2-mavzu yozuvning paydo bo'lish tarixi va uning taraqqiyot bosqichlari


Download 60.22 Kb.
bet1/5
Sana13.09.2023
Hajmi60.22 Kb.
#1676817
  1   2   3   4   5
Bog'liq
yozuv


2-MAVZU

Yozuvning paydo bo'lish tarixi va uning taraqqiyot bosqichlari

(ma’ruza 4-soat)
1.1. Ma’ruzani olib borish texnologiyasi

O’quv soati 2-soat

Talabalar soni: 60

O’quv mashg’ulot shakli

Axborotli ma’ruza


Ma’ruza rejasi



1. Yozuvning paydo bo’lishi.
2. Til va yozuvning o’zaro munosabati.
3. Fonografik yozuv.

Mashg’ulotning maqsadi: Yozuvning paydo bo'lish tarixi va ilk yozuv shakllari, yozuvning taraqqiy etishi haqida ma’lumot berish.



Pedagogik vazifalar:

O’quv faoliyati natijalari

Yozuvning paydo bo’lishi haqida umumiy ma’lumot

Yozuvning paydo bo’lishi,uning shakllanishi,nomlanishi aytib beradilar.

Til va yozuvning o’zaro munosabati. Tilning yozuvdagi shartli va sun`iy aksi.Yozuvning xizmat doirasi chegaralanganligi haqida ma’lumot



Yozuv orqali ish ko'rilganda vaqtdan yutqazilishi,tegishli sharoit bo'lmaganda o'zining ahamiyatini yo'qotishi,yozuvning tilga nisbatan kam o'zgarishi, ikkinchi tomondan ijtimoiy-siyosiy, jamiyat talabiga muvofiq butunlay o'zgarishini aytib beradilar.



Jamiyat taraqqiyotida frazeografiya yozuvining mukammallashib borishi natijasida keyingi bosqich yozuv turlarinig paydo bo’lishi haqida ma’lumot

Logografiya har bir alomat (logogrammalar) bir so'zni bildirishi, Piktografik yozuvda so'z tartibi va so'z shakllari noaniqligi, "Iyeroglifik” so'zi yunoncha so'zdan olingan bo'lib, "muqaddas yozuv" degan ma`noni anglatshi,yozuv tarixining uchinchi bosqichiga orfemografiya yozuvlari kirishi,bora-bora logogrammalar so'z asosi (morfemalar) ni bildiradigan bo'lib morfemografiya yozuvlari keng tarqalganligi haqida gapiradilar.

Yozuv taraqqiyotining beshinchi bosqichiga ovoz-fonemani bildiruvchi fonografiya (fonos-ovoz», grafiya- yozaman) yozuvi haqida ma’lumot

Fonografiya yozuvlarining ikki qismga konsonant va vokal yozuvlari:
Konsonant yozuvlarda har bir asosiy alomat faqat undosh ovozlarni ifodalashi. Vokal yozuvlarida har bir asosiy alomat unli va undosh ovozni bildirishi haqida izoh beradilar.

Fonografik yozuvi alfavitni vujudga keltirgani, Shundan kelib chiqib, tarixiy qabul qilingan tartibda berilgan harflar yig'indisiga alfavit deb nom berrilgani haqida ma’lumot



Alfavit aslida alifbo so’zidan ya`ni alif va bo arab tilidagi harflaridan olingani. Alfavit miloddan avvalgi 2000-yil oxirlarida qadimgi Ugarit va finikiy yozuvi tovush tizimidan kelib chiqqanligi, ilgari Misr yozuvlari sanoq tizimi mavjud bo'lgan deb taxmin qilingani, Turkiy xalqlarning run va turkiy yozuvlari bo'lganligi haqida aytib beradilar.

O’qitish vositalari

UUM,ma’ruza matni,doska,,bo’r,latta

O’qitish usullari

Axborotli ma’ruza,blits-so’rov,aqliy hujum.

O’qitish shakllari

Frontal,jamoa ishi

O’qitish sharoiti

Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya.

Monitoring va baholash

O’g’zaki sovollar,blits so’rov.

Husnixat va uni o’qitish metodikasi ” fani “Yozuvning paydo bo'lish tarixi va uning taraqqiyot bosqichlari” mavzusi bo’yicha 2-muammoli ma’ruzaning texnologik xaritasi



Ish bosqich-
lari va vaqti

Faoliyat mazmuni

Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchi

I bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish (10 daqiqa).
Reja:

1.1.Yozuvning paydo bo’lishi,uning kelib chiqish va taraqqiyoti,yozuvga paydo bo’lgan ehtiyoj haqida. Maqsad: Mavzu haqida talabalarga ma’lumot berish, ularning shu mavzuga oid bilim malakasini oshirish, yozuvning paydo bo’lish tarixini o’rganish.
Mashg’ulot muammoli ma’ruza ekanligi haqida ma’lumot berish.

Talabalar tinglaydilar va yozib oladilar

II bosqich.
Asosiy (60 daqiqa)

2.1.Talabalar bilimini aqliy hujum orqali faollashtiradi.
Bilimlarni faollashtirish jarayonida o’quv muammosini yechish bo’yicha izlanuvchanlik faoliyatida faol ishtirok etishlari uchun talabalar bilimi quyidagi savollar orqali aniqlanadi:
1.Ilk yozuv qanday nomlangan va vazifasi nimadan iborat edi?
2.Yozuvdan qanday maqsadlarda foydalanishgan, uning vazifasi, tekshirish ob’ekti nimalardan iborat?
3. Yozuv tarixi qachon va qanday nomlar bilan atalib kelgan?
5.Frazeografiya yozuvi turlari necha xil va ularning qay biri faol yozuv hisoblangan?
2.2. Faollashtirilgan bilimlar asosida talabalarning mashg’ulotda yechiladigan muammoga e’tibor qaratishini boshqaradi. Taqdimot yuklaydi, muammoni yechishning eng maqbul tuzilmaviy- mantiqiy chizmasini daftarga ko’chirib olishini aytadi va yakuniy xulosa qiladi.

Savollarga javob beradilar

Muammoni yechish bo’yicha o’z fikrlarini bildiradilar


Savollarda aks etgan har bir mayda muamoni yechish bo’yicha mini guruhlar vakillari mustaqil fikrlar bildiradilar, munozara qiladilar, xulosa chiqaradilar.

III bosqich.
Yakuniy (10 daqiqa)

3.1. Mavzu bo’yicha yakun qiladi, qilingan ishlar kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga talabalar e’tiborini qaratadi.
3.2.Mustaqil ish uchun quyidagicha topshiriq beradi: Tavsiya etilgan ilmiy adabiyotlarda mazkur muammoga doir bildirilgan fikrlar bilan yaqindan tanishish

Tinglaydilar

Topshiriqni yozib oladilar va bajaradilar




Download 60.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling