`zlarning boshida va oxirida ikki undosh yonma-yon kelmaydi, ular orasida qisqa i unlisi yoziladi: qizil, bilan, sir, shimol. Ammo o`zlashgan so`zlar tarkibida ikki undosh yonma-yon keladi va shakliy yozuv qoidasiga muvofiq yoziladi: stol, klub, prokuror, fikr, zikr. Yangi o`zbek yozuvining imlo qoidalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Imlo qoidalari 7 bo`limdan iborat: Harflar imlosi. U ikki qismdan iborat: unlilar imlosi va undoshlar imlosi. Asos va qo`shimchalar imlosi. Qo`shib yozish. Chiziqcha bilan yozish. Ajratib yozish. Bosh harflar imlosi. Ko`chirish qoidalari. “Baliq skeleti ” usuli uchun ekspet varag’i: Download 216,22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling