faoliyatining ixtisoslashtirilishi bilan belgilanadi. Bu holat boshqaruv
samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.
Korxonalar faoliyatida boshqarishning chiziqli-funksional tuzilmasidan
keng foydalaniladi. Bunday tuzilma doirasida chiziqli bo'linmalar mahsulot
ishlab chiqarish bo'yicha asosiy faoliyat bilan shug'ullanadi, ixtisoslashgan
funksional bo'linmalar esa (marketing bo'limi, reja-moliya bo'limlari, kadrlar
bo'limi) asosiy bo'linmalarga xizmat qiladi. Bu holda boshqaruvning
ixtisoslashuvi, uning tamoyillari birgalikda to'laroq amalga oshiriladi hamda
tayyorlanadigan qarorlarning yuksak darajaliligi va har bir ishlab chiqarish
bo'g'iniga yoppasiga rahbarlik qilish taminlanadi.
Matrisali tuzilmada funksional bo'linmalar bilan birga muayyan ishlab
chiqarish vazifalarini hal etish uchun maxsus organlar (loyiha guruhlari)
tuziladi. Bu guruhlar boshqaruvning turli darajalaridagi alohida funksional
Do'stlaringiz bilan baham: |