2-mavzular: arxeologik tadqiqot turlari va zamonaviy usullari


Download 80.02 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi80.02 Kb.
#1542326
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu

Suv osti arxeologiyasi – yerning geografik, geologik, iqlimiy o‘zgarishlar natijasida suv tubida qolib ketgan turar joy qoldiqlari (Qora dengiz, O‘rta yer dengizi) va suvga g‘arq bo‘lgan kemalar qoldiqlarini o‘zining ish uslubi orqali tadqid etadi. Suv osti arxeologiyasi nihoyatda og‘ir tadqiqot turi hisoblanib, uning ish uslubi suv tubiga shung‘igan holda qazuv va tozalash ishlarini olib boradi.

Arxeologiyada tadqiqotlar metodlar, ashyolari, geografik joylashuv va xronologiyasi hususiyatlariga qarab bir necha an’anaviy fan tartiblariga bo‘linadi. Bular:

  1. Sivilizatsion arxeologiya – Ossurshunoslik (Mesopotamiya), Klassik arxeologiya (Yunoniston va Rim), Etruskshunoslik (Etruriya), Misrshunoslik (Misr) va h. k.

  2. Tarixiy arxeologiya – Tarixiy arxeologiya (historical archaeology) – yozuv sistemasi paydo bo‘lgandan keyingi davr arxeologiyasi, Yozuvgacha bo‘lgan arxeologiya (prehistoric archaeology) – yozuv sistemasi paydo bo‘lgungacha bo‘lgan arxeologiya, Prototarixiy arxeologiya (protohistoric archaeology) – yozma manbalar cheklangan hududar arxeologiyasi. Masalan Alyaska, Shimoliy Kaliforniya va h.k. hududlar.

  3. Xronologiyaga asoslangan arxeologiya – Sanoat arxeologiyasi – sanoat revolyusiyasi davri arxeologiyasi, Yaqin Sharq arxeologiyasi (ayrim adabiyotlarda O‘rta Sharq arxeologiyasi, Bibliya arxeologiyasi deb yuritiladi) yahudiy va xristian dini haqidagi arxeologiya, O‘rta asrlar arxeologiyasi – 4 asrdan – 16 asrgacha bo‘lgan davrlarni qamrab oladi. So‘ngi o‘rta asrlar arxeologiyasi – 16 asrdan 20 asrlarni qamrab olgan arxeologiya, Zamonaviy arxeologiya – 21 asr arxeologiyasi1.

  4. Boshqa turdagi arxeologiya fanlari sohalari.

  • Fazoviy arxeologiya – arxeologik yodgorliklarni fazodan turib tadqiq etish turi.

  • Arxeologik buyumshunosligi — arxeologiyaning har bir arxeologik davrga oid buyum va jihozlarni o‘rganadigan sohasi. Har bir buyumning o‘ziga xos kelib chiqish va taraqqiyot tarixi bor. Hozirgi kunda ishlatilib turgan buyumlar (pichoq, kozon, piyola, kosa) ibtidoiy zamonlardan boshlab necha bosqichlarni o‘tib, so‘nggi holatida bizga yetib kelgan. Har bir tarixiy davr va bosqichning buyumlar majmuasi arxeologiya fanida oydinlashadi. Shuning uchun har bir davrning buyum va jihozlarini o‘rganishda Arxeologik 6uyumshunosligining ahamiyati katta.
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling