2-mavzu: turk, chig`atoy, sart, O`zbek atamalarining qo`llanilish tarixi va ilmiy asoslanishi. Turkiy tillar, jumladan, O`zbek tilining qardoshligi masalasi


Download 21.22 Kb.
bet1/2
Sana12.03.2023
Hajmi21.22 Kb.
#1264539
  1   2
Bog'liq
2 amal til tarixi


2-MAVZU: TURK, CHIG`ATOY, SART, O`ZBEK ATAMALARINING QO`LLANILISH TARIXI VA ILMIY ASOSLANISHI. TURKIY TILLAR, JUMLADAN, O`ZBEK TILINING QARDOSHLIGI MASALASI.
Turk, chig’atoy, sart, o’zbek atamalarining qo’llanilish tarixi va ilmiy asoslanishi
Reja:

  1. O ‘zbek xalqi hamda tilining tarkib topishi va nomlanishi

  2. Yozma yodgorliklarda turk, chig’atoy, sart va o’zbek atamalarining ifodalanishi

  3. Tilshunos olimlarning qarashlari

Deyarli barcha ilmiy-tarixiy manbalarda hozirgi o‘zbek xalqining etnik jihatdan juda ko‘p urug‘-qabilalar va ular ittifoqlarining qo‘shilishi va birlashishi natijasida tarkib topganligi aytilib, bu jarayon X—XIII asrlardagi umumturkiy qabila ittifoqidan ajralib chiqishi bilan bog‘liq deb ta’kidlanadi. 0 ‘zbek tili ham turli qabilalar tili asosida shakllanib, qayd etilgan jarayonda yuzaga kelganligi aytiladi. Bu fikrlar bir tomondan to‘g‘ri, albatta. Ammo «0‘zbek» atamasi bilan nomlanish masalasi, ya’ni «0‘zbek» atamasining kelib chiqishi va etnik so‘z sifatida qo‘llanishi masalasi hali to‘liq еchimiga еtgan emas. Chunki, katta bir xalqning va unga tegishli nomning biror-bir asossiz XIII—XIV asrlardan boshlab yuzaga kelishiga ishonib boimaydi. Tarixnavis olim B.Ahmedov aytganidek, xalqlaming tarixi uning nomidan oldin yuradi. Shuning uchun ham ba'zi olimlarning uni faqat birgina hukmdor nomi bilan bog’lab talqin etishlari ham to’liq haqiqat emas.
Bizningcha, ba'zi manbalarda qayd etilganidek, o‘zbek nomi ham qadimiy etnik xususiyatga, asosga egadir. U o‘zining uzoq oimishi, tarixiga ega boiganligi, qadim davrlarda biror turkiy qabilaning nomi boiganligi aniq. Lekin buni isbotlash zarur. Isbotlash uchun esa maiumotlar deyarli yo‘q yoki boisa ham hali nomaiumdir. Agar tarixiy manbalar har tomonlama toiiq qaralsa va hozirgi o‘zbek dialekt va shevalari, joy nomlariga oid materiallar bilan qatiy tadqiqot olib borilsa, bu haqda ishonarli maiumotga ega boiish mumkin. Qo’limizda mavjud boigan adabiyotlarni kuzatganimizda, bu haqda qisman haqiqatga mos yoki yaqin keladigan ba’zi maiumotlarga duch kelganday boidik, Maiumki, qadimgi turkiy tillarning eng qadimgi yozma manbalaridan biri 0 ‘rxun-Enasoy bitiklari hisoblanadi. Garchi, bu bitik yodgorliklari m aium bir katta asar shaklida boimasada, unda VI—VIII asrlarga doir turkiy til tarixi o‘z aksini topgan. Ushbu bitiklar ustida sinchkovlik bilan tadqiqot ishlarini olib boigan olimlardan L.A.Yeftyuxova «Enasoy qirg'izlarining arxeologik yodgorliklari» nomli (Abakan, 1948) asarida « 0 ‘z» (o‘z) so‘zi haqida yo‘l-o‘lakay fikr bildirib o‘tgan. Uning fikricha, « 0 ‘z» so‘zi etnik xususiyat bilan bog‘liq bo'lib, elat (qabila yoki urug‘ — U.S.) nomini ifodalagan, ya'ni qadimda Enasoy daryosi sohillarida «0‘z» nomi bilan atalgan
elat, qabila va urug‘lar yashagan (29/5-bet). Olimning bu fikri haqiqatga yaqin, desak, xato bo‘lmaydi. Bizningcha, bu qabila yoki urug' uncha katta boMmagan. Lekin uning nomi bilan bog‘liq juda ko‘p joy nomlari borki, « 0 ‘zlar» ham katta qabilalar orasida turli joylarga tarqalgan bo’lishi mumkin. Xuddi shu kabl taniqli turkshunos olimlardan V.V.Radlov va S.Ye.Malov ham 0 ‘rxun va Enasoy bitik-yodgorliklari
bo‘yicha yozgan ishlarida «0‘z» so‘zini qisqacha izohlab o‘tgan-lar. Ulaming izohida ham Enasoy vohasida «0‘z», «0‘r» nomi bilan atalgan davlat va unga qarashli aholi yashaganligi ta’kidlanadi.
Masalan, «Sizning er at Ur(i) eling o‘z, ya’ni Sizning er (bahodir, botir) nomingiz Uri, elingiz (xalqingiz) nomi 0 ‘zdir (Vashe geroyskoye imya U r/w /). Tvoyo gosudarstvo Oz. Er atim 0 ‘zut ugdi o‘g‘lonim siza achim adarilimiz, ya’ni Mashhur (bahodir) 0 ‘zlar nomiga dog‘ tushirmay siz - o‘g‘iHarim, qardoshlarim bilan ajrahshdim>kabilar (30/50-77-betlar).
Bizningcha, ushbu ma’lumotlar « 0 ‘z» so‘zi etnonim (elat, urug‘) ma'nosida qo‘llaniiganidan darak beradi.0 ‘rxun-Enasoy bitiklarida « 0 ‘z» yoki «Az» ( 0 ‘z) so‘zi bir necha marta tilga olingan. Yuqoridagi fikrimizni quwatlash maqsadida taniqli o‘zbek olimlaridan G ‘.Abdurahmonov va .Rustamovning «Qadimgi turkiy til» qo‘llanmasidagi bitiklar parchalaridan, izohlardan misollar eltirishni lozim topamiz. «Yercbi (yer biladigan kishini) surishtirdim, Cho‘liik Az yigitni topdim. 0 ‘zim, Az — maskanim (yerim), uni bil... bir manzili bor ekan. Ani (hozir ham Ani daryosi bor) bilan borib, o‘sba еrda еtib, bir otlig‘ (yo‘I) yurib boradi, dedi» (Tunyuquq bitiktoshidan). «Qashsboq xalqni boy qiidim, Az xalqini ko‘paytirdim. 0 ‘z so‘zimda qaibakilik bormi... 0 ‘n o‘q xalqi qiyinchilik koTdi. Bobomiz, ajdodimiz boshqargan еr-suv egasiz bo‘lmasin deb Az xalqini tuzatib (tiklab)...
Bars bek edi. Xoqon (deb) bunda biz unvon berdlk. Singlim xoqonzodani berdik. 0 ‘zi adashdi, xoqoni o‘Idi, xalqi cho‘ri, qui bo‘ldi. Ko‘kman еr-suvi egasiz qolmasin deb Az, Qirqiz xalqini tikiab... Kultigin 27 yoshida Qarluq xaiqi begonalashib ketgach dushman bo‘ldi. Qariuqni oidirdik, qoTga oldik. Az xalqi dushman boTdl. QorakoTda jang qildik... Az Eltabarni tutdi//qo‘lga tushirdi). Az xalqi o‘shanda yo‘q bo‘ldi»
(21/74, 91, 106, 110, 127- betlar) kabi o‘rinlarda
«az»(o‘z) dan urug‘-qabila, elat, davlat ma’nolari ham anglashiladi.
Ba’zi olimlar hoziigi ishlarida bu kabi aniq asosni tilga olmay « 0 ‘z» (o‘zbek) so‘zini urug‘lar qatorida sanab kelmoqdalar (27/32-bet). Biz ishlarimizda yuqoridagi fikrlarga va ba’zi etnotoponim atamalar (kishi va joy nomlari) ga doir yig‘ilgan ma'lumotlaiga tayangan holda «0‘z» so‘zini qadimdan urug‘-qabila, elat nomlarini ham anglatgan, degan xulosaga keldik (31). Darhaqiqat, ko‘pgina manbalarda, jumladan, hozirgi o‘zbek dialekt shevalari tilida hamda joy nomlari tarkibida «0‘z» ( 0 ‘zbek) so‘zi bilan bog‘liq atamalar mavjud. Masalan, Mahmud Koshg‘ariy devonining birinchi qismida « 0 ‘zbek» shaklidagi va etnonimi ma'nosidagi so‘z boMmasada, « 0 ‘z» asosidagi so‘zlar ko‘p uchraydi. Chunonchi, devonda «Tavg‘ach azi* birikmasidagi «azi» so‘zi eski va katta ma’noda izohlangan (423- bet). Shu kabi azin-bo‘lak, ayrim (106- bet); « 0 ‘z» so‘zi «Oz-yog‘, ozlug‘-yorliq; oz-dara (tag‘ozi-tog‘ darasi); Oz-yurak va qoringa tegishli a’zo; oz-o‘zak (80-81 -betlar); o‘zuk-sof, oltin kabi toza; xotinlar laqabi; sizot suv; ozak-belning ichki tomiri (101-bet); az/az-xudo, o‘zluk-bilak suyagining yo‘g‘on joyi ( 1,124), o‘zi-ikki tog‘ o‘rtasidagi keng yo‘l (116-bet) kabi ma’nolami anglatgan. Shu kabi « Oz»(Az) bir qancha kishi va joy nomlari tarkibida ham uchraydi: Ag‘iz-qishloq nomi (94); 0‘zukand — arg‘ular shahri (1-114-bet). Azg‘irak-daryo nomi (162), Azg‘ish — joy nomi (122), qizil o‘z(oz)-qashqar tog‘laridan biridagi qishloq (109), Ozkend - o‘z shahri (Faig‘onani 0 ‘zkent - o‘zshahri deydilar deb izohlanadi, I, 330-bet). Azaq — o‘g‘uz beklarining nomi (95-bet); Inal o‘z — qipchoq xonlaridan birining nomi (1-342-bet) kabilar. Mahmud Koshg‘ariyning devonida keltirilgan joy nomlaridan o‘zbek elatining yashash joylari va shaharlarini osongina bilib olish mumkin.
Ushbu maiumotda o‘zjand ehtimol o'zbeklar oikasi ma'nosida qo’llangandir. Chunki yozuvda o‘zkand shahar ma’nosida, o‘zjand esa oika (o‘z turkiy oikalari chegaralari) ma’nosida kelgan. Ayniqsa, sd(o‘d) so‘zi xarakterlidir. Maiumki, qadimgi Oltoy va Xun davrlaridagi turkiy tiilaming fonetik qurihshida «d»lanish asosiy belgilardan biri boigan. Mahmud Koshg‘ariy devonida Oltoy va Xun davrlaridagi turkiy tilga xos «d-z-y» kabi fonetik hodisani, ya’ni adaq /adiq/ adig‘, adrildi, tidishazak, aziq//azig‘, — azrildi, tizish (I-tom, 68-bet) singari holatni qoraxomylar davrida «ayok, ayig‘, ayrildi, tiyish» shakllariga kelib qolganligi aniqdir. Demak, devonda Mahmud Koshg‘ariy tomonidan «Komchu> (ko‘mchu) so‘zining «od» —qavmining xazinasi deb berilgan izohdagi «od» (o‘d) etnonimini oz(o‘z) shaklda o‘qishimiz mumkin (28/i-tom, 395-bet). Chunki devonda yuqoridagidek «d»lashish hodisasining xususiyatlari ko‘p so‘zlarda saqlanganligini ko‘ramiz. Binobarin, « 0 ‘z» qavmi qadimdan mavjud desa
boiadi. Bu fikrrri VI—VII asrlar yodgorliklari bo’lmish til materiali ham tasdiqlashi mumkin. Jumladan, Kultegin bitiktoshida «sdka», «Ediz» (Ediz budun shaklidagi) so‘zlar uchraydi. Bizningcha, har ikkala so'zning tarkibi «sd» o‘zakdan va -ka (jo‘nalish), -iz (ko‘plik) o‘shimchalaridantashkil topgandir. Manbalarda «sdka» so‘zi «dunyoga», «Ediz» esa « 0 ‘g‘uz» (o‘g‘iz) ma'nosida izohlangan (21/89, 110, 111- betlar, 90, 119-betlardagi izohlar). Biznmgcha, «d»lanish hodisasiga ko‘ra, bu so‘zlaming o‘zagi sz-az shaklida o‘qilib, « 0 ‘z, o‘zlar» ma’nosida qo‘llanilgandir. Bitikdagi parchalar, ya’ni: «bu o‘zka (o‘z еriga) keldim (89-bet) «Qishloqda o‘zlar bilan jang qildim (110-bet), o‘zlar elati (buduni) o‘shanda o‘ldi (111 -bet) shaklda izohlanishi mumkin. Demak, bu tarzda izohlansa, «0‘z, az» so‘zlari etnonim so‘z hisoblanadi. Mahmud Koshg‘ariyning devonida qo’llanilgan («sd/o‘z») so‘zi qavm deb izohlanishi ham yuqoridagi fikrimizni yanada aniq tasdiqlaydi.
Ta'kidlaganimizdek, yozma manbalarda «turk, turkiy, turkona» atamalari umg‘, ulus, elat-xalqqa va uning tiliga nisbatan qo‘llanilganini ko‘ramiz. Gerodotda Tarxita, hind manbalarida Turuxa, Chin manbalarida Tukuje tarzida uchraydi(115/9-bet). «Turkiy» etnonimining asl ma’nosi haqida adabiyotlarda har xil m a'lum otlar berilgan. B a'zi tadqiqotchilar «turk» so'zini «Shohnoma»dagi Turon, Turk atamal&riga, ba'zilar, urug‘-qabila nomiga yoki ularning birlashmalari, umumlashtirilgan ittifoqlarining nomiga shu kabi «Tur», «yuqori», «baland», «cho‘qqi», «xudoga yaqin» ma’nolarda qoilanilganligini ta'kidlaydilar (18/72-73-betlar). Navoiy asarlarining lug‘atida «turk» so‘zining asl ma’nosi etnik nom; ma'joziy «sho‘x go‘zal», Turki anjum quyosh ya'ni 1) G o‘zal, 2) Quyosh ma'nolari borligi qayd etilgan (44/ 617-bet). Turk atamasining asl ma'nosi qandayligidan qat'I nazar, yozma manbalarda birinchidan, u tor ma'noda urug‘ va qabila nomini ifodalagan, ikkinchidan, keng ma’noda esa barcha turkiy elat-xalqlaiga nisbatan umumlashgan nom sifatida qo‘llanilib kelingan. XII-XVI asrlar tilida «turkiy», etnonimi asosan, o‘zbek xalqi va uning tiliga nisbatan qo‘llanilgan. Bu fikmi o‘z o‘mida til qurilishidagi materiallar bilan asoslashga harakat qilamiz.Yozma tarixiy manbalarda, ilmiy tadqiqotlarda, badiiy
adabiyotlarda «chig‘atoy», «chig‘atoy tili», «chig‘atoycha alfoz», «mo‘g‘ulona, m o‘g‘uliy» shu kabi «sort, (sart) sortcha, sort tili» atamalari ham qoilanilgandir. Bulardan «Chig‘atoy va m o‘g‘ul» atam alari m o‘g‘ullar istilosi, chingiziylar hukmronligi bilan bogiiq holda yuzaga kelgan. Tadqiqotchilardan ba’zilari, jum ladan, X.Doniyorov fikricha, bu atamalar Mo‘g‘uliston hududida yashovchi turkiy qabila va urugiaiga nisbatan yoki Chingizxon va Chig'atoy boshchiligida mo‘g‘uIlar bilan qo‘shilib kelgan turkiy urugiami Movarounnahr va Xuroson turkiy o‘zbeklaridan farqlash maqsadida aytilgan. Bu fikrni asoslashda Rashididdinning «Jome’ at-tavorix» asaridagi o‘zbek qabilalaridan bir qismini mo‘g‘ul deb atalib kelinganini, shuningdek, Navoiyning « 0 ‘zbek mo‘g‘ul o‘lg‘ay aning ollida musulmon» shaklidagi
misrasida « 0 ‘zbek» etnonimi bilan «mo‘g‘ul» etnonimini bir qo‘yishini dalil tariqasida qayd etadi 46/38-bet). Masalan, Ul turki xitoning erur andokki ko ‘zi qiymoch,Kim nozdin o ‘Imas, demak oldindaki, ko ‘z och. 0 ‘zJbek, mo‘g ‘ul o ‘lg‘ay aning ollida musulmon, Bilmon ani qilmoqmudur, yo‘q esa tug ‘moch (39/104-bet).
Darhaqiqat, Navoiy ushbu misralarida «turki xitoy», o‘zbek, mo‘g‘ul birdek musulmon, degan fikridan «mo‘g‘ul» atamasini «turki xito» kabi turkiy urug'lar qatorida, balki turkiylashgan mo‘g‘ullar va Xitoydagi turkiylar (uyg'urlar) ma'nosida qo‘llagan. Bunday fikmi o‘zbek dialekt va shevalari materiallaridagi va «Qitmir», «Nasabnoma» tarixiy shajaranomalardagi hamda «Zafarnoma», «Temurnoma», «To‘rt ulus tarixi», «Shayboniynoma», «Shajarai turk» kabi tarixiy asarlardagi ma'lumotlar ham tasdiqlaydi. Mo‘g‘ullar asli turklarning bir urug‘i yoki mo‘g‘ullarning bir qismi, aniqrog'i, ular tarkibida ham turkiy qabila va urug'laridan bo'lganligi ta'kidlanadi. Shuning uchun ham o‘zbek elatining 92 urug‘lari ro‘yxatida «mo‘g‘ul» urug'i ham qayd etiladi (34/48-bet). Xuddi shuningdek, «chig‘atoy» atamasi bilan bog‘liq so’zlar ham Chingizxonnig o ‘g ‘li C hig‘atoyxon hukmronligidagi hududga nisbatan qo'llanilgan. 0 ‘zbek elati va uning tiliga nisbatan esa hech qanday aloqasi yo‘qdir. Ammo XII asrdan to XIX asrgacha bo'lgan ko‘pgina ilmiy adabiyotlarda o'zbek xalqiga va uning tiliga nisbatan noto‘g‘ri ravishda «chig‘atoy eli(xalqi)», «chig‘atoy tili», «chig‘atoy lahjasi», «chig‘atoy adabiyoti» kabi atamalar qo‘llanilganligini ta'kidlagan edik. Bu davrlarda shakllangan o‘zbek adabiy tili, adabiyoti va xalqining nomiga nisbatan «chig‘atoy» atamasining hech bir daxli yo‘q. Shu jumladan, venger sharqshunosi G.Vamberi o ‘zining «Chig‘atoy tili grammatikasida» «chig‘atoy tili» atamasi ostida g‘ayriilmiy tatzda XII asrda tashkil topib to XIX asrgacha keng iste'molda bo‘lgan o‘zbek adabiy tilini nomlagan. V.V.Radlov «Temur Qutlug' va To‘xtamish yorliqlari» va P.M.Melioranskiy uyg‘ur hujjatlaridan «Sulton Umar Shayx maktubi» haqidagi ishlarida bu atamaning qo‘llanish doirasini XIV—XVI asrlar bilan chegaralaydilar. V.Reshetov bunday qarashlarni haqli ravishda rad etadi. U eski o‘zbek tiliga shu kabi o‘zbek xalqi nomiga nisbatan «chig‘atoy tili» yoki «chig‘atoy eli» atamasini, hatto shartli ravishda ham qo'llab bo‘lmasligini aytadi. Chunki Chig'atoy hukmronligi, umuman mo‘g‘ullar istilosidan ancha ilgari —qoraxoniylar davridayoq Movarounnahrda shakllanib taraqqiy etgan turkiy-o‘zbek tili va adabiyoti hamda elatiga «chig‘atoy» atamasini bogiashga hech qanday asos yo‘q. Holbuki,
«chig‘atoy» atamasi ilmiy adabiyotlarda keng tarqalib butun bir o‘zbek tili va o‘zbek xalqiga, hatto Movarounnahming hamma xalqiga nisbatan o‘rinsiz ishlatilgan. Qayd etish lozimki, Chig'atoy hukmronligi davrida va so'nggi vaqtlarda ham ba’zi badiiy adabiyotlarda bu atama qo'llanilganligini ko‘rish mumkin.
Ma'lumki, yozma manbalarda, xususan, XIX asrlarda 0 ‘zbekistonning shahar aholisiga nisbatan sort atamasi qo'llanilganligini ko‘ramiz (51/ 65-bet). Hatto ba'zi adabiyotlarda bu atama
o‘zbeklaiga nisbatan ham qo‘llanilgandir. Xuddi ana shu masala
ham so‘nggi davr olimlari orasida har xil hal etilgan. Ayniqsa, «sort» so‘zining etnik jihatlari, uning qaysi tilga va xalqqa mansubligi haqida yagona fikr yo‘q. Bu borada adabiyotlarda sort so‘zining ma'nosini forscha — sar (ya'ni «bosh») yoki, sor (tuya) atamasidan, ba’zilarida esa hind va fors tillaridagi sartavan» —«sarbon» yoki «soibon» so‘zlarining o'zagi bilan izohlangandir (44/546,569). Bon — boshlovchi, qo‘riqlovchi Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida «sort» atamasi «savdogan> ma’nosida izohlangan(28/l tom, 328, III tom, 447-bet). Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarida «sort» so‘zi tojiklaiga nisbatan qo‘llanilgan. Masalan, «turknlng ulug‘din kichigiga degincha va navkaridin begiga degincha sort tilidin hahramanddurlar, andoqkim o‘z xurd ahvoliga ko‘ra ayta olurlar... Ammo sort ulusining arzolidin atrofigacha... turk tiii bila takallum qila olmasalar... so‘z
aytsa ham, har kishiga eshitsa bilur, va aning sort ekanini fahm qilur... Har taomki, еsa hoiur, еgulik deriar va sort elining ko‘pi, halki harchasi еmakni ham, ichmakni ham «xo‘rdani» lafei hilan ado qiluriar»
(52/114-bet).«Sort» atamasi boshqa manbalarda ham uchraydi.


Download 21.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling