Adolat deb boshqalarning mol va nomusini rioya qilmakni aytilur. Adolat yaxshi xulqlarning foili, zulmning muqobilidur


Download 17.32 Kb.
Sana09.01.2023
Hajmi17.32 Kb.
#1084900
Bog'liq
TARIXDAN MATN10


ADOLAT

Adolat deb boshqalarning mol va nomusini rioya qilmakni aytilur. Adolat yaxshi xulqlarning foili, zulmning muqobilidur.


Adolat va marhamatli kishilar o’ziga loyiq ko’rmagan bir ishni o’zgalarga ravo ko’rmas. Kishi adolat va insoniyat vazifasini yolg’uz o’zi buzuq ishlardan saqlanmak ila ado qilolmas, balki o’zi ila barobar jinsdoshlarining hato va fanoliqlarini tuzatmak va yaxshi yo’lga sa’y qilmak ila ado qila bilur. Adolatni rioya qilgan kishilar hech bir kishiga jabr-u zulmni xohlamas va jonli narsalarga bekorga ozor bermas. Aql va shariatga muvofiq ravishda harakat qilur.
Afv deb kechurmakni aytilur. Bir kishi qilgan kamchiliklarini bo’yniga olub, o’kunub, kechurmakni so’rasa afv qilmak lozimdur.
Chunki afv yahshi xulqlarning afzali, insoniyatning akmalidur. Janobi Haq Qur’oni Karimda afvni maqtab madh qilmishdur. Oliyjanob kishilar uzrni qabulq qilur. Bir kishi qusur va qabohatini bo’yniga oiub uzr aytsa, afv qilur, kechirur.
ZULM DEB BIROVNING JONIGA YOKI MOLIGA ZARAR YETKURMAKNI ZARAR YETKURMAKNI AYTILUR.
JANOBI Haq butun yer yuzidagi insnlarni huquqda musoviy - barobar qilub yaratmishdur. Mansab va davlatga, kuch va quvvatga mag’rur bo’lub, birovnig haqig’a taarruz va tajovuz qilmak zulmdur. Kattalikning izzati zulm va taaddida emas, shafqat va marhamatdadur. Kichiklikning lazzati nafrat va qarshulikda emas, sadoqat va hurmatdadur.
SHUL xususida SHAYX SA’DIY:
G’ami zeri doston bexo’r, zinhor,
Betars az zabardastiye ruzgor.
Tarjimasi:
Quvvatsizlar g’amin yeb yur hamisha,
Quvvatlilardan etgil xavf pasha.
deb kichiklarni izzat qil, kattalarni
Download 17.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling