2-mavzu. Umurtqalilar yoki bosh skeletlilar kenja tipining umumiy tavsifi va sistematikasi. Baliqlar (pisces) katta sinfi


Jag’sizlar katta sinfi va To’garak og’izlilar sinfining umumiy tavsifi


Download 88.52 Kb.
bet4/24
Sana26.11.2021
Hajmi88.52 Kb.
#177729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
2-maruza

2. Jag’sizlar katta sinfi va To’garak og’izlilar sinfining umumiy tavsifi. Jag’sizlar – dengizlarda va qisman chuchuk suvlarda hayot kechiradigan tuban tuzilgan umurtqalilar. Skeletida suyak to’qimasi rivojlanmagan, xordasi hayoti davomida saqlanib qoladi. Juft suzgichlari va haqiqiy jag’lari bo’lmaydi. Og’zi to’garak shaklida. Xaltasimon jabralari endodermadan kelib chiqqan. Jabra skeleti teri ostida joylashgan. Ichki qulog’ida faqat ikkita chala doira naylar bo’ladi. Jag’sizlar – eng qadimgi umurtqalilar. Qadimgi geologik davrlarda ular juda xilma-xil va ko’p sonli bo’lgan.

Bu katta sinfga faqat to’garak og’izlilar sinfi kiradi.

To’garak og’izlilarning bizning davrimizga qadar yashab kelgan birdan-bir vakillari – minogalar (Petromyzones) bilan miksinalar (Myxini) hozirgi zamondagi umurtqalilarning eng soddalaridir. Boshqa yuqori sinflarga qarama-qarshi o’laroq, bu sinfga kiruvchi hayvonlarda haqiqiy jag’ bo’lmaydi, ularning og’iz teshigi bevosita tashqariga ochilmay, balki o’ziga xos bo’lgan so’rg’ich voronkaning tagiga o’rnashgan bo’ladi, bu voronkani xalqa shaklidagi tog’ay tutib turadi. Ularning terisi yalang’och bo’lib, shilimshiq modda bilan qoplangan. Bu hayvonlarda haqiqiy tish yo’q, ularning o’rniga og’iz voronkasida shox (muguz) tishlar bo’ladi. To’garak og’izlilarning chin juft suzgich qanotlari bo’lmaydi. Burun teshigi bitta, ya’ni toq, chunki hidlov organlari bitta nazogipofizar xalta bo’lib qo’shilgan. Vistseral skeleti shaklan nozik panjaraga o’xshagan va alohida bo’g’imli yoylarga bo’linmagan. Nihoyat, to’garak og’izlilarning nafas organlari entodermadan paydo bo’lgan 5-15 juft o’ziga xos jabra xaltachalaridan iborat.

Umurtqalilar kenja tipiga kiradigan shu eng qadimgi sinfning hozir yashab turgan kam sonli vakillari parazitlik bilan ovqatlanish usuliga o’tganligi uchungina yashab kelgan, bu ularning butun tuzilishida asar qoldirgan.




Download 88.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling