2. Mehmonxona animatsiya dasturlari turlari. Mehmonxonalarda animatsiya xizmatlari


Download 56.4 Kb.
bet4/9
Sana17.06.2023
Hajmi56.4 Kb.
#1534838
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-MODUL

Shou nomi

Syujet

Notre-Dame de Puris

V. Gyugoning «Parij Bibi Maryam sobori» romani motivlari asosida teatrlashtirilgan sahna asari

Moulin Rouge

«Moulin Rouge» fransuz kabare asosida tomosha

Cats

Mushuk haqida misteriya, barcha mushuklarning yo‘lboshichisi qilib tanlangan va uning sevgi tarixi

Quin – Show

Voqea bizning kunlarda ro‘y beradi – bir guruh o‘smirlar, Fredi Merkuriy ixlosmandlari bo‘lajak tanlov uchun Quin musiqasi ostida repetitsiya qilishadi. Kutilmaganda ular Merkuriyning halokbo‘lganini eshitishadi

Greace

Yangi maktabga tushib qolgan amerikalik qiz voqeasi. Dastlab tushunmovchilik va to‘siqlarga uchragan qiz keyinchalik maktabdagi balda sinfdoshlaridan birida o‘z muhabbatini topadi.

Tile Ullenshpigel haqida

Go‘zal shou, xalq eposi asosida yaratilgan

Koperfild shousi

Fokus ko‘rsatish klounada va pantomima elementlari bilan uncha katta bo‘lmgan sahna tomoshasi

Ming bir kecha (Turk kechasi)

Sharq koloriti, musiqasi va raqslaridan foydlanib, sharq ertaklari motivlari asosida tayyorlangan sahna tomoshasi



B) Oqshom tomoshalari ssenariyasi.
Misol tariqasida «Tile Ullenshpigel afsonasi» go‘zal shousiga batafsil to‘xtalamiz. U birinchi marta animatorlar tomonidan 1997 yilda «Phaselis Rose»mehmonxonasida sahnaga qo‘yilgan. Uning ssenariyasi vikinglar xalq eposi va Vagnerning shu nomdagi operasiga asoslangan. Spektakldagi voqealar chor atrofiga mash’alalar qo‘yilgan basseyn maydonida ro‘y beradi. Shu yerda ro‘paradagi maydonda tomoshabinlar joylashishadi. Spektaklda 8-10 faol band animatorlar ishtirok etadi va 12-15 tasi qo‘shimcha jalb qilinadi, shu jumladan, zaldagi tomoshabinlardan ham. Spektakl repetitsiyasi bir necha kun davom etdi.
Asosiy rekvizitlar -jihozlar: 2 shatra, olovli shar. Bir chelakda benzin, qo‘ymichga bog‘langan lattalar artistlar libosi o‘rnini bosadi. So‘lim oqshom, osmon to‘la yulduz, dengiz to‘lqinlari shovqini eshitilib turadi, lovullagan ma’shalalarning baseyn suvidagi aksi oldindan sirli va jumboq muhit hosil qiladi. Vagnerning mayin musiqa sadosi ohista taraladi, bu manzaralar allaqanday kulfat, fojea yaqinlashib kelayotgan hissiyotini uyg‘otadi. Syujet vikinglar davriga ko‘chadi. Dushman davlat darvozasi oldida turibdi, barcha erkak jangchilar himoyaga otlanishadi. Shu payt yovuz jodugar paydo bo‘ladi va yosh qirolichadan boshqa hammani sehralb qo‘yadi. Ularni olib borib qoyaga kishanlab tashlaydi, kishan kalitlarini esa ko‘lga uloqtiradi.
Har bir harakatlar tugadi, jangchilar urushda g‘olib chiqib qaytadilar va uyquga cho‘mgan aholini ko‘rishadi. Ularning har biriga qo‘l urishib sehr-jodudan xolos qilishadi, ammo shaharliklar orasida qirolning rafiqasini ko‘rishmaydi. Qidiruv natijasida oxir - oqibat uni topishadi, ammo ozod qilisholmaydi. Chunki uning kishani kalitini topaolishmaydi.
Shu yerda kishanlangan qirolicha ariyasi yangraydi, u qanday vaziyatda o‘zi bilan fojea ro‘y berganini hikoya qiladi. U hammaga kalit ko‘l tubida yotganini aytadi. G‘amga botgan qirol iztirobdan o‘zini qayerga qo‘yishni bilmaydi. Kalitni qidirib ko‘lga ketgan odamlar quruq qo‘l bilan qaytishadi. (Animatorlar basseyn o‘rtasida vindeerfinglar ustida suzishib suvda bir qator sinxron harakatlarni bajarishadi). Saroy xodimlari qirol ko‘nglini yozish uchun uning oldida raqsaga tushadilar. (Vagner musiqasi zamonaviy kunlar bilan uyg‘unlashib avj pardalarda yangraydi). Olovli shou (akter-faqirlarning ikkitasi yonayotgan shar bilan nomer ko‘rsatishadi. (Uzun zanjirning ikki uchiga kerosin shimdirilgan katta uvada sharlar mahkamlangan. Kerosinni yoqishadi va aktyorlar zanjirdagi sharlarni bir maromda silkitib har tomonga aylantirishadi). Tomosha haddan tashqari, g‘ayritabiiy va biroz sirli va qo‘rqinchli. Ammo bu urinishlar ham qirolning ko‘nglini yozolmaydi. U ariya kuylab, barchani kalitini qidirishga chaqiradi. Qirol talabiga ko‘ra, har bir kishi biron-bir kalitni unga keltirishi kerak. Biroq kaliti kishan qulfiga to‘g‘ri kelmagan kimsa jazoga mahkum etiladi. Qirolga kalitlar keltirishadi, ammo birortasi to‘g‘ri kelmaydi, ularni olib kelganlar turmaga tashlanadi. Qizlardan biri ham o‘zi topgan kalitni berishga qaror qiladi. Biroq uning qallig‘i Tilli uni bunday qilmaslikka undaydi, lekin qiz baribir qirolga boradi. Uning kaliti ham to‘g‘ri kelmaydi, qiz qa’laga qamaladi. Tillini esa shahardan quvib yuborishadi (qiz ariyasi yangraydi: u sevikli hijronini kuylaydi).
Tunda Till yashirincha qishloqqa kirib keladi va o‘zi sevgan qizni o‘g‘irlashga urinadi. Ammo qo‘riqchilar ularni ushlab olishadi. Qizni yana qamab qo‘yishadi, yosh yigiti esa qirolni duelga chaqiradi. Till va qirol olishadi va Till qilichini tushirib yuboradi. Qirol Tillni o‘ldirish uchun endigina egilganida, farishta paydo bo‘lib, Tillga kalit qayerdaligini aytadi. U ko‘lga shung‘ib kalitni olib chiqadi va qirolga beradi, u esa qirolichani ozod qiladi va Tillning qallig‘ini qo‘yib yuboradi. Qirol baxtiyor. Xalq olqishlaydi. Sevgi g‘olib chiqdi, adolat tantana qildi.
Tomosha tafsilotlarining ertak va romantik syujeti g‘oyat jozibali va go‘zal. Unchalik professional bo‘lmagan aktyorlar o‘ynaganligiga qaramay tomosha dam oluvchilarni hayajonga solib, olqishlariga sazovar bo‘ldi. Ularda hech narsa bilan tenglashtirib bo‘lmaydigan hissiyot uyg‘otdi. Dastur zamonaviy musiqada klub raqslariga tushish bilan yakunlanadi. Tomoshada ishtirok etgan animatorlar nomlari aytiladi.



Download 56.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling