2. Milliy g‗oya targ‗ibotida texnologiyalarning o‗rni va ag‗amiyati


 - MAVZU: Milliy g‟oya targ‟iboti texnologiyalarining samaradorligini


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/73
Sana18.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1596834
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73
Bog'liq
5052 iboti texnologiyalari

7 - MAVZU: Milliy g‟oya targ‟iboti texnologiyalarining samaradorligini 
oshirishning dolzarb vazifalari 
Reja: 
1. 
Milliy g‗oya targ‗iboti texnologiyalarining samaradorligiga erishish 
yо‗llari.
2. 
Mamlakatimizda milliy mafkura targ‗ibotining muhim muammolari.
Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli 
islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma‘naviyatining tiklanishi, boy 
tarixiy merosimizning chuqur o‘rganilishi, an‘ana va urf-odatlarimizning 
saqlanishi, madaniyat va san‘at, fan va ta‘lim rivoji, eng muhimi jamiyat 
tafakkurining o‘zgarishi va yuksalishi bilan bog‘liqdir. (Karimov I.A. Yuksak 
ma‘naviyat – engilmas kuch.T., Ma‘naviyat, 2008, 76-77-betlar.) Ta‘kidlash joizki, 
mafkura targ‘ibotining samaradorligini oshirish bu sohada ko‘zga tashlanayotgan 
muammolarni bartaraf etishni shartlab qo‘yadi. Zero har bir sohada bo‘lgani kabi 
mafkura targ‘ibotida ham ayrim muammo va kamchiliklar yo‘q emas. 
Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov bu masalaga alohida to‘xtalib, «Bugungi 
hayot shiddati, voqelar rivoji shu qadar jo‘shqinki, biz ma‘naviyat va mafkura 
borasida qanchalik muhim va o‘rinli ishlarni amalga oshirayotgan bo‘lsakda, ba‘zi 
o‘rinlarda afsuski, kech qolyapmiz», deb ta‘kidlagani ham bejiz emas. 
Milliy istiqlol g‘oyasi targ‘ibotining samaradorligiga qanday omillar salbiy 
ta‘sir ko‘rsatmoqda? Bu muammolarning echimi qanday? Mafkura targ‘ibotida 
nimalar nazardan chetda qolmoqda? Targ‘ibot ishiga qanday tarzda yondashgan 
ma‘qul? Bugungi kunda milliy g‘oyani xalqimiz ongi va qalbiga singdirish 
samaradorligini ko‘tarish uchun nimalarga e‘tibor berish zarur? 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq 
Oliy Majlis to‘qqizinchi sessiyasi ma‘ruzasida bayon etilgan asosiy vazifa va 
qoidalarni keng yoritish bog‘yicha tashkiliy-ma‘rifiy tadbirlar Dasturida 
yuqoridagi savollarga javob tariqasida «Dasturni amalga oshirish bo‘yicha 
quyiladagan asosiy talablar» bandi kiritilgan. Ushbu bandda dasturni amalga 
oshiruvchi mutasaddilarga quyidagi talablar qo‘yilgan: 
-o‘tkazilayotgan tadbirlarni kampaniyaga aylantirmaslik: 
-o‘qib berish usulidan voz kechish: 
- tabdirlarni ―majburiyat‖ga aylantirmaslik: 
-odamlar bilan ochiq-oydin va yuzma-yuz muloqatdan qochmaslik
E‘tiborlisi shundaki, yuqorida qayd qilingan talablar nafaqat davlat 
dasturining ijrosida, balki milliy g‘oya targ‘ibotida ham muhim ahamiyat kasb 
etadi. Jumladan bugungi kunda targ‘ibot-tashviqot ishlarida kampaniyabozlikka 
berilish, mafkurani targ‘ib qilish o‘rniga uning ta‘riflarini «yodlatish», turli 
tadbirlarga kishilarni majburiy to‘plash, muammolar haqida ochiq gapirishdan 
qochish, odamlar bilan yuzma-yuz muloqatga voizlarning tayyorlanib kelmasligi, 


40 
son ketidan quvib, sifatni unutib qo‘yish, targ‘ibotda ayrim tushunchalarning 
o‘rinli-o‘rinsiz ishlatilishi natijasida ularning qadrsizlanishi kabi muammolar 
ko‘zga tashlanmoqda. 
Agar sog‘lom axborot muhiti ustuvor bo‘lmasa, qisqa vaqtda har qanday 
davlatning ichki axborot makonidagi siyosiy-ijtimoiy muhit butunlay izdan chiqib, 
«xatar o‘choqlari» paydo bo‘ladi. Natijada jamiyatda g‘alva boshlanadi, rasmiy 
axborot tarqatish tizimi ishdan chiqadi, rasmiy boshqaruv va uning mafkurasi 
butunlay tanazzulga uchraydi. Jumladan, Qirg‘iziston Respublikasida o‘z echimini 
kutayotgan dolzarb muammolar va ularning echimini hal qilish bo‘yicha davlat 
amalga oshirgan ishlar haqidagi axborotlar o‘z vaqtida xalq ongiga havola qilinadi. 
Eng achinlarlisi, hukumat «axborot bo‘shlig‘ini» shakllantirish bilan bir qatorda 
«jim o‘tirish» pozitsiyasini tutdi. 
Mafkura 
targ‘iboti 
muammolari 
bo‘yicha 
izlanish 
olib 
borgan 
respublikamizning bir qator olimlari bu sohada ishlarni muvofiqlashtirish, stixiyali 
harakatlar,o‘zibo‘larchilik va kampaniyabozlikka yo‘l qo‘ymaslik lozimligini 
uqtiradi, Xususan, siyosatshunos olim SH.Paxrutdinov mafkura targ‘ibotida 
quyidagi omillarga e‘tibor qaratish lozimligini uqtiradi: 
- vazifalarni nazarda tutgan holda bevosita tashkiliy» chora va tadbirlarni 
ko‘rish;
- ma‘naviyat va ma‘rifat ishlarini olib boruvchi kadrlarni tanlash va qayta 
tayyorlash, ularning faoliyati uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish;
- zarur bo‘lgan moddiy-texnika vositalari bazasini yaratish; ommaviy axborot 
vositalarini aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda jalb qilish;
- ma‘naviy va ma‘rifiy ishlarning samarali tajribalarini keng yoyish. 
Ya‘ni, mafkura targ‘ibotida muayyan muddat shiddat bilan avj oladigan, 
keyinchalik so‘nib qoladigan tashviqot ishlariga emas, balki doimiy ravishda 
uzluksiz davom etadigan va tizimiy asosga qurigan ma‘rifat ishlarga tayanish 
samarali hisoblanadi. 
Milliy g‘oyaning targ‘ibotiga sarflangan mablag‘ qisqa vaqtda moddiy boylik 
keltirmasligi mumkin, lekin hozirda bu sohaga sarf-xarajatni kamaytirish, millat 
sifatida bizni ertangi mislsiz yo‘qotishlariga olib kelishi mumkin. SHuning uchun 
biz uning doimo samaradorligini oshirish yo‘llari to‘g‘risidaO‘ylashimiz kerak.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling