2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin


Download 28.38 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi28.38 Kb.
#1573180
Bog'liq
502 17.11.1999




[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamg‘armalar;

2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]

[TSZ:

1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XAYRIYA HAMDA BOShQA JAMG‘ARMALAR VA JAMIYATLARGA, ShUNINGDEK ULAR TOMONIDAN TAShKIL QILINGAN KORXONALAR VA BOShQA Shu’BA TUZILMALARIGA SOLIQLAR, YIG‘IMLAR HAMDA BOJXONA TO‘LOVLARI BO‘YIChA BERILGAN IMTIYOZLARNING QO‘LLANISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetiga soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berishni tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 26-iyuldagi PF-2343-son Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xayriya hamda boshqa jamg‘armalar va jamiyatlarga, shuningdek ular tomonidan tashkil qilingan korxonalar va boshqa shu’ba tuzilmalariga soliqlar, yig‘imlar hamda bojxona to‘lovlari bo‘yicha berilgan imtiyozlarning qo‘llanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 17-noyabr,
502-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
17-noyabrdagi 502-son qaroriga
ILOVA
[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i / 07.10.01.05 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar / 07.90.00.00 Umumdavlat soliqlari;

2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 Qo‘shimcha qiymat solig‘i / 07.10.03.02 Qo‘shimcha qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar / 07.90.00.00 Umumdavlat soliqlari;

3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.05.00 Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus to‘lovlar / 07.10.05.03 Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha imtiyozlari / 07.90.00.00 Umumdavlat soliqlari;

4.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.06.00 Ekologiya solig‘i / 07.10.06.03 Ekologiya solig‘i bo‘yicha imtiyozlar / 07.90.00.00 Umumdavlat soliqlari;

5.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.07.00 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq / 07.10.07.03 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha imtiyozlar / 07.90.00.00 Umumdavlat soliqlari;

6.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.12 Soddalashtirilgan soliq tizimi bo‘yicha imtiyozlar / 07.90.00.00 Umumdavlat soliqlari;

7.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 Mahalliy soliqlar va yig‘imlar / 07.11.01.00 Mol-mulk solig‘i / 07.11.01.03 Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar;

8.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 Mahalliy soliqlar va yig‘imlar / 07.11.02.00 Er solig‘i / 07.11.02.03 Er solig‘i bo‘yicha imtiyozlar;

9.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 Mahalliy soliqlar va yig‘imlar / 07.11.03.00 Obodonlashtirish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish solig‘i;

10.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.07.00 Majburiy to‘lovlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar / 07.92.00.00 Majburiy to‘lovlar, ajratmalar va yig‘imlar]

Xayriya hamda boshqa jamg‘armalar va jamiyatlarga, shuningdek ular tomonidan tashkil qilingan korxonalar va boshqa shu’ba tuzilmalariga soliqlar, yig‘imlar hamda bojxona to‘lovlari bo‘yicha berilgan imtiyozlarning qo‘llanish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xayriya hamda boshqa jamg‘armalar va jamiyatlarga* (bundan keyin notijorat tashkilotlar deb ataladi), shuningdek ular tomonidan tashkil qilingan korxonalar va boshqa shu’ba tuzilmalariga nisbatan “Davlat budjetiga soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berishni tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 26-iyuldagi PF-2343-son Farmonini amalga oshirish mexanizmini belgilaydi.
* Qonun hujjatlariga muvofiq notijorat tashkilotlarga mansub bo‘lgan, faoliyatining asosiy maqsadi foyda olish bo‘lmagan tashkilotlar boshqa jamg‘armalar va jamiyatlar hisoblanadi.
2. Yuqorida qayd etilgan Farmonning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq, Bojxona kodekslarida va “Boj tarifi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan soliqlar, yig‘imlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarga qo‘shimcha belgilangan imtiyozlar notijorat tashkilotlarga, ular tomonidan tashkil qilingan korxonalarga hamda boshqa tuzilmalarga tatbiq etiladi.
LexUZ sharhi
2-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-son qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
3. Berilgan qo‘shimcha imtiyozlar doirasida:
3.1. Quyidagilardan bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtirishlari uchun yig‘imlar bundan mustasno) undirilmaydi:
a) o‘zining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun notijorat tashkilotlari, shuningdek ular tomonidan tashkil qilingan korxonalar va shu’ba tuzilmalari tomonidan olib kelinayotgan tovarlardan;
b) ustav vazifalari ijro etilishiga muvofiq muruvvat yordami maqsadida olib kelingan tovarlardan.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
3.2. Quyidagilardan soliqlar va yig‘imlar undirilmaydi:
a) quyidagi:
— ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tadbirkorlik faoliyatidan daromad olishni ko‘zlamaydigan ijtimoiy-xayriya maqsadlari va boshqa maqsadlar uchun tashkil etilgan notijorat tashkilotlardan;
Oldingi tahrirga qarang.
— mazkur tashkilotning xodimlari, muassislari yoki a’zolarining shaxsiy manfaatlariga qaratilmagan moliyaviy va boshqa mablag‘larni taqsimlovchi va investitsiyalovchi notijorat tashkilotlardan (qonunchilikda belgilangan mehnat uchun taqdirlashdan tashqari);
(3.2 bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
b) ustavda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun notijorat tashkilotlar tomonidan olingan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik badallari va boshqa ajratmalaridan.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Olib kelingan tovarlardan mazkur Nizomning 3.1-kichik bandida nazarda tutilmagan maqsadlarda foydalanilganda, yoxud keyinchalik tovarlar besh yil mobaynida haqi to‘langan holda sotilganda O‘zbekiston Respublikasiga olib kelishda bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilingan tovarlar qiymatidan amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilangan miqdorlarda penya qo‘shilgan va jazolar qo‘llanilgan holda, bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanada amalda bo‘lgan barcha bojxona to‘lovlari undiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 32-moddasida nazarda tutilgan hollarda Prezidentning alohida farmonlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan notijorat tashkilotlarning mulki bo‘lgan korxonalar uchun daromad (foyda)dan olinadigan soliq yuzasidan soliq solinadigan baza ushbu notijorat tashkilotlarning ustavda qayd etilgan faoliyatini amalga oshirishga yo‘naltiriladigan daromad (foyda)dan ajratmalar miqdoriga kamaytiriladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan imtiyoz faqat notijorat tashkilotlar mulki bo‘lgan, ya’ni ustav sarmoyasi 100 foiz miqdorda ushbu jamg‘armalar va jamiyatlar tomonidan shakllantirilgan korxonalarga va boshqa tuzilmalarga tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar notijorat tashkilotlar korxona va boshqa tuzilmalarning muassislaridan biri bo‘lgan taqdirda, ya’ni tashkil etilayotgan korxonaning ustav sarmoyasi notijorat tashkilotlar mablag‘lari hisobiga to‘liq shakllantirilmagan bo‘lsa, u holda bunday korxonalarga va boshqa tuzilmalarga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan imtiyoz tatbiq etilmaydi. Korxonalarning mazkur toifasiga, qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq soliq solinadi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6. Notijorat tashkilotlar hamda ular tomonidan tashkil etilgan korxonalar va boshqa tuzilmalar tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan taqdirda ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Soliq, Bojxona kodekslarida va “Boj tarifi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan soliqlar, yig‘imlar va bojxona to‘lovlari undirish tartibi tatbiq etiladi.
LexUZ sharhi
6-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-son qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.


(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 11-son, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 20-son, 187-modda; 2016-y., 25-son, 308-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)

Download 28.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling