2-mavzu. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari Reja
Download 16.54 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- B.G. Ananev
- Empirik metodlar
- Asosiy adabiyotlar
- Qo’shimcha adabiyotlar 1. Mirziyoyev Sh.M. “Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug’, hayoti yorug’ va kelajagi farovon bo’ladi”
2-mavzu. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari Reja: Yosh davrlar psixologiyasi fanining tadqiqot metodlari Yosh va pedagogik psixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Yosh va pedagogik psixologiyadagi ilmiy maktablar. O’RTMT: Yosh davrlarini tabaqalanish nazariyalari Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya fani ham psixologiya ilmining boshqa sohalar singari o‘zining ilmiy – tadqiqot metodlariga ega. Rus psixologi B.G. Ananev bo‘yicha tadqiqot metodlari 4 guruhga bo‘linadi: I. Tashkiliy metodlar: taqqoslash, longityud va kompleks metodlari kiradi. Taqqoslash–umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, patopsixologiya va defektologiyada keng qo‘llaniladi. Yosh va pedagogik psixologiyada o‘rganilayotgan psixik jarayonlarning dinamikasini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Longityud – (uzluksiz) uzoq vaqt davomida ayni bir xil kishilar o‘rganiladi. Kompleks – psixologik tadqiqotlar boshqa fanlar metodlari ishtirokida o‘tkaziladi. (shaxsning jismoniy, fiziologik, psixik va ijtimoy taraqqiyoti aniqlanadi). II.Empirik metodlar: kuzatish va o‘z-o‘zini kuzatish; eksperimental psixodiagnostika metodlari (test, anketa, suhbat, sotsiometriya, intervyu); faoliyat natijalarini tahlil qilish; biografiya metodlari. III. Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlari: miqdoriy (statistika) va psixologik yoki sifatiy tahlil turlariga bo‘linadi. IV. Sharhlash metodlari: Genetik va “donalash” metodlari. Genetik metodda taraqqiyotdagi bosqich, pog‘onalar, inqiroz holatlari ajratib ko‘rsatiladi (vertikal aloqa). Donalash metodida esa shaxsning barcha xarakteristikalari o‘rtasidagi “gorizontal” aloqalar aniqlanadi. Psixik rivojlanish va bu o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan kuchlar o‘rtasidagi munosabat qonunlarini o‘rganish – yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining muhim va dolzarb muammolaridan biridir. Inson shaxsning psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqot jarayonidir. Zero, uning o‘ziga xos xususiyatlariva qonuniyatlarini asosli ilmiy bilish, o‘quvchi shaxsiga pedagogik jihatdan ta’sir ko‘rsatishning zarur shartidir. Inson – biosotsial mavjudotdir. Uning birligi, bir tomondan, kishining psixik, tug‘ma ravishda tashkil topgan xususityalar (masalan, ko‘rish yoki eshitish sezgilarning, shuningdek, oliy nerv tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari), ikkinchi tomondan esa faoliyatning ongli sub’ekt iva ijtimoiy taraqqiyotning faol ishtirokchisi sifatida uning xulq-atvor (masalan, ahloqiy odatlar) xususiyatlarida namoyon bo‘ladi. Xo‘sh odam psixikasi va hatti-harakatlarida namoyon bo‘ladigan bu xususiyatlarni nimalar sirasiga kiritish mumkin? Inson psixikasining tabiati biologikmi yoki inqilobiy xarakterga egami? Inson shaxsining tarkib topishi va psixik rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarning muammosi o‘z mohiyati jihatidan g‘oyaviy xarakterga ega. Shu bois bu masalani hal qilishda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan turli oqimlar, yo‘nalishlar maydonga kelgan. Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishda maydonga kelgan birinchi oqim biogenetik konsepsiya, nazariya bo‘lsa, ikkinchi oqim sotsiogenetik konsepsiyadir. Asosiy adabiyotlar 1. Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiya”. O„z.FMJ., 2008. 2. Davletshin M.G., Mavlonov M.M, To`ychieva S.M. “Yosh va pedagogik psixologiya” T. TDPU, 2009 . 3. Safayev N.S., Mirashirova N.A., Odilova N.G. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti”:– T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013. 4. Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar” markazining bosmaxonasi : 2009. Qo’shimcha adabiyotlar 1. Mirziyoyev Sh.M. “Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug’, hayoti yorug’ va kelajagi farovon bo’ladi” – Toshkent.; O’zbekiston nashriyoti. 2019 yil 2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz – Toshkent.; O’zbekiston nashriyoti. 2017 yil 3. David G.Myers. “ Psychology” Michigan USA: Worth Publishers.: 2011. Download 16.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling