2-mavzu. Yer to’G’risida umumiy tushunchalar. Reja: Yerning umumiy tavsifi. Yerning tashqi qobiqlari
Download 52.77 Kb. Pdf ko'rish
|
2 ma\'ruza
2-mavzu. YER TO’G’RISIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR. REJA: 1. Yerning umumiy tavsifi. 2. Yerning tashqi qobiqlari. 3. Yerning seysmotomografik modeli. Geosferalar Yerning shakli. Yer shaklini ellipsoidga yaqin deb bilishning sababi shundaki, agar ellipsoid aylanasini Yer shakliga ustma - ust qo‘yilsa, u holda okean yuzasi barobarligida olingan geoid chizig‘iga yaqinlashadi. Demak, Yer shaklini ellipsoid shakliga yaqin bo‘lgan geoid deb qabul qilingan (19-rasm). Geoidning lug‘aviy ma’nosi Yer o‘ziga xos shaklga ega demakdir. Uni birinchi bo‘lib 1873 yilda nemis fizigi Listing fanga kiritgan. Haqiqatdan ham Yer yuzasi g‘oyat notekis bo‘lib, o‘ziga xos shaklga ega. Uning eng baland nuqtasi (Himolay tog‘idagi Jomolungm cho‘qqisi, 8848 m) bilan eng chuqur botiq joy (Tinch okeanidagi Marian cho‘kmasi (11022 m) o‘rtasidagi farq 19870 m ni tashkil etadi. U hech qanday geometrik shakllarga to‘g‘ri kelmaydi. Yerning bunday shaklda bo‘lishiga asosiy sabab, uning bir necha million yillar davomida Quyosh va o‘z o‘qi atrofida aylanishi hamda yer yuzasidagi havo, suv, Yer ichidagi bitmas - tuganmas energiya ta’siri ostida bo‘lishidir. So‘nggi kosmik tasvirlar tahlilidan kelib chiqib, Yerning shimoliy qutbiy radiusi janubiy qutbiy radiusiga nisbatan 21 km uzun ekanligi aniqlangan. Shunga asoslanib Yerning shakli uch o‘qli ellipsoid yoki kardioid (yunoncha: yurakka uxshash) deb atash qabul qilingan. Eramizdan ikki asr oldin qadimgi yunon olimi Eratosfen Yerning kattaligini birinchi bo‘lib o‘lchagan. Eratosfen kunduz soat 12 da Quyosh nuri hosil qilgan yer yuzasidagi burchakni skafis (skafis - yunoncha so‘z bo‘lib, masofa o‘lchov asbobi) asbobi bilan o‘lchab, so‘nggi xulosasida Yer aylanasi 250000 stadiy (yoki 39500 km), radiusini 6290 km deb aniqlagan. Eratosfen aniqlagan Yer radiusi hozirgi vaqtda aniqlangan ma’lumotdan 88 km, aylanasi esa 575,7 km kamroq chiqqan. Eng so‘nggi kuzatishlar natijasida Yer kattaligini quyidagi miqdoriy birliklar bilan belgilash qabul qilingan: ekvatorial radiusi 6378,245 km, qutbiy radiusi 6356,863 km, Yerning o‘rtacha radiusi 6371,110 km. Ekvator aylanasi esa 40075,7 km ga teng. Yerning maydoni 510 mln.km 2 , o‘rtacha zichligi 5,517 g/sm 3 ga teng. Sayyoramiz yuzasining katta qismi (70,8%) suv bilan qoplangan, quruq-lik esa 29,2% ni tashkil etadi. Dunyo okeani o‘zaro bog‘langan turtta: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy muz okeanlaridan iborat. Quruqlik oltita: Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Afrika, Yevrosiyo, Avstraliya va Antarktida qit’alaridan iborat. Okean bilan quruqlikning nisbati Shimoliy yarimsharda 61:39% bo‘lsa, Janubiy yarimsharda - 81:19% ga teng. Download 52.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling