2-mavzu yozuvning paydo bo'lish tarixi va uning taraqqiyot bosqichlari
Download 60.22 Kb.
|
yozuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Yozuvning paydo bo’lishi.
- Yozuv miloddan oldingi I - ming yilliklarda paydo bolgan.
- . Frazeografiya
- (aks-tasvir) mukammal bolmadi
Tayanch iboralar: Nutq va yozuvning paydo bo’lishi,tosh qalam, mixxat, qayroqtosh, oyna,taroq, qabila,Ftazeografiya, tamg’a, dog’,Neolit davri, piktus-tasvir,grafos-yozaman,aks-tasvir, qadimgi shartli alomatlar, sopol idish, qurol aslaha, qullar badani,Fonografiya, piktografiya, logografiya,sillabografiya, iyerogliflar,muqaddas yozuv, vokal va konsonant,Alfavit, alif va bo.
1. Yozuvning paydo bo’lishi. Jamiyat,inson o'zining uzoq yillik tarixi davomida kitob (yozuv)dan yaxshiroq do'st va mehribon uztozni uchratmadi. U insonga kamolot yo’lini ko'rsatdi va hamma vaqt og'irini yengil qilib keldi. Lekin shuni ham unutmaslik lozimki, agar yozuv bo'lmaganida inson kitobday bebaho do'stga ega bo'1magan bo'lur edi. Yozuv qachon paydo bo'lgan? U qanday davrlarni boshidan kechirib, hozirgi mavqega erishgan? Bu savollarga javob topish uchun insoniyat tarixiga nazar tashlash, uning aqliy yuksalish bosqichlarini birma-bir ko'zdan kechirmoq lozim.Inson avval gapirishni o'rgandi, so'ngra unga o'z tajribalarini kelgusi avlodlarga yetkazish istagi shakllandi va u qo'liga qalam (avval bu vazifani oddiy tosh bajargan) oldi. Yozuv kishilarning o'zaro aloqa qilishida, fikr almashishida muhim vositadir. Yozuvning paydo bo'lishi, aloqaninq maxsus vositasi sifatida xizmat qilishi katta ahamlyatga ega bo'ldi. Yozuv tufayli kishilik tajribasi avloddan-avlodga yetkaziImoqda. Faqat yozuv borligi uchungina biz tilning tarixiy taraqqiyotini kuzatish imkoniyatiga ega bo'lamiz, oldingi avlodlarimiz tilini o'rganib, uni hozirgi til bilan qiyoslaymiz. Yozuv miloddan oldingi I - ming yilliklarda paydo bo'lgan. Lekin shunga qaramay ba`zi tillarning yozuvi hozirgacha yo'q. Masalan, Amerika qit`asidagi mahalliy aholining ayrimlari o'z yozuviga ega emas. Yozuvni o'rganishning boshlang'ich davrlarida xotirada saqlab qolish vositasi sifatida tabiat predmetlaridan foydalanilgan. Masalan, slavyan qabilalarida mehmonni non va tuz bilan kutib olish do'stlik va hurmat belgisi hisoblangan. Shunday holatni o'zimizning afsonalarimizda ham uchratish mumkin. Masalan, ba`zi afsonalarda asosiy qahramon yovuz kuchlar ta`qibiga uchrab qochadi va ulardan qutulish uchun turli xil predmetlardan foydalanadi. Masalan, qayroqtosh, oyna va taroq. Agar asar qahramoni orqasiga oynani tashlasa katta dengiz paydo bo'ladi, agar taroqni tashlasa kishi o'tmas o'rmon hosil bo'ladi, agar toshni tashlasa baland cho'qqili tog' paydo bo'ladi, yovuz kuchlar bu to'siqlardan o'tolmaydilar. Neolit davriga kelib odamlar ba`zi hodisa va voqealarni uzoq masofaga yetkazish niyatini jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish orqali amalga oshirganlar. Bunday yozuv frazeografiya deb nom olgan. Frazeografiya degani - fraza gap, grafiya - yozaman, ya`ni gap yozaman ma`nosini bildiradi. Frazeografiya yozuvi ikki turga bo'linadi: a) aks (tasvir) yozuvi; b) qadimgi shartli alomatlar. Aks (tasvir) yozuvini piktografiya (piktus - tasvir, grafiya - yozaman) deb ataganlar. Yozuvning bu turi (aks-tasvir) mukammal bo'lmadi, birinchidan, rasmlar orasidagi munosabatlarni, ularning tartibini ko'rsata olmaydi va bu bir maktubni bir necha xil o'qishga, talqin qilishga olib keladi, ikkinchidan, bu yozuvda mavhum tushunchalarni aks ettirish imkoni yo'q edi. Download 60.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling