Tarqalishi va hayot kechirishi. Daryo minogasi Boltiq dengizi va Shimoliy dengiz havzalarida yashaydi. Boshqa minogalar singari, uning hayot kechirish usuli, chunonchi ovqatlanishi hali yaxshi o’rganilgan emas. Bu minoga urchish (ikra tashlash) uchun dengizdan daryoga o’tadi. Minoga yozda ikra tashlaydi (kuzda daryoga kirgan minogalar qishlab qoladi). Urg’ochisi bir yo’la necha o’n minglab ikra tashlaydi. Ikra tashlab bo’lgandan keyin barcha erkak va urg’ochi minogalar halok bo’ladi. Shunday qilib, ko’p baliqlarga o’xshash, minogalar ham umr bo’yi faqat bir marta urchiydi. Qumteshar daryolarda yashaydi va lantsetnik singari, ko’p vaqtini balchiqda o’tkazadi. Qumteshar voyaga yetgan minogaga aylanguncha, odatda, necha yillar o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |