2-mavzu: zamonaviy kompyuterlarda xotira ierarxiyasi. Reja


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana18.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1599447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1.
 
Umumiy xotirali arxitektura-hisoblash tizimining xotirasi umumiy resurs 
sifatida qaraladigan arxitektura.
Umumiy xotirali arxitektura-birgalikda qo’llaniladigan yoki ajratilgan 
xotira ham deb ataladi va har bir protsessor manzillar oralig’iga murojaat qilish 
huquqiga ega. 
Har qanday protsessorning xotiraga murojaat qilishi bir xil bo’lgan va bir xil 
vaqtni egallaydigan umumiy xotirali hisoblash tizimlari xotiraga bir xil usulda 
murojaat qiladigan UMA(Uniform Memory Access) tizimlar deyiladi. 
UMA(Uniform Memory Access) 
NUMA(Non-Uniform Memory Access) deb ataluvchi xotiraga bevosita 
murojaat qilishdir.
Bunda manzil oralig’i yagona bo’lib, har bir protsessor esa lokal xotiraga egadir. 
M
P1
P2
P3
P4


NUMA (Non-Uniform Memori Access) 
Multiprotsessorlar 
Barcha protsessorlar birgalikda umumiy fizik xotiradan foydalanilishi 
asosida ishlovchi parallel kompyuter multiprotsessor yoki umumiy xotirali 
tizim deb ataladi. 
Gibrid arxitekturaning asosiy afzalligi xotiraga bir jinsli bo’lmagan 
murojaat (NUMA - nonuniform memory access). 
Gibrid arxitektura SMP va MPP arixitekturalarning afzalliklarini o’zida 
mujassamlashtirgan. Bu arxitekturaning moxiyati shuki xotira fizik jixatdan tizim 
qismlari o’rtisida taqsimlangan bo’lib mantiqiy jixatdan umumiy hisoblanadi. 
Shuning uchun foydalanuvchi yagona adreslar fazosiga ega bo’ladi. Tizim bir 
jinsli bazaviy modullar (platalar) asosida qurilgan. Har bir modul bir nechta 
prosessor va xotira blokidan tashkil topgan. Modullar yuqori tezlikka ega bo’lgan 
kommutator orqali bog’langan. Boshqa modullarning xotirasiga murojaat 
qurilmaviy jihatdan tashkil qilingan. Bu holda lokal xotiraga murojaat uzoqdagi 
xotiraga nisbatan bir necha barobat tez amalga oshiriladi. Moxiyatiga ko’ra 
M
P1
P2
P3
P4


NUMA arxitekturasi MPP arxitekturasi hisoblanib alohida hisoblash elementlari 
sifatida SMP tugunlardan foydalaniladi.
Bitta SMP tugun ichida ma’lumotlar almashish va xotiraga murojaat 
tugunning lokal xotirasi orqali juda tez amalga oshiriladi. Boshqa SMP tugun 
prosessoriga murojaat nisbatan sekin amalga oshiriladi. 
Gibrid arxitekturaning strukturaviy sxemasi 
Birinchi marta gibrid arxitektura g’oyasini Stiv Vollox taklif etgan. HP 
firmasi bu g’oyani sotib olgan va o’zining SPP seriyali superkompyuterlarida 
qo’llagan. Seymur Krey (Seymour R.Cray) bu g’oyaga yangi element – kogerent 
keshni qo’shib cc-NUMA arxitekturasini yaratgan (Cache Coherent Non-
Uniform Memory Access – keshlar kogerentligi ta’minlangan xotiraga bir jinsli 
bo’lmagan murojaat). Origin tizimlari shunday arxitektura asosida qurilgan. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling