O‘simlik to‘qimalari. O‘simlik to‘qimalari asosan quyidagi guruhlarga bo‘linadi: meristematik, qoplovchi, asosiy va o‘tkazuvchi to‘qimalar.
1. Meristematik to‘qima. Bu to‘qima yadrosi katta, yupqa po‘stli kichik hujayralardan tuzilgan. Bu hujayralarda vakuola bo‘lmaydi. Bu to‘qimalar o‘simliklar urug‘ining murtagida, poya va ildizlarning uchida, yon va tepa kurtaklarda hamda poya va ildizning ksilema va floemasining oralig‘idagi kambiyda joylashadi. Meristema to‘qima hisobiga o‘simliklar bo‘yiga, eniga o‘sib, undan yangi organlar hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |