Ro’zg’oringda bir nima kam bo’lsayam, siqilma Tashvishlardan kunda bir kun jang bo’lsayam, siqilma O’g’ling yeb, o’rga ketar, qizing yeb, qirga


Download 13.92 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi13.92 Kb.
#1379168

Yaraqlagan uylaring chang bo’lsayam, siqilma
Ro’zg’oringda bir nima kam bo’lsayam, siqilma
Tashvishlardan kunda bir kun jang bo’lsayam, siqilma
O’g’ling yeb, o’rga ketar, qizing yeb, qirga


Chaynayotgan noningni “bolamga”, deb o’lasan,
Katta bo’lgach, gap bilan bir siltasa, so’lasan.
Bino qo’yma, siylama, po’palama, ko’rasan,
O’g’ling yeb, o’rga ketar, qizing yeb, qirga


Qariganda g’alvani ko’taraolmas yuraging.
Qani ota-onalar – suyanchig’ing, tirganing?
Yetib qolsang, og’irsang, kimga bo’lar keraging?
O’g’ling yeb, o’rga ketar, qizing yeb, qirga


G’amni olsang ko’ngilga, to’lib ketaverarsan
Oftob urgan maysaday, solib ketaverarsan
Yuragingni changallab, o’lib ketaverarsan
O’g’ling yeb, o’rga ketar, qizing yeb, qirga
O’zini boqqaning qolib, bolasini ham boqasan,
Kuch-quvvating borida hammagasi yoqasan,
O’zing uchun bir bora chiqqanmisan boqqa, san?
O’g’ling yeb, o’rga ketar, qizing yeb, qirga


Uylantirib bolangni, bo’lak qilgin uyini,
O’zi tortsin ro’zg’orning tashvishini, uyini,
Ko’rib tursang bo’lgani, so’g’- salomat bo’yini,
O’g’ling yeb, o’rga ketar, qizing yeb, qirga


Ta’ma qilsang bir nonni, chimirilar qoshlari,
Sensiz pishib yeyilar, yog’liqqina oshlari,
Yugurishar oldingga, og’rib qolsa boshlari,
O’g’ling yeb, o’rga ketar, qizing yeb, qirga


Erining topganini o’ynab, yirkan bir ayol,
O’g’ling topganini, o’ylab, yirkan bir ayol,
Bekorga aytilmagan, xalq ichida bu maqol,
O’g’ling yeb, o’rga ketar, qizing yeb, qirga


Mayli, tushgan uyida yashnab yursin kelinlar, Maqtab, alqab, duo qil, yayrab yursin kelinlar
Qaynonammas, onam deb, sayrab yursin kelinlar,
O’g’ling yeb, o’rga ketar, qizing yeb, qirga


Yalab-yulqigan uying, kelinlarga qoladir, Sendan keyin kim bilar, ne kuylarga soladir,
Uyim, bolam, chaqam deb, olaverma xavotir,
O’g’ling yeb, o’rga ketar, qizing yeb, qirga


Mehnat qilding tinmading, yetganicha imkoning,
O’zing uchun ham yasha, g’animatdir har oning,
To’g’larag chiq, havo yut, jon-jon o’zingni joning,
O’g’ling yeb, o’rga ketar, qizing yeb, qirga
Download 13.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling