2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja


Download 162.04 Kb.
bet5/52
Sana12.12.2021
Hajmi162.04 Kb.
#180304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
BIOLOGIYA OʻSIMLIK

Qon va limfalar. Bu to‘qimalar organizmning embrional rivojlanish davrida mezodermadan hosil bo‘ladi, keyinchalik ular qon hosil qiluvchi polipotent hujayralardan shakllanadi. Odamlarda dastlabki qon hujayralari qon tomirlari bilan bir vaqtda avval o‘t xaltachalari devorlaridan, keyinchalik jigar va orqa miya hujayralaridan timus va taloq hamda embrionning limfatik tugunchalaridan hosil bo‘lib turadi. Embrionning rivojlanishidan keyin ham qon va limfalarning hosil bo‘lishi davom etadi. Qon oziqlantirish, nafas olish va transport kabi eng muhim vazifalarni bajaradi. Qon murakkab tuzilishga ega bo‘lib, u odam massasining taxminan 5-9 % ni tashkil etadi.

Qon tarkibi qon plazmasi va shaklli elementlari-eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlardan (qon plastinkalari) iborat. Qon plazmasi tarkibida 90-93 % suv bo‘lib, u o‘zida oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va mineral moddalarni saqlaydi.

Eritrotsitlar yoki qizil qon tanachalari yadrosiz oval shakldagi hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, ularning diametri 7,1-7,9 mkm. Erkak odamning 1 ml. qonida  3,9-5,5x10 miqdorda va ayol kishining 1 ml. qonida esa 3,7-4,9x10 miqdorida eritrotsitlar bo‘ladi. Eritrotsitlar asosan kislorod va karbonat angidridni tashish uchun xizmat qiladi.

Leykotsitlar yoki oq qon tanachalari granulotsitlar va agranulotsitlarga bo‘linadi. Granulotsitlar neyrofillar, eozinofillar va bazofillarga bo‘linadi. Agranulotsitlar tarkibida limfotsitlar bo‘ladi. Qon tarkibida limfotsitlar 20-35 % gacha bo‘ladi. Ular kattaligi va shakli bo‘yicha farq qiladi. Kelib chiqishiga ko‘ra T-limfotsitlar timusdan va V-limfotsitlar orqa miyadan hosil bo‘ladi.

Monotsitlar 18-20 mkr kattalikdagi hujayralardir. Ular leykotsitlarning 6- 7% ni tashkil etadilar. Leykotsitlar organizm immunitetini shakllantirib, organizmni himoya qilishga xizmat qiladi.

Trombotsitlar (qizilqon plastinkalari) yadrosiz hujayralar bo‘lib, kattaligi 2 –3 mk. ni tashkil etadi. Odamning 1 ml. qon tarkibida 3 x 108 ta trombotsitlar bo‘ladi. Ular qonni ivishida qatnashadi.



Limfa- qonga o‘xshash suyuq qismdan va shaklli elementlardan tashkil topgan. Suyuq qismi limfaplazmalardan, shaklli elementlari esa limfotsitlardan tarkib topgan. Limfa tarkibida kam miqdorda monotsitlar ham bo‘ladi. Limfa limfotsitlarni tartibga solib turishda hamda organlarda metabolizm natijasida to‘plangan suyuqliklarni chiqarib tashlashda xizmat qiladi.


Download 162.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling