Colorful Doubles Multiplication Facts


Download 14.72 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.10.2023
Hajmi14.72 Kb.
#1728348
Bog'liq
301-guruh talabalari Hamroyeva Nilufar Ahmedova Nozima



Mavzu:Yangi bilim berish darsi bo
ʻyicha dars
ishlanmasi tayyorlash
Tayyorladi:Hamroyeva Nilufar
Ahmedova Nozima


Qator undoshlar
talaffuzi va imlosi


Qator undosh va qator unlilar
Qator undosh. Faqat bir bo‘g‘in tarkibida yonma-yon
kelgan undosh: afv, daraxt, fikr, go‘sht, Samarqand va h.k.
Qator unli. So‘z tarkibida yonma-yon kelgan har xil unli
tovush. Bunday so‘zlar boshqa tillardan kirib kelgan: soat,
muallim va h.k. 


Qator undoshlar deb-bir bo‘g‘inida
yonma-yon ikki xil undosh kelgan
so‘zlar qator undoshli so‘zlardir.


Qator undosh bilan tugagan ba’zi so‘zlar
talaffuzida oxirgi undosh deyarli
aytilmasa-da, yoziladi: go‘sht, do‘st,
xursand, barg, monand…


222-mashq. So‘zlarni ko‘chiring. Tarkibida
ikki xil undosh yonma-yon kelgan so‘zlarning
tagiga chizing. Ular ishtirokida gaplar tuzing.


Himmat, pand-nasihat, maslahat, baxt, do‘stlik,
g‘isht, tabassum, farzand, foyda, qirq,
to‘xtamoq, o‘rtoq, transport, ilhom, ko‘rk,
mashina, stul, ulkan, aql, daraxt.


223-mashq
Mehr, sabr, sayr, ilm so‘zlari talaffuzi
va yozilishini tahlil qiling. Shunday so‘zlar
qatorini kengaytiring.


So‘z boshida qator undoshning kelishi
faqat o‘zlashma (boshqa tildan
kirgan) so‘zlarga tegishli: stol, broker,
bloger…


224-mashq. Matndan qo‘sh va
qator undoshli so‘zlarni topib,
tagiga chizing.


 Bir kuni oramizga yangi mehmon – Halima degan qizcha qo‘shildi.
Uning qishlog‘imizga kelganini hammadan avval men bildim.
Kechqurun oyim dadam bilan dardlashib o‘tirib, aytib qo‘ydi.
Hakim brigadir bultur urushdan kelgan. Qizi Halimani shahardan olib
kelibdi. Qizchasi chaqqongina, zukko ekan. Men Halima bilan tezda
do‘st bo‘lib oldim.
(O‘.Hoshimov)


225-mashq. Maqollarni ko‘chiring. Qo‘sh
va qator undoshli so‘zlarning tagiga
chizing.


1. Ayrilmagin elingdan, Quvvat ketar belingdan.
2. Bulbul chamanni sevar, Odam – Vatanni.
3. Vataning tinch – sen tinch.
4. Vatanga falokat – o‘zingga halokat.
5. Yordan ayrilgan yetti yil yig‘lar, Yurtdan ayrilgan
o‘lguncha yig‘lar.


226-mashq. Uyga vazifa. Quyidagi so‘zlar
orasidan qo‘sh va qator undoshli so‘zlarni
ajratib, daftaringizga ko‘chiring.


Qishloq, barglarini, tashlaydi, qayrag‘och,
kambar, quvvati, pirillayotgan, issiqda,
o‘ynaydi, mitti, girdob, chang, qasdlashib.


Etiborongiz uchun
rahmat

Download 14.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling