Yurtimiz kelajagi uchun barkamol avlod tarbiyalash


Download 6.71 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi6.71 Kb.
#1832613
Bog'liq
Yurtimiz kelajagi uchun barkamol avlod tarbiyalash

YOZISH VA TAQDIMOT QILISH KOMPETENSIYASI FANI MAVZU: YURTIMIZ KELAJAGI UCHUN BARKAMOL AVLOD TARBIYALASH MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI 3-MMT-23 GURUH TALABASI: GAYNAZAROVA YULDUZ URALOVNA TEKSHIRDI: RUSLAN SHODMONOV

TOSHKENT 2023

MUNDARIJA

  • Barkamol avlod tarbiyasi — milliy yuksalish garovi
  • Barkamol avlod uchun yangi imkoniyatlar
  • Yangi Oʻzbekistonning kelajak yoshlari: imkoniyat va huquqiy kafolat
  • Xulosa

Barkamol avlod tarbiyasi — milliy yuksalish garovi

  • Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur soha echimiga qaratilgan qator qonun hujjatlari imzolanib, farmon, qaror va farmoyishlar qabul qilinmoqda. Bular yurtimizda ma’nan etuk, dunyoqa¬rashi teran, mustaqil fikrlovchi, e’tiqodi mustahkam, siyosiy-ma’naviy saviyasi hozirgi davr talablariga to’la javob beradigan barkamol avlodni kamol toptirishga hizmat qilmoqda.Inson mohiyati moddiyat va ma’naviyatning tutashuvida namoyon bo’ladi. Har bir shahs, har bir ijtimoiy guruh yoki toifa, har bir elat, millat va mintaqa halqlari o’z tabiati bilan yaratilgan.
  • Binobarin, ma’naviyat — ajdodlarni avlodlarga, tarihni bugunga, bugunni kelajakka bog’lovchi ko’prik. U ota-bobolarimizdan meros jamiki noyob fazilatlar, qadriyatlar va an’analarning majmui, qolaversa, ular to’plagan tarihiy-ijtimoiy tajriba va barcha qarashlarni o’zida mujassam etadi."O’zbekiston yoshlar ittifoqi,—deb ta’kidladi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev "Kamolot" YoIH IV qurultoyidagi nutqida,—jahon madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat, unga munosib bo’lish tuyg’usini shakllantirish, bu bebaho boylikni chuqur o’rganish va keng targ’ib etishga qaratilgan mazmundor, ta’sirchan loyihalarni amalga oshirishda tashabbus ko’rsatishi nur ustiga nur bo’lur edi"

Barkamol avlod uchun yangi imkoniyatlar

  • Yosh avlod — biz oldimizga maqsad qilgan yangi davr va yangi Oʻzbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi, kelajagimiz va istiqbolimiz poydevoridir. Shu bois, bugun mamlakatimizda yoshlar salohiyatini oshirish, taʼlim-tarbiyasi uchun munosib shart-sharoit yaratish borasida tizimli ishlar qilinmoqda.
  • Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi 2022–2026-yillarda tizimdagi maktablarini rivojlantirishga doir bir qator maqsad va vazifalarni belgilab oldi. Jumladan, maktabdan tashqari taʼlim sifatini oshirish maqsadida toʻgarak oʻquv dasturi va qoʻllanmalari yanada takomillashtiriladi, chop etish ishlari keng yoʻlga qoʻyiladi, ulardan mashgʻulotlarda samarali foydalanish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.

“Barkamol avlod” bolalar maktablarida STEAM taʼlim dasturi boʻyicha tashkil etilgan toʻgaraklar uchun oʻquv laboratoriyalari bosqichma-bosqich ishlaydi. Toʻgaraklar DigitalArt dasturi boʻyicha faoliyat yuritadi. Oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri — kadrlar salohiyatini oshirish. Bu borada oliy taʼlim muassasalari talabalarining pedagogik amaliyotini “Barkamol avlod” bolalar maktablarida tashkil etish, bitiruvchi talabalarni toʻgarak rahbari lavozimiga jalb etish chora-tadbirlari koʻrilyapti.

  • Bundan tashqari, boʻsh turgan bino va maydonlarni xatlovdan oʻtkazish, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maqsadli loyihalarni amalga oshirish choralari belgilangan. Yoshlarni xalqimizga yot, zararli taʼsirlardan himoyalash, millat va davlat taraqqiyotiga xizmat qilishga qodir boʻlgan oʻgʻil-qizlarni tarbiyalash har bir ota-ona, xonadon va mahalla zimmasidagi masʼuliyatdir. “Barkamol avlod” bolalar maktablari bu yoʻlda oʻzini koʻmakchi deb biladi. Zero, qaratilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan sharoit yangi Oʻzbekistonning barkamol farzandlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Yangi Oʻzbekistonning kelajak yoshlari: imkoniyat va huquqiy kafolat

  • Mamlakatimizning kelajagi boʻlmish yoshlarimizni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga bugungi karantin kunlarida ham oʻziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda, ularning barcha huquq va erkinliklari, imkoniyat va manfaatlarini himoya qilishda tashkiliy-huquqiy asoslar zamon bilan hamnafas takomillashib bormoqda. Zero, masofaviy taʼlim, onlayn rejimida uzluksiz tashkil etilgan holda yoshlarning bilim olish huquqini taʼlimda taʼminlaganining oʻzi Oʻzbekistonning bugun yoshlarga berayotgan taʼlim-tarbiya va koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik, eʼtiborning amaliy ifodasidir.
  • Yangi Oʻzbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020-yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili boʻladi.
  • Shavkat Mirziyoyev

Xulosa

Har bir ota-ona, har bir xonadon, har bir mahalla,bugungi kunda farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasini eng asosiy vazifa sifatida bilib, yoshlarni xalqimizga yot va yangi avlod ongi uchun zararli boʻlgan salbiy taʼsirlardan himoya qilish, millat va davlat taraqqiyotini dunyo hamjamiyatiga koʻrsatishga qodir boʻlgan yosh avlodni tarbiyalashi ham qarz, ham farzdir. Zero, inson hayoti odob-axloq, taʼlim-tarbiya bilan bevosita bogʻliq.

Unutmang, yangi Oʻzbekiston yoshlari - kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori.


Download 6.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling