2. Mehmonxona animatsiya dasturlari turlari. Mehmonxonalarda animatsiya xizmatlari
Download 56.4 Kb.
|
6-MODUL
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘pishuvchilar. Boshlovchi
- Hazil uyin.
Sevimlingni ovqatlantir. Mehmonlar juftliklarga bo‘linadi. Har bir juftlikda–erkak va ayol. Topshiriq – har bir juftlik boshlovchi bergan konfetni birgalikda qul yordamisiz ochish–eyish. Buni birinchi bajargan juftlik g‘olib keladi.
Kartani uzat. Mehmonlar chiziqqa erkak–ayol bo‘lib joylashishadi. Chiziqdagi birinchi o‘yinchiga odatdagi o‘yin kartasi beriladi. Vazifa –kartani og‘izda ushlab bir o‘yinchidan ikkinchisiga uzatish. Qo‘l ishlatilmaydi. Topshiriqni murakkablashtirish ham mumkin. Har bir uzatishdan keyin boshlovchi kartalardan bir bo‘lakcha yirtib oladi. Ushbu o‘yinda mehmonlarni ikki jamoaga bo‘lib, jamoaviy musobaqa ham o‘tkazish mumkin. Syurpriz. Mehmonlar davra qurib turishadi yoki o‘tirishadi. Musiqa ostida ular katta qutini bir–biriga uzatishni boshlashadi. Boshlovchi musiqani to‘xtatgan zahoti qo‘lida qushchi bo‘lgan mehmon uni ochadi va qaramasdan qo‘liga tushgan buyumni oladi. O‘yin shartiga ko‘ra u bu buyumni ma’lum muddat ketib yoki o‘ziga osib yurishi kerak. Masalan, yarim soat yoki bayram tugaguncha. Musiqa yana boshlang‘ich, mehmonlar yana qutini navbatdagi to‘xtalishgacha bir–birlariga uzatishda davom etishadi. Qutiga kiyim –kichakning turli buyumlari solinadi: bolalar shapkachasidan tortib maxsus tikilgan ulkan shlyapagacha. O‘pishuvchilar. Boshlovchi uyinga ikki ayol va ikki erkakni chaqiradi. So‘ngra ikki ishtirokchining ko‘zini bog‘lab, ular o‘pishish kerak kimsani ko‘rsatib savol beradi. “Aytingchi, qayerdan o‘pishamiz? Bu yerdami? Va, misol uchun, dudoqni (quloq, ko‘z, lab, qo‘l va h.k. ham ko‘rsatish mumkin) ko‘rsatadi. Boshlovchi ko‘zi bog‘liq ishtirokchi “ha” demaguncha savollar beraveradi. Keyin boshlovchi so‘raydi. “Necha marta? Qancha?” Va o‘ynovchi “Ha” demaguncha barmoqlari bilan sanoqni ko‘rsataveradi. Keyin ishtirokchining ko‘z bog‘ichini yechib uni rozi bo‘lganidan o‘pishiga majbur etadi. Masalan, erkak tizzasini sakkiz marta o‘ptiradi. Hazil uyin. Bu o‘yin hazil-unda g‘olib ham, mag‘lub ham bo‘lmaydi. Mehmonlarni xushchaqchaq qilish uchun. Unga ikki ishtirokchi – erkak va ayol taklif etiladi. Erkakka o‘yin qoidasi tushuntiriladi – “Hozir xonim mana bu divanchaga o‘tirib, og‘ziga shirin konfet soladi, sizning vazifangiz ko‘zingiz bog‘liq holda qo‘l yordamisiz o‘sha konfetni izlab topish va og‘iz bilan olish”. Vaziyatning kulgili tomoni shundaki, erkakni ko‘zi bog‘langan zahoti divanchaga va’da qilingan xonim o‘rniga erkak kishi o‘tkaziladi. Tanlangan kavaler “xonim” dan konfetni qidirishga qancha vaqt urinsasa, mehmonlar shuncha dildan yayrab kulishadi. Download 56.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling