2-mavzu: zamonaviy kompyuterlarda xotira ierarxiyasi. Reja


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana18.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1599447
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Flinn klassifikatsiyasi. 1966-yilda M.Flin tomonidan asosida protsessorda 
ishlov beriluvchi oqim yoki elementlar ketma-ketligi(buyruqlar va ma’lumotlar) 
tushunchasi bo’lgan EHM va hisoblash tizimlari arxitekturalarining 
klassifikatsiyasi taklif qilingan. 
Oqim – protsessorda bajariladigan yoki qayta ishlanadigan elementlar 
(buyruqlar yoki ma’lumotlar)ning ketma-ketligidir. 
Komyuter sistemalarini to’rtta asosiy kategoriyaga ajratish mumkin. Bu 
uchun qanday ishlashi haqidagi ko’rsatmani birmuncha almashtiramiz. Markaziy 
protssessor nuqtai nazaridandastur rasshifrovka qilish va bajarish kerak bo’lgan 
qoidalar oqimidir. Ma’lumotlarni ham oqim ko’rinishida kiruvchi deb hisoblash 
mumkin. Biz tahlil qiladigan to’rtta kategoriya ma’lumot va qoidalarning bitta 
oqimga kirish-kirmasligi bilan aniqlanadi.
2. SISD (Single Instruction, Single Data)  
 
Bitta qoida / bitta ma’lumotlar oqimi (SISD) modeli o’zida bitta 
protssesorli klassik modelni ko’rsatadi. Unga eski avlod kompyuterlari bilan bir 
qatorda ko’pgina zamonaviy kompyuterlar ham misol bo’ladi. Bunday 
kompyuter protsessori har qanday vaqt momentida faqatgina bitta qoidani 
bajarishga qodir va faqat bitta ma’lumotlar to’plami bilan ishlay oladi. Bu kabi 
ketma-ket sistemalarda boshqa kategoriyalardan farqli ravishda hech qanday 
parallellik yo’q.
Bu sinf klassik ketma-ket mashinalarni (Fon Neyman turidagi 
kompyuterlarni) o’z ichiga oladi
Bu boshqaruv bloki, protsessor va xotira blokini o'z ichiga olgan yagona 
kompyuterning tashkil etilishini anglatadi. 
Bunday mashinalarda faqat bitta buyruqlar oqimi mavjud bo’ladi, barcha 
buyruqlar ketma-ketlikda qayta ishlanadi va har bir buyruq bitta ma’lumot oqimi 
bilan bitta operatsiyani ishga tushuradi.


Bunday holda Parallel ishlov berish uchun ko’p funksional birliklar yoki 
konveyerlarni (pipeline) qayta ishlash orqali erishish mumkin.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling