bo'yicha amortizasiya ajratmalari yoki ma'lum texnik jarayonda foydalanilgan
asosiy vositalarning qoldiq qiymati olinadi.
Korxona bo'linmasi faoliyati material talab bo'lsa, yani, unda mahsulot
tannarxiga qo'shiladigan xarajatlarning asosiy qismini xomashyo va material
xarajatlari tashkil qilsa, taqsimot bazasiga xomashyo va materiallarning
haqiqiy bevosita xarajatlari hamda ularning rejali tannarxi kiritiladi.
Agar bo'linma faoliyati natijasi qandayligini (mehnat talab, kapital talab
yoki material talab) aniq belgilash imkoni bo'lmasa, taqsimotning aralash
bazasidan foydalaniladi. Bunda taqsimot bazasi to'liq bevosita moddiy
xarajatlar (xomashyo, materiallar va asosiy vositalar mahsulotlarning ishlab
chiqarish tannarxida katta salmoqqa ega bo'lsa)dan iborat bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |