2-mavzu: Treyderlar kimlar va ularning turlari. Brokerlar haqida


Download 0.6 Mb.
bet1/2
Sana14.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1267929
  1   2
Bog'liq
2-dars

2-MAVZU: Treyderlar kimlar va ularning turlari.Brokerlar haqida.

TREYDERLAR KIMLARVA ULARNING TURLARI QANDAY? Trader so'zi -ingliz tilidan tarjima qilinganda savdogar degan ma'noni beradi. Treyder bu birja ishtirokchisi hisoblanadi va u instrumentlarning narxlari o'zgarishida foyda qiladi. Treyderlarning asosiy qoidasi bu arzon sotib olib qimmat sotishdir. Traderlar ishlash uslublariga qaragan holda har xil turlarga bo'linadi:Skalperlar (Scalping), Kun ora ishlaydigan treyderlar (Day-trading), O'rta muddatli (Swing/Mid term trading), Uzoq muddatli treyderlar(Long term) turlari eng keng tarqalgan turlar hisoblanadi va quyida bular bilan batafsil tanishib chiqamiz.


Scalping - bu judayam qisqa muddatli savdo qilish turi hisoblanadi. Treyderlar valyuta juftligini sotib oladilar yoki sotadilar, keyin esa foyda olish uchun qisqa vaqt davomida ushlab turadilar. Skalperlar kun davomida odatiy bo'lgan kichik narx harakatlaridan foydalanib, ko'p sonli savdolarni amalga oshiradilar, bazida ular bir kunda yuzlab savdolar ochishlari va yopishlari mumkin. Scalperlar odatda bir daqiqalik (M1) yoki besh daqiqalik (M5) taymfreymlarda ishlaydilar. Skalperlarning daromadlari savdo hajmini oshirish hisobiga bo'ladi, lekin punkt (pips) lar bilan o'lchaganda, ular har bir savdodan 3 yoki 5 pips foyda oladilar xolos. Bu turdagi treyding statistika bo'yicha yaxshi natijalarga ega emas va ko'p vaqt talab qiladi. Shuning uchun, biz bu turda savdo qilishni maslahat bermaymiz, ayniqsa, sohada hali tajribalari bo'lmagan shaxslar skalpingdan yiroq yurishlari kerak, chunki savdolar ijobiyligi juda past va risk foydaga nisbatan katta bo'ladi.
.
O'rta muddatli (Swing trading) - bu savdo turi bir necha kundan, bir necha haftagacha cho'zilishi mumkin. Swing treyderlari,asosan, savdo imkoniyatlarini izlash uchun texnik tahlildan, narx tendensiyalari, grafik patternlari va fundamental tahlildan ham ozroq foydalanishlari mumkin. Bu turdagi treyderlar savdolarini bir necha savdo sessiyalarida yoki bir necha haftalab ham ushlashadi va ba'zida bir necha oygacha cho'zilishi mumkin.Bu turdagi treyding ustunligi har doim risk va foyda nisbati ijobiy katta bo'lganligidadir, shunga ko'ra, ko'plab swing treyderlari kamida 1:3 nisbatda savdolar ochishadi. Masalan, agar bitta savdoda belgilangan risk $1000 bo'lsa, tahlillar yaxshi ishlab bersa, natijada $3000 daromad keltirishi mumkin. Swing treyderlar ko'pincha asosiy tahlilni kunlik taymfremda qilishadi va kirish nuqtasini yaxshilash uchun va kichikroq stoploss darajasini qo'yish uchun,to'rt soatlik (H4) yoki bir soatlik (H1) taymfreymlarida savdoga kirishadi
Kunlik savdo (Daytrading)- bu bitta savdo kuni ichida har qanday instumentlarni (valyuta, aksiya, qimmatli qog'ozlar, metallar) sotib olish va sotish tushuniladi. Bu har qanday bozorda paydo bo'lishi mumkin, ammo valyuta (foreks) va fond bozorlarida (stock-market) eng keng tarqalgan turdagi ishlash uslubi hisoblanadi. Kunlik savdogarlar odatda yaxshi ma'lumotga ega va yaxshi mablag'bilan ta'minlangan bo'lishadi, ular yuqori hajmli aksiyalar yoki valyutalardagi yangliklar tufayli sodir bo'ladigan narxlardagi tebranishlarda pul ishlashga harakat qilishadi.Shunga ko'ra, kunlik treyderlar bozorning qisqa muddatli harakatlanishiga olib keladigan hodisalarga moslashishadi va tayyor turishadi. Bular, iqtisodiy statistikalar, choraklik daromadlar hisobotlari yoki valyutalardagi foiz stavkalari kabi rejalashtirilgan e'lonlardir.
Long term trading (investing) -bu turdagi treyderlar investorlar ham deb ataladi, chunki odatda ular katta kapital egalari bo'ladilar va bozorning kunlik harakatlanishlari ularni qiziqtirmaydi. Shuning uchun, savdolari bir necha oylar va hattoki yillar davomida davom etadi. Taniqli uzoq muddatli treyderlar/investorlar- Warren Buffet, Peter Lynch, Ray Dalio va James Simons kabi shaxslar hisoblanadilar.
Agar siz 10 yil davomida aktsiyaga ega bo'lishni xohlamasangiz, unga 10 daqiqa egalik
qilish haqida o'ylamang

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling