2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja


Aminokislotalar, nuklein kislotalar va ularning ahamiyati


Download 162.04 Kb.
bet34/52
Sana12.12.2021
Hajmi162.04 Kb.
#180304
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52
Bog'liq
BIOLOGIYA OʻSIMLIK

Aminokislotalar, nuklein kislotalar va ularning ahamiyati

Hujayra va to‘qimalar tarkibiga 170 dan ortiq aminokislotalar kiradi. SHundan 26 tasi oqsillar tarkibida topilgan, biroq oqsillarda ularning ko‘pincha 20 tasi doimiy miqdorda uchraydi.

O‘simliklar o‘zlari uchun kerak bo‘lgan aminokislotalarni o‘zlari sintez qiladilar, hayvonlar organizmida esa, aminokislotalarning hammasi ham sintez bo‘lavermaydi, ularni hayvonlar o‘simliklardan oladi. Ana shunday aminokislotalarni almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar deyiladi.

Prolin va gidroksiprolindan tashqari aminokislotalarning hammasi al`fa aminokislotalar hisoblanadi, ya`ni ularning tarkibida (NH2) - amin guruhi bo‘ladi.

Aminokislotalarning ko‘pchiligida bitta kislotali guruh (karboksin) va bitta asosiy (aminoguruh) bo‘ladi. Bu aminokislotalar neytral aminokislotalar deyiladi. Biroq, bittadan ortiq amino guruhiga ega bo‘lgan asosiy aminokislotalar va bittadan ortiq karboksil guruhli kislotali aminokislotalar ham bo‘ladi. Aminokislota molekulalarining boshqa qismini R-guruh hosil qiladi. Ana shu oxirgi guruhning tuzilishiga qarab aminokislotalar har xil bo‘ladi.

Nuklein kislotalar – polinukleotidlar – tirik tabiatda keng tarqalgan biologik aktiv biopolimerlar hisoblanadi. Ular barcha organizmlarning hujayrasida bo‘ladi. Nuklein kislotalarni birinchi marta 1868 yilda SHveysariya olimi F.Misher hujayra yadrosidan topgan (nuklein kislotalarning nomi ham shundan olingan: lotincha nucleus – yadro demakdir). Keyinchalik nuklein kislota birgina yadroda emas, sitoplazma va boshqa organoidlarda ham bo‘lishi aniqlandi. Nuklein kislotalari nukleotid deb ataluvchi monomer birliklardan tashkil topgan.

Nuklein kislotalarning turlari, tuzilishi va funksiyalari ushbu darslikning genetika qismida batafsil yoritilgan.


Download 162.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling