5-Mavzu: Fotoreproduktsion jarayon uskunalari


Download 108.97 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi108.97 Kb.
#1550714
Bog'liq
маьруза 1.5 (1)

5-Mavzu: Fotoreproduktsion jarayon uskunalari


Fotoreproduktsion apparatlar aslnusxaushlagich (reproduktsyalanadigan rasmni joylashtirish uchun), ob’ektiv, kamera mexi va fotografik materialni mahkamlash uchun qurilmaga ega xira shisha qutisidan tashkil topadi (6.3-rasm). Aslnusxa, ob’ektiv va fotoplyonka tekisliklari optik o‘qqa nisbatan perpendikulyar joylashgan. Asosiy elementlar optik o‘q bo‘ylab harakatlanishi mumkin, bu qayta ishlanadigan rasm masshtabini o‘zgartirishga imkon beradi.
Aslnusxaushlagich maxsus moslamalar bilan jihozlangan bo‘lib, aslnusxani aniq tekis holatda vertikal yoki gorizontal vaziyatda mahkamlashga imkon beradi. Odatda u jilvirlangan katta shisha plastina bo‘lib, unga ishchi bo‘lmagan tomondan rezina mato bosib turiladi. Rezina matova shisha plastina o‘rtasidagi fazodan havo so‘rib olinadi va ular bosim ta’siri ostida bir-biriga zich kontaktlashadi. Havoni so‘rib olishdan oldin plastina va rezina mato o‘rtasiga aslnusxa qo‘yiladi. Rezina qoplam chekkalarida zichlashish uning zichlashtiruvchichekkasi hisobiga amalga oshadi. Havo qatalmlarining hosil bo‘lishini bartaraf qilish uchun rezina qoplam yuzasi qovurg‘ali qilib tayyorlangan. Aslnusxaushlagichni zaryadlash uchun u gorizontal holatga o‘rnatiladi.
Ob’ektiv maxsus ushlagichda joylashgan. Yorug‘lik o‘kazmaydigan mexlar begona yorug‘lik kirishini bartaraf qiladi.
Fotoplyonka vakuum yordamida mutloq tekis holatda rasm tekisligida ushlab turiladi. Bunda yorug‘likka sezgir qatlam har doim ob’ektivga qaratilgan bo‘ladi.
Aslnusxa tekisligi yorug‘lik manbai bilan bir tekis yoritiladi. Kunduzgiga yaqin bo‘lgan oq yorug‘likdan foydalaniladi (masalan, yuqori bosimli ksenon lampa), chunki rasmlarni ranglarga ajratish maqsadida rangli aslnusxalar ham qayta ishlanadi. Ekspozitsiya diafragma va zatvorni ochish vaqti bilan beriladi, shu orqali fotoplyonkaga tasvir yozishning optimal jarayoni ta’minlanadi. Fotoplyonkaning xossalari aniq bo‘lishiga va ekspozimetrlardan foydalanishga qaramasdan, ekspozitsiya qiymatini aniq topish uchun sinov tariqasida kulrang test shkalasi eksponirlanadi [5].
Fotoreproduktsion apparatlarning konstruksiyasi. Fotoreproduktsion apparatlar optik o‘qning joylashuviga muvofiq gorizontal, vertikal va ixcham bo‘lishi mumkin (6.4-rasm).
Yoritgichlar Harakatlanadi Harakatlanadi

Plyonkaushlagich


Yorug’lik filtri

Aslnusxa
Ob’ektiv





Shaffof va noshaffof aslnusxalar uchun aslnusxaushlagich


Kamera mexi
Fotoplyonka

Yo’naltiruvchi relsli asos

6.3-rasm. Fotoreproduktsion apparatning shakli


Gorizontal apparatlarda masshtabni belgilashning asosiy elementlari gorizon- talga perpendikulyar bo‘lgan tekislikda joylashtirilgan (6.3-rasm). Bu fotorepro- duksion apparatlar katta o‘lchamli ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan. Ularda fokus masofasi katta bo‘lgan ob’ektivlardan foydalanilib, u tufayli negativda aslnusxa aniq hosil qilinadi. Ushbu fotoreproduktsion apparatlar mustahkam, og‘ir korpusga ega bo‘lib, u maxus polda o‘rnatiladi (apparatning tebranishini bartaraf qilish uchun).


Ixcham apparatlar har doim vertikal optik o‘qqa ega bo‘lgan. Apparatning balandligi chegaralangan (xizmat ko‘rsatishni qulaylashtirish maqsadida), suratlar- ning talab qilinadigan masshtabi odatda 20 dan 300% gacha intervalda bo‘lganligi



tufayli ularda fokus masofasi katta bo‘lmagan keng formatli ob’ektivlardan foydala-niladi. Vertikal fotoreproduktsion apparatlar optik tizimga tekis ko‘zgu qo‘shilganligi tufayli fotoplyonka vertikal o‘rnatilganda aslnusxani gorizontal holatda o‘rnatishga imkon beradi [5].
Konstruksiyasiga bog‘liq holda bir va ikki xonali fotoreproduktsion apparatlar farqlanadi. Ikki xonali apparatlarda aslnusxaushlagich yorug‘ xonada joylashti- riladi, eksponirlanadigan material esa qog‘ong‘u xonada joylashtiriladi. Bir xonali fotoreproduktsion apparatlar ikki xil variantda tayyorlanishi mumkin: fotoplyonka uchun yorug‘lik o‘tkazmaydigan ko‘chma kassetaga ega yorug‘ xonalarga mo‘ljallangan apparatlar va qog‘ozg‘u xonalarga mo‘ljallangan apparatlar.
Kontaktli nusxa ko‘chirish ramalari. Kontaktli nusxa ko‘chirish ramalari (6.5- rasm) shaffof asosda tayyorlangan rasm va eksponirlanmagan fotoplyonkadan nusxa ko‘chirish uchun mo‘ljallangan. Bu usul bilan quyidagilarni tayyorlash mumkin:

  • aslnusxaning nusxalari;

  • kontaktli rastrdan foydalanib ko‘p tusli rasmlardan rastrlangan fotoqolip tayyorlash;

  • yorug‘lik filtrlari to‘plami va shaffof asosli rangli aslnusxalar mavjud bo‘lganda ranglarga ajratilgan rasm tayyorlash;

  • negativ-pozitiv o‘zgartirish.

Yorug’ xona Qorong’u xona

        1. b v

6.4-rasm. Fotoreproduktsion apparatlarning konstruktiv xilma-xilligi: a - ixcham fotoreproduktsion apparat (nur yo‘nalishi vertikal); b - ixcham fotoreproduktsion apparat


(Reprotechnische Systeme RTS); v - vertikal fotoreproduktsion apparat
Nusxalar faqatgina 1:1 masshtabda tayyorlanadi. Kontaktli nusxa ko‘chirish ramalari optik fokuslash tizimiga ega emas. Yo‘naltirilgan yorug‘lik nuqtali yoritgichdan taraladi. Alohida holatlarda (masalan, eksponirlashda montaj konturlarini ketkazish yoki nokeskin niqoblarni tayyorlashda) talab qilinadigan yoyilgan yorug‘lik qo‘shimchao‘rnatilgan yoyilgan yorug‘lik lampalari yordamida hosil qilinadi. Nusxa ko‘chiriladigan shaffof asosli aslnusxa kontaktli nusxa ko‘chirish ramasining gorizontal shisha plastinasiga emulsiya qatlami tepaga qilib joylashti-riladi. Nuqtali yorug‘lik manbai shishadan pastda joylashgan. Ular orasiga yorug‘lik filtrlariga ega revolverli boshcha joylashtiriladi, u yordamida nurlarning yo‘nalishi yo‘lida talab qilinadigan yorug‘lik filtri o‘rnatiladi. Yoritilmagan fotoplyonka yorug‘likka sezgir qatlami pastga qilinib shaffof aslnusxaga qo‘yiladi. Oxirida ustiga chekkalari bo‘ylab siqish kantlari bilan jihozlangan rezina mato qo‘yiladi. Vakuumli nasos yordamida shisha plastina va rezina mato orasidagi fazodan havo so‘rib olinadi, atmosfera bosimi plyonka va rezina matoni shishaga bosadi. Eksponirlashda aslnusxa va fotoplyonka o‘rtasida zich kontaktni ta’minlash yuqori sifatli nusxa olishning zaruriy sharti hisoblanadi.

6.5-rasm. Kontaktli nusxa ko‘chirish ramasi: a - shakli; b - qurilma namunasi (Sack) 1-korpus; 2-shisha plastina; 3-rezina matoli qopqoq; 4-yorug’lik filtri
va ob’ektivga ega nuqtali yorug’lik manbai


Nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish avtomatlari. Nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish avtomatlari bir yoki bir nechta turli aslnusxalarni yorug‘likka sezgir materialning (qolip plastinasi, fotoplyonka va h.k.) oldindan belgilangan joylariga nusxa ko‘chirish imkonini beradi. Eksponirlash boshchasini harakatlantirish dasturi
montaj varag‘iga muvofiq beriladi, bunda fotoqoliplarning holati, o‘lchami va joylashtirilishi ketma-ketligi alohida kiritiladi.
Fotoqoliplar uskunaga taxlam qilib tartib bilan joylashtiriladi. Nusxa ko‘chirish faqat 1:1 masshtabda bajariladi. Barcha ish dasturga muvofiq avtomatik amalga oshiriladi. Yoritilishi kerak bo‘lmagan joylar avtomatik ravishda niqoblar (masalan, yorug‘lik o‘tkazmaydigan plyonkalar) bilan berkitiladi [5].
Nazorat savollari:

  1. Fotomexanik jarayon deganda nima tushuniladi va asosiy uskuna qaysi?

  2. Fotoreproduktsion apparatlar qanday sinflanadi?

  3. Optik zichlik deganda nimani tushunasiz?

  4. Kontaktli nusxa ko‘chirish ramalari nima vazifani bajaradi?

Download 108.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling