2-mavzu. Yer to’G’risida umumiy tushunchalar. Reja: Yerning umumiy tavsifi. Yerning tashqi qobiqlari
-rasm. Atmosferaning vertikal kesmasi
Download 52.77 Kb. Pdf ko'rish
|
2 ma\'ruza
20-rasm. Atmosferaning vertikal kesmasi.
Gidrosfera. Bu qobiqning yuqori chegarasi ochiq holatdagi suv havzalarining sathi bilan belgilanadi. Quyi chegarasi esa unchalik aniq bo‘lmay, suvning gaz holatda bo‘lish chegarasidan (374°K) o‘tadi. Gidrosfera tarkibida turli tabiiy xususiyatni namoyon qiluvchi tabiiy suvlarning uchta turi mavjud. Bular okean va dengiz suvlari, quruqlik suvlari hamda muzliklardir. Oraliq holatni yerosti suvlari tashkil etadi. Gidrosferaning umumiy massasining 1370 mln.km 3 ini (86,5%) okean suvlari, 0,5 mln.km 3 ni quruqlik suvlari, 22 mln.km 3 ini quruqlikdagi muzlar, 196 mln.km 3 ni esa yerosti suvlari tashkil etadi. Atmosferaga nisbatan gidrosferadagi gorizontal tabaqalanish aniq chegaraga ega, ya’ni quruqlik suvlari asosan chuchuk, okean va dengiz suvlari esa sho‘r suvlar hisoblanadi. Okean suvlarining har litriga 35 g tuz to‘g‘ri keladi. Quruqlik va dengiz suvlari kimyoviy tarkibiga ko‘ra keskin farqlanadi: dengiz suvlarida Na + > Mg 2+ > Sa 2+ ; Sl - > SO 4 2- > NSO 3 - ; quruqlik suvlarida Mg 2+ < Na + < Sa 2+ ; S1 - < SO 4 2- < NSO 3 - . Ko‘rinib turibdiki, bu suvlarda asosiy ionlar teskari proporsional holatdadir. Yerning gidrosfera qobig‘idagi suvlar Quyosh nuri ta’sirida doimiy harakatda bo‘lib, uzluksiz aylanma harakat qiladi. Aylanma harakatdagi suvlarni quyidagi bo‘limlarga ajratish mumkin: atmosfera, okean va litosferadagi (kattiq qobiqdagi), biogen (tirik organizm tarkibidagi) va maishiy-xo‘jalik suvlari. Atmosfera kabi gidrosfera ham Yerdagi murakkab jarayonlarni harakatga keltiruvchi kuchlardan biri hisoblanadi. Biosfera - Yerning organik hayot rivojlangan qismini birlashtiruvchi qobiqdir. Biosfera gidrosferani to‘liq, litosferaning yuqori va atmosferaning quyi qismini qamrab oladi. Tirik organizmlarning (biosfera) yana bir asosiy xususiyati shundan iboratki, u har yili 3651011 t uglerodni va 15011 t suvni o‘zlashtirib, 266 mlrd. t erkin kislorod ajratib chiqaradi. Bunda Dunyo okeanidagi biomassa atmosferadagi erkin kislorodning asosiy generatori hisoblanadi. Download 52.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling