2-mavzu xulq-atvorning psixofiziologik asosi. Reja


Periferiyadagi nerv sistemasi


Download 179.84 Kb.
bet4/6
Sana26.12.2022
Hajmi179.84 Kb.
#1066548
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu

3. Periferiyadagi nerv sistemasi
Periferiyadagi nerv sistemasi markaziy nerv sistemasi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, undan ajralmasdir. Peri­feriyadagi nerv sistemasi nervlardan tuzilgan: bu nervlar markaziy nerv sistemasidan chiqib va butun organizmga tarmoqlanib, organizmning har bir qismini bosh miya va orqa miya bilan bog’laydi. Bosh miyadan 12 juft nerv, orqa miyadan 31 juft nerv chiqadi (2- rasm).
Periferiyadagi nerv tolalari orqa miya bilan bosh miyaning ichki qismlariga kiradi. Ular bosh miyaning hamma qismlari bilan, jumladan, bosh miya po’sti bilan bog’lanadi.
Periferiyadagi nervlar bosh miya bilan orqa miyadan chiqqanda hiyla yo’g’on (ba’zilari juda ham yo’g’on) bo’ladi. Lekin bu nervlar organizmga yoyilib ketganda, ko’pgina juda ingichka ip va tolalarga bo’linadi, chekka tarmoqlar deb shularni aytiladi.
I.P.Pavlov ta’limotiga ko’ra, periferiyadagi nerv analizatorning bir qismini, ya’ni uning reseptor qismini (chekka tarmoqlarini) va o’tkazuvchi yo’lni tashkil etadi.
Periferiyadagi nervlar ikki xilga, ya’ni sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlarga bo’linadi.
Sezuvchi nervlar chekka tarmoqlarning qo’zg’atilishi natijasida hosil bo’lgan qo’zg’alishni markazga, ya’ni orqa miya bilan bosh miyaga o’tkazadi. Tevarak-atrofimizdagi voqye’lik­ni ana shu nervlar yordami bilan sezamiz va idrok qilamiz. Bu nervlar reseptor (sezuvchi), markazga intiluvchi yoki afferent nervlar deb ham ataladi.
Harakatlantiruvchi (yoki motor) nervlar markazdan mus­kul va bezlarga impuls o’tkazadi. Shu nervlar yordami bilan muskullarimiz harakatga keladi, xilma-xil ish-harakatlar qilinadi, turli bezlar (masalan, so’lak bezlari) ning faoliyati ham shu nervlar yordami bilan idora etiladi. Bu nervlar markazdan qochuvchi yoki efferent nervlar deb ham ata­ladi.
Harakatlantiruvchi nervlar ayrim organlarning va mus­kul ayrim qismlari harakatini idora etadi.
4. Funksiyalarning lokalizasiyasi (joylashuvi).
Turli psixik funksiyalar faoliyati odatda bosh miyaning ayrim sistemasining qismlariga bog’liq bo’ladi.
I.P.Pavlovning tekshirishlariga qadar, funksiyalar lokalizasiyasi haqidagi masalada noto’g’ri fikr yurar edi, ya’ni miya po’stida har bir psixik funksiyaning qat’iy aniq markazi bo’ladi, miyaning muayyan anatomik qismi muayyan psi­xik funksiyani idora etadi, deb hisoblanar edi.
Masalan, ko’ruv markazi miyaning ensa qismida, eshituv markazi yuqori chakka pushtasining o’rta qismida, hid bilish markazi ilmoqsimon pushtada (bu pushta yarim sharlarning pastki yuzasida bo’ladi), nutq harakatlari markazi (Broka markazi) chap yarim sharning uchinchi peshona pushtasida, birovning nutqini tushunish markazi (Vernike markazi) chap yarim shardagi birinchi chakka pushtasining orqadagi va o’rta qismida joylashganligi aniq, deb hisoblanar edi. Xuddi shuningdek, oyoq, qo’l barmoqlar, tana harakatlarining alohida-alohida markazlari bor, deb aytilar, «yozuv markazlari», «o’qish markazlari» va shunga o’xshash markazlar bor deb, da’vo qilinar edi.
I.P.Pavlov funksiyalarni shu tariqa sof anatomik nuqtai nazardan lokalizasiyalashdan tamoman farq qiladigan boshqa lokalizasiya haqida yangi ta’limot ishlab chikdi.
I.P.Pavlovning tajribalari shuni ko’rsatdiki, analizatorlarning markaziy qismlarini miya po’stining bir-biridan uzil-kesil chegara bilan ajralgan bo’laklari deb tushunish yaramaydi. Xaqiqatda bu «markazlar»ning bir-biriga o’tishi, bir-biriga qo’shilishi, bir-birini qoplashi aniqlandi. Masalan, optik analizatorning markaziy qismi, yadrosi, yorug’lik ta’sirotlarini yuqori darajada sintez va analiz qiladigan organ – yarim sharlarning ensa bo’laklaridadir. Ammo optik analizatorning hammasi shu yerda emas. Bu analizator keng tarqalgan katta yarim sharlarning balki hammasiga ham tarqalgan bo’lsa ehtimol.
Boshqa analizatorlarning «markazlari» to’g’risida ham gap shunday. I.P.Pavlovning fikriga ko’ra, analizatorning po’stdagi qismi po’stga (ehtimol, butun po’stga ham) yoyilgan ikki xil hujayralarni o’z ichiga oladi: bir xil hujayralar eng sodda analiz va sintez funksiyalar o’taydi, ikkinchi xil hujayralar yadroni tashkil etadi, murakkab (kompleks) qo’zg’alishlar o’sha yadroda nozik analiz va sintez qilinadi, qo’zg’ovchilar juda aniq ajratiladi, ularni bunday ajratish organizm hayoti uchun nihoyatda muhimdir.

Download 179.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling