2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja


Download 162.04 Kb.
bet8/52
Sana12.12.2021
Hajmi162.04 Kb.
#180304
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52
Bog'liq
BIOLOGIYA OʻSIMLIK

2. Qoplovchi to‘qima. Qoplovchi to‘qima o‘simliklarning organlarini tashqi tomondan o‘rab, ular tashqi muhitning noqulay sharoitlaridan (sovuqdan, issiqdan), zararli mikroorganizmlarning kirishidan saqlab turadi. Qoplovchi to‘qima ikkiga: birlamchi va ikkilamchi qoplovchi to‘qimalarga bo‘linadi. Birlamchi qoplovchi to‘qimalarga epiderma kirib, u bir qavat yupqa po‘stli tirik hujayralardan tashkil topgan, u asosan bargning ustki va ostki qavatida joylashadi va o‘simliklarning yosh bir yillik novdalarini tashqi tomondan o‘rab turadi. Ko‘pincha bargning ostki epidermasida og‘izchalar joylashgan bo‘lib, ular yordamida barg ichki to‘qimalari bilan tashqi muhit orasida gaz almashinuvi bo‘lib turadi. YA`ni yashil o‘simliklar bargida bo‘ladigan fotosintez zarur bo‘lgan karbonat angidridni qabul qilib, fotosintezda ajralib chiqqan kislorodni tashqi muhitga chiqaradi. Bundan tashqari, og‘izchalar orqali doimo suv bug‘lanib turadi. Ikkilamchi qoplovchi to‘qimaga po‘kak va quruq po‘stloq kiradi. O‘simlik ildizi va poyalarida ikkinchi yili epidermis o‘rnini po‘kak egallaydi. Po‘kak hujayralari uzunchoq hamda funksional o‘lik hujayralardir. CHunki ularning po‘st suberin moddasini shimib olish  natijasida po‘kaklashadi va o‘zidan suv va gazlarni, issiqlik va sovuqlikni o‘tkazmaydigan bo‘lib qoladi. Ko‘p yillik o‘simliklarning poyalarida yillar o‘tgan sari po‘kak o‘rnini quruq po‘stloq egallaydi. Quruq po‘stloq bu bir necha yil mobaynida po‘kak kambiysidan poyaning tashqi tomoniga qarab hosil bo‘lgan bir necha qavat o‘lik hujayralar yig‘indisi hisoblanadi. Quruq po‘stloq o‘simlik poyalarining ichki to‘qimalarini qishning qahraton sovug‘i va yozning jazirama issig‘idan saqlab turadi. Quruq po‘stloqlar ayniqsa tol, terak, tut, qayrag‘och va shu kabi o‘simliklar poyalarida ancha kuchli rivojlanadi.


Download 162.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling