2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja


O‘simlik va hayvonlar to‘qimalari to‘g‘risidagi ta`limot


Download 162.04 Kb.
bet2/52
Sana12.12.2021
Hajmi162.04 Kb.
#180304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
BIOLOGIYA OʻSIMLIK

O‘simlik va hayvonlar to‘qimalari to‘g‘risidagi ta`limot

Barcha ko‘p hujayrali organizmlarda bir xil vazifani bajaruvchi va bir – biriga o‘xshash hujayralar sistemasi to‘qima deb ataladi.

To‘qima tushunchasini birinchi bo‘lib fanga 1671 yil ingliz olimi N.Gryu kiritgan. To‘qimalarni o‘rganuvchi fanga gistologiya deb ataladi.

Hujayralar birikib to‘qimalarni tashkil qiladi. O‘simliklar hujayrasini birlashtirib turuvchi mexanizmlar biroz boshqacharoq, o‘simliklarda plazmatik membranalar bo‘lmaydi, biroq ularning hujayrasi hujayra po‘sti bilan qoplangan bo‘lib, ularda maxsus kanalchalar bo‘ladi. Hujayralar mana shu kanalchalar orqali o‘tib turadigan sitoplazmatik iplar (plazmadesmalar) yordamida birlashadilar.

Hayvonlarda to‘qimalar embriogenez natijasida embrionning  ekzoderma, endoderma, mezoderma qavatlari hujayralarining bo‘linishidan hosil bo‘ladi. Har xil to‘qimalar birlashib organlarni hosil qiladi. Ichki organlar ko‘pincha hayvonlarga xos bo‘lib, o‘simliklarda bo‘lmaydi. Hayvon organizmlarida organlar yirikroq funksional birlikka-tizimga birlashgan bo‘ladi. Ana shunday sistemalarga ovqat hazm qilish tizimi (oshqozon osti bezi, jigar, meda, 12 barmoq ichak, ingichka ichaklar va b.q.), yurak tomir tizimi (yurak, qon tomirlari) va boshqa shu kabi tizimlar kiradi. Ba`zi to‘qima hujayralari bir xil (tip)da tuzilgan bo‘lsa, (masalan o‘simliklardagi parenxima, kollenxima, po‘stloq to‘qimalari,) hayvonlardagi yassi epiteliy to‘qimalari (ikkinchi bir xil to‘qimalarni hosil qiluvchi hujayralar),  har xil  tuzilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘simliklardagi floema va ksilema to‘qimalari, hayvonlardagi g‘ovak birlashtiruvchi to‘qimalar.


Download 162.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling