2-mavzu: tovarlarni shtrixli kodlash


Tovarlarni shtrixli kodlash uchun ayrim mamlakatlarning EAN kodlari1


Download 21.72 Kb.
bet2/2
Sana07.05.2023
Hajmi21.72 Kb.
#1440288
1   2
Bog'liq
2.2.-MAVZU-TOVARLARNI SHTRIXLI KODLASH

Tovarlarni shtrixli kodlash uchun ayrim mamlakatlarning EAN kodlari1

Mamlakat kodi

Mamlakat

Mamlakat kodi

Mamlakat

Mamlakat kodi

Mamlakat

93

Avstraliya

729

Isroil

590

Polsha

90-91

Avstriya

84

Ispaniya

460-469

Rossiya

779

Argentina

80-83

Italiya

00-09

AQSH va
Kanada

380

Bolgariya

690

Xitoy



50

Buyuk Britaniya

850

Kuba

30-37

Fransiya

599

Vengriya

750

Meksika

859

CHexiya

759

Venesuela

87

Niderlandiya

73

SHvetsiya

400-440

Germaniya

94

YAngi
Zelandiya

880

Janubiy
Koreya

520

Gretsiya

70

Norvegiya

45-49

Yaponiya

EAN-8 kodi undan ko`ra uzunroq bo`lgan eAN-13 kodini joylashtirish qiyin bo`lgan kichik upakovkalar uchun mo`ljallangan
Raqamli qator skaner bilan solishtirilmaydi, balki xaridor uchun mo`ljallangan. To`liq shtrixli kod esa tovarning kelib chiqishi rekvizitlarini aniqlash imkonini beradi va uning sifati, xavfsizligi va boshqa parametrlari bo`yicha e‘tirozlar birlirish imkoniyatini taqdim etadi.
SHtrixli kodlash tufayli har bir tovarga individual, jahonda hech qaerda takrorlanmaydigan kod beriladi, ushbu kodning yagonaligi undan nafaqat ishlab chiqaruvchi haqida ma‘lumot olish maqsadida, balki zavod, ombor, do`kon ichidagi ko`chishlarni hisobga olish uchun foydalanish imkonini beradi. Bu ishlab chiqarishni hisobga olish, tahlil qilish va rejalashtirish, shuningdek ham ichki, ham tashqi bozorlarda tovarlar va xizmatlarni sotish uchun boshlang`ich baza hisoblanadi.
Rossiyada shtrixli kodlash masalalari bilan Avtomatik identifikatsiyalash muammolari bo`yicha tashqi iqtisodiy uyushma (YUNISKAN) shug`ullanadi.
SHtrixli kodlash ishlab chiqarish korxonalari uchun quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

  • avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini o`zlashtirishni osonlashtirish;

  • ishlab chiqarish, omborga joylashtirish, sotish sohalarida hisobga olish operatsiyalarining samaradorligini oshirish;

  • iste‘mol qilinadigan resurslar tahlilini yuritish;

  • hujjatlar aylanishi hajmini qisqartirish;

  • tovarning harakati va mahsulotni sotish haqidagi to`g`ri ma‘lumotlarning muntazam to`planishini yo`lga qo`yish;

  • boshqaruv va nazorat organlariga axborotni tezkor taqdim etish.

Standartlashtirish va ekologiya


Insoniyat texnik qurollanishining hozirgi holati, jahon hamjamiyatida ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishining hozirgi darajasida, er aholisi sonining o`sishida, urbanizatsiyaning ortishida, iste‘mol jamiyati stereotipining yoyilishi – tabiiy resurslarni olish ko`lamlari, atrof-muhitning ta‘siri va ifloslanish darajasi bashariyatning o`zi uchun xavfli bo`lib qoldi. Tarixan yuzaga kelgan, evolyusiyaning uzoq yillari mobaynida inson genetik jihatdan moslashgan hayot kechirish muhitining o`zgarishi yuz bermoqda. Global ekotizimlar sifatida biosferaning barqarorligini belgilab beruvchi erning bir qator tabiiy resurslari tugab bormoqda, biosferaning o`zi esa ishlab chiqarish-xo`jalik va ijtimoiy-madaniy faoliyat chiqindilarini assimilyasiyalash qobiliyatini tobora yo`qotib bormoqda.
Global ekologik inqiroz davrida tabiatdan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi keskin turadi.
Profilaktiklik, ya`ni inson faoliyatidagi turli ta‘sirlardan salbiy oqibatlarning oldini olishga yo`naltirilganlik; komplekslik, har joydalik, hududiy tabaqalanganlik va ilmiy ekologik asoslanganlik tabiiy muhitni muhofaza qilishning muhim tamoyillari hisoblanadi.
Tabiatni muhofaza qilishda gap, birinchi galda, insonning salomatligini va farovonligini muhofaza qilish haqida boradi. Tabiatga nisbatan asrab-avaylab munosabatda bo`lish, uni muhofaza qilishning zarurligini qadimiy donishmandlar ham tushunishgan va jahonning barcha xalqlari tabiatdan foydalanish milliy an‘analari ushbu tamoyilga to`liq javob berardi.
Standartlar majmui ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarini qamrab olgan bo`lib, bir tabiiy resurslardan boshqalarining ziyoniga foydalanishni istisno etadi va xalq xo`jaligi barcha tarmoqlarikorxonalari faoliyatining ko`ngilsiz oqibatlari oldini oladi.

Nazorat savollari


  1. Xizmatlarni standartlashtirishning ahamiyatini tushuntiring

  2. Mahsulot standartlashtirish hamda sertifikatlashning ahamiyati

  3. Shtrixli kodlashni amalga oshirish zarurati

  4. Standartlashtirish va ekologiyaning bog`liqligi



1 Xojiahmedov G., YaxyaevaI. Sifat menejmenti. Darslik. –T.: TDIU, 2012.

Download 21.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling