2-mavzu. Til va yozuv masalalari
O‘zbek yozuvining taraqqiyot bosqichlari
Download 196.47 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq2 Til va yozuv masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-topshiriq
O‘zbek yozuvining taraqqiyot bosqichlari. O‘zbek xalqi qadimda turli yozuvlardan
foydalanib kelgan. Asosiy yozuv tizimini fonografik, ya`ni tovush yozuvi, harfiy yozuv yoki alfavit tashkil etgan. O‘zbek xalqi oromiy, yunon, sug`d, xorazm, ko‘shon, eftalit, pahlaviy, suriya, hind, urxun (runik), uyg`ur, arab, lotin, rus grafikasiga asoslangan yozuvdan foydalangan. Eramizdan oldingi UI-IU -klinopis, mix yozuv, oromiy yozuvi. III-I yunon, karoshta. Eramizning I asridan sug`d II—III xorazm V-VIII urxun-runik (rus xizm.Remezov-XVIII, shved Iogann Stralenberg, XIX asr Grigor’yan Spasskiy,1891 akad.V.V.Radlov, daniyalik Vilgilm Tomsen, keyinchalik P.M.Melioranskiy, S.E.Malov).VI-VIII asrlar uyg`ur, VII-VIII arab, 1929-lotin, 1940-rus, 1993.02.09.lotin (26 harf, 3 harf birikmasi va 1 tutuq belgi). Rus grafikasi asosidagi o‘zbek alfavitida 33 ta harf va ikkita maxsus belgi bor. Ularning yutuq va kamchiliklari. Unlilar sistemasi. Singormanizm. Yangi alfavit. Uning siyosiy ahamiyati. Yozuvning xalqlar tili va madniyati taraqqiyotidagi ahamiyatini quyidagi faktdan ham bilsa bo‘ladi: Tillarning standart tillar, klassik tillar, mahalliy tillar tarzida tasniflanishi bevosita bu tillar yozuvi mavqeiga asoslangan. 1. Adabiy til me`yoriga ega bo‘lgan, jamiyatda davlat tili, adabiy til sifatida xizmat qiluvchi tillar standart tillar sanaladi. Masalan, o‘zbek, rus, tojik, turkman, ukrain kabi tillar. 2. Yozuvga ega bo‘lib, o‘z davrida mukammal takomiliga etgan, buyuk asarlar yaratilgan tillar klassik tillar sanaladi. Klassik tillar o‘z davri uchungina emas, balki tillarning keyingi taraqqiyoti uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunday tillarning adabiy tillardan farqi shundaki, ular o‘lik tillardir. Masalan, lotin tili, sanskrit tili, sug`d tili, xorazmiy tili. 3. Son jihatidan ko‘p bo‘lmagan kichik xalqlarga xizmat qiluvchi, o‘z yozuviga ega bo‘lmagan tillar mahalliy tillar sanaladi. Masalan, Amerika mahalliy hindularining tili. 1-topshiriq: “Qanday?” sxemasini to‘ldiring. Nazorat savollari 1.Til nima? Til nimaga ijtimoiy hodisa? Yozuv nima? Til bilan yozuvning munosabatiga ta`rif bering? 2. Yozuvning qanday turlarini bilasiz? O`zbek xalqi qadimda qanday yozuvdan foydalangan? 3. Tilshunoslikning grafika bo`limi nimani o`rganadi? 4. Tilshunoslikning orfografiya bo`limi nimani o`rganadi? 5. O`zbek tilining imlo qoidalari qachon qabul qilingan? Download 196.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling