2-mavzu yozuvning paydo bo'lish tarixi va uning taraqqiyot bosqichlari


Download 120.5 Kb.
bet5/5
Sana19.01.2023
Hajmi120.5 Kb.
#1101979
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yozuvning paydo bo\'lish tarixi va uning taraqqiyot bosqichlari

4. Fonografik (ovoz-tovush)yozuv.
Yozuv taraqqiyotining beshinchi bosqichiga ovoz-fonemani bildiruvchi yozuvlar kiradi. Bularni umumlashtirib fonografiya (fonos-ovoz», grafiya- yozaman) deb nomladilar. Bu yozuvlarning har bir alomati bir ovoz yoki fonemani bildiradi (finik, yunon, lotin, rus va arab yozuvlari shular jumlasidandir).
Fonografiya yozuvlarini ikki qismga bo'ladilar:
a) konsonant yozuvlari;
b) vokal yozuvlari.
Konsonant yozuvlariga finik, ugarit, ibron, orom, arab va boshqa yozuvlar mansub bo'lib, ularda har bir asosiy alomat (harf) faqat undosh ovozlarni ifodalaydi. Vokal yozuvlarida har bir asosiy alomat (harf) unli va undosh ovozni bildiradi.
Hozirgi vaqtda jahon aholisining taxminan to'rtdan uch qismi harf-tovush yozuvidan foydalanadi. Lotin yozuvi asosida aholining 30 %, slavyan-kirill yozuvidan 10%, arab yozuvidan 10%, hind yozuvidan 20% aholi, foydalanadi.
Markaziy Osiyoda yashagan xalqlar eng qadimdan boshlab o'z yozuv madaniyatiga ega bo'lgan. Ular harf-tovush yozuvining eng qadimgi shakllari bo'lmish so'g'd va xorazmiy yozuvlaridan foydalanganlar. Bu yozuvlar esa oromiy alifbosi asosida yuzaga kelgan.
Yuqorida ta`kidlaganimizdek harf - tovush (fonografik) yozuvi alfavitni vujudga keltirdi. Shundan kelib chiqib, tarixiy qabul qilingan tartibda berilgan harflar yig'indisiga alfavit deb nom berganlar.
Yozuv tarixiga nazar tashlasak ko'ramizki, alfavit yaratish uchun juda ko'p xalqlar ayniqsa, O'rta dengiz sharqi atrofida umrguzaronlik qilgan xalqlar ko’p izlanganlar. Shu soha tadqiqotchilarining ta`kidlashlaricha-harf-tovush yozuvining kelib chiqishi Misr, Gretsiya va Finikiyaning uzoq o'tmishiga borib taqaladi. Hozircha harf-tovush yozuvining kashfiyotchilari bizga ma'lum emas. Ammo ular mashhur fransuz olimi A.Meyening so'zi bilan aytganda "buyuk lingvistlar" bo'lganlar.
Alfavit.Alfavit aslida alifbo so’zidan ya`ni alif va bo (arab tilidagi) harflaridan olingan. Al’favit - biror tilning yozuvga qabul qilingan va ma`lum an`anaviy tartib berilgan yozuv belgilari majmui. Alfavit miloddan avvalgi 2000-yil oxirlarida qadimgi Ugarit va finikiy yozuvi tovush tizimidan kelib chiqqan. Undan ilgari Misr yozuvlari sanoq tizimi mavjud bo'lgan deb taxmin qilinadi. Turkiy xalqlarning run va turkiy yozuvlari bo'lgan.
Ammo, bu o'ziga xos turkiy yozuvlar alfaviti haqida ma'lumot uchramaydi. Hozirgi harfiy va bo'g'in alfaviti finikiy, oromiy, yunon alfavitidan kelib chiqqan.

Download 120.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling