Hozirgi davrda jahonda turli taraqqiyot darajasida turgan, turlicha siyosiy tuzumlarga ega
bo‘lgan mamlakatlarda turli ong darajasidagi xalqlar va millatlar yashamoqda.
Biz ko‘rib o‘tgan avvalgi mavzulardan ma‘lum bo‘ladiki, jahonda ezgulik va yovuzlik
kurashi, ezgulikka intilish insoniyat uchun doimiydir. Biroq barcha xalqlar va mamlakatlarning
ijtimoiy-ma‘naviy hayoti o‘zaro qanchalik farqlanmasin, ularning barchasining maqsadi tinch
va farovon yashash, farzandlarini kamol toptirishdan iboratdir. Bundan ma‘lum bo‘ladiki, har
qanday Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillari umuminsoniy qadriyatlarning asosiy
jihatlarini konkret bir millat hayoti misolida ifoda etadi. SHuning uchun har bir millat doimo
o‘z milliy g‘oyasini yaratishga harakat qiladi.
Tabiiyki, davrlar o‘tishi bilan milliy g‘oyaning shakli va mazmuni ham o‘zgarib boradi.
Biroq uning bosh maqsadi, ya‘ni millat sifatidagi insonlar uyushmasining oliy qadriyat ekanligi
doimo barqaror bo‘lmasa, bu g‘oyaning mazmuni yo‘qoladi.
Milliy
g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillarini fuqarolar ongiga singdirishning
samaradorligini
oshirmoq
uchun,
ushbu
jarayonning
metodologik
asoslarini
mustahkamlamoq darkor. Buning uchun esa, ―metodologiya‖ tushunchasining ma‘nosi va
mazmuni, vazifalari haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish lozim.
Ilmiy-falsafiy adabiyotlarda metodologiya tushunchasiga turlicha ta‘riflar
berilmoqda. Bizning fikrimizcha, metodologiya inson amaliy faoliyatini to‘g‘ri, oqilona
tashkil etish, uni puxta o‘ylangan aniq maqsad tomon boshqarish yo‘llari haqidagi
ta‘limotdir.
91
5-ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |