Tushunchaning ta’rifi, tuzilishi va turlari. Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar


Download 85.78 Kb.
bet1/4
Sana19.04.2023
Hajmi85.78 Kb.
#1366338
  1   2   3   4
Bog'liq
Abdulaziz


Toshkent Moliya Instituti


Falsafa Fanidan
Mustaqil Ish
Mavzu: Tushunchalarning shakllanishi va qo’llanilishi.Tushunchalarning tilda ifoda qilinishi :noma va termin.


Student: Abdujabbor
Guruh: KI-72
Reja:

  1. Tushunchaning ta’rifi, tuzilishi va turlari.

  2. Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar.

  3. Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish.

  4. Tushunchalarni bo‘lish.


Tushunchaning ta’rifi, tuzilishi va turlari.
Tushuncha tafakkur shakllaridan biri sifatida til orqali ifodalanadi. Tushunchaning mohiyatini bilish uchun uning nom va so‘z bilan qanday bog‘liqligini aniqlab olamiz.
Inson buyum va hodisalar haqida tushunchaga ega bo‘lish uchun ularning nomlarini bilishi zarur. Olamdagi barcha jonli va jonsiz mavjudotlarning, voqea va hodisalarning nomi bor. Nomlar bilish va muloqotning zaruriy vositasidir. Buyum va hodisalarning nomi tilni mavjud voqelik bilan bog‘lab turadi. Faraz qiling, olamdagi hech bir narsaning nomini bilmasak, ular haqida tushunchaga ega bo‘lishimiz, fikr yuritishimiz mumkinmi?
Nom nima? U tushuncha bilan aynanmi?
Nom alohida predmetni yoki predmetlar gruhini belgilovchi til ifodasidir. Masalan: “Amur Temur” so‘zi temuriylar davlatining asoschisi bo‘lgan buyuk bobokalonimizning nomini bildiradi; “o‘qituvchi” so‘zi bilim beruvchi insonni, “qizil”so‘zi esa barcha buyumlardagi qizil rangni ifodalaydi. Nom tushuncha bilan aynanmi yoki yo‘qmi degan savolga javob berish uchun quyidagi rivoyatni taxlil qilamiz: Qadimda bir podsho “Hech kim bilmagan, hech kim ko‘rmagan g‘aroyib narsani topib kelgan yoki uning suratini chizgan odamga yarim davlatimni beraman”- deb farmon chiqaribdi. Odamlar g‘aroyib narsani topish uchun rosa harakat qilishibdi. Turli jismlarni, mavjudotlarning qismlarini birlashtirib hech kim bilmagan, hech kim ko‘rmagan narsani yasashga, suratini chizishga harakat qilishibdi. Lekin bu ishning uddasidan chiqa olishmabdi. Chunki ular yasagan, chizgan narsalarining o‘z nomi bo‘lmasa ham, bu narsalardagi qismlarning nomi (masalan, it boshli odam) bor ekan. Buyum va hodisalarga inson nom qo‘yadi va nom tufayli ular haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, nom til ifodasi bo‘lsa, tushuncha tafakkur shaklidir. Tushuncha buyum va hodisalarning umumiy, muhim va farq qiluvchi belgilarini bir butun, yaxlit xolda aks ettiruvchi tafakkur shaklidir. Buyum va hodisalarning belgilari muloqot va fikr yurtish jarayonida biror predmetning vakili sifatida xizmat qiladigan belgilardan farq qiladi. Buyum va hodisalarning belgilari predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga o‘xshashligini ifoda qiluvchi xususiyatlar va munosabatlarni ifodalovchi belgilardir. Masalan, savdo-sotiq bilan shug‘ullanish faqat insonga xos belgidir. Boshqa tirik mavjudotlar bunday faoliyat bilan shug‘ullanmaydilar.
Buyum va hodisalarning belgilari umumiy, muhim, farq qiluvchi turlarga bo‘linadi. Bir sinfga mansub bo‘lgan hamma predmetlarga xos bo‘lgan belgilar – umumiy belgilardir. Insonlar sinfi uchun qaddini tik tutib yurish, kulish va b. shunday belgilarga misol bo‘ladi. Biror belgining o‘zgarishi yoki yo‘q bo‘lishi tushunchaning ham o‘zgarishi yoki yo‘q bo‘lishiga olib keladigan belgi muhim hisoblanadi. Inson uchun aqllilik (tafakkur qilish) muhim belgidir. Farq qiluvchi belgi predmetni o‘ziga o‘xshash boshqa predmetlar orasidan tanib olishga imkon beruvchi belgidir. Masalan, har bir inson o‘ziga xos individual belgilari bilan boshqalardan ajralib turadi. Demak, tushuncha ma’lum belgilariga ko‘ra bir to‘plamga birlashgan predmetlarning birligini ifodalaydi.
Tushuncha so‘z bilan uzviy bog‘liq. Ular o‘rtasidagi aloqadorlik tafakkur va til o‘rtasidagi bog‘lanishning konkret tarzda namoyon bo‘lishidir. Tushunchalar so‘z (talaba, universitet, qog‘oz) va so‘z birikmalari (O‘zbekiston Milliy universitetining talabasi, O‘zbe-kiston Milliy universiteti, rangli qog‘oz) yordamida ifodalanadi. Lekin bundan tushuncha va so‘z aynan bir xildir, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak.
Ba’zi so‘zlar (ammo, chunki, uchun va h.k.) hech bir tushunchani ifodalamasligi ham buning sabablaridan biridir. Bitta tushuncha har xil tillarda, ba’zan bir tilda ham turli xil so‘zlar bilan ifodalanadi. Tildagi omonim va sinonim so‘zlarning mavjudligi esa so‘z va tushunchaning aynan emasligidan dalolat beradi. Ayrim so‘zlarning ko‘p ma’noliligi ba’zan tushunchalarni aralashtirib yuborishga olib keladi. Shu sababdan kundalik hayotda qo‘llanadigan til bilan ilmiy til bir-biridan farq qiladi. Ilmiy til tabiiy til, sun’iy til va maxsus termin (atama)lardan tashkil topadi. Termin(atama)ilmning har bir sohasida predmetlarni belgilash uchun faqat bir ma’noda qo‘llaniladigan so‘z yoki so‘z birikmasidir. Ilmiy tilda termin va tushuncha bir ma’noda qo‘llanadi.
Tushuncha va so‘z shakllanishiga ko‘ra ham bir-biridan farqlanadi. So‘zning shakllanishida so‘z yasovchi qo‘shimchalar ishtirok etadi. Shuningdek, o‘zlashtirma (boshqa tillardan kirib kelgan) so‘zlar ham milliy tillarda yangi so‘zlarning shakllanishiga sabab bo‘ladi. Tushuncha esa quyidagi mantiqiy usullardan foydalangan holda hosil qilinadi:
Tushunchaning mazmuni va hajmi. Tushunchaning turlari.
Har bir tushuncha muayyan hajm va mazmunga ega. Tushunchaning hajmiunda fikr qilinayotgan predmetlar yig‘indisini aks ettiradi. Masalan, “orol” tushunchasining hajmi yer yuzidagi mavjud barcha orollarni o‘z ichiga qamrab oladi. Tushunchani ifodalovchi so‘zda ko‘plik qo‘shimchasi “lar” bo‘lmasa ham, u umumiy xajmga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, inson, uy, davlat tushunchalari kabi.
Taqqoslash usulida predmetlarning sifat va xususiyatlari o‘zaro solishtirilib, tushuncha xosil qilinadi .
Analiz – tahlil yordamida predmet uni tashkil qiluvchi qismlar, tomonlarga fikrda ajratilib, har qaysinisi haqida alohida tushuncha hosil qilinadi.
Sintez usulida tahlil davomida ajratilgan qismlar, tomonlar fikran birlashtirilib, predmet haqida tushuncha hosil qilinadi .
Abstraksiyalash, ya’ni mavhumlashtirish usuli yordamida predmetning sifat, hususiyatlari fikran ajratib olinib, tushunchada ifodalanadi.
Tushunchaning mazmunini unda fikr qilinayotgan predmetning muhim belgilari to‘g‘risidagi axborot tashkil etadi. Masalan, “imij” tushunchasining mazmunini – odamlar ongida muayyan shaxs, tashkilot yoki boshqa ijtimoiy obyektga mos keladigan, idrok etilayotgan obyekt haqidagi axborotni o‘zida mujassamlashtirgan va ijtimoiy xulq-atvorga da’vat etadigan muayyan sintetik obraz haqidagi ma’lumot tashkil qiladi.
Hajmiga ko‘ra yakka va umumiy, ayiruvchi va to‘plovchi, shuningdek, bo‘sh hajmli tushunchalar farqlanadi:
Yakka tushunchaning hajmida bitta predmet fikr qilinadi ; Umumiy tushunchalar predmetlar guruhini aks ettiradi. Umumiy tushunchalarni aks ettiruvchi predmetlarning miqdori sanala-digan va sanalmaydigan bo‘lishi mumkin; Ayiruvchi tushuncha shunday sinf (umumiy) tushunchasiki, unda aks etgan belgilar shu sinfning har bir predmetiga xosdir; To‘plovchi tushuncha ham sinf (umumiy) tushunchasi bo‘lib, u aks ettirgan belgilar shu sinfni (umumiylikni) tashkil etuvchi har bir predmetga taalluqli bo‘lmaydi ; Bo‘sh hajmli tushuncha real voqelikda mavjud bo‘lmagan, lekin tushunchada ifodalanadigan buyum va hodisalarni aks ettiradi.
Tushunchalarning mazmuni va hajmiga ko‘ra turlarini bilish fikrlash jarayonidagi noaniqliklarni bartaraf etishga, fikrni aniq va to‘g‘ri bayon qilishga yordam beradi. U yoki bu tushunchaning mazmuni va hajmiga ko‘ra qaysi turga mansub ekanligini aniqlash unga mantiqiy tavsif berish deyiladi. Masalan:
Universitet - umumiy sanaladigan, to‘plovchi, aniq, musbat, nisbatsiz tushuncha.
Kentavr – bo‘sh hajmli, aniq, musbat, nisbatsiz tushuncha.
Bilimsiz – umumiy sanalmaydigan, mavhum, manfiy, nisbatdosh tushuncha.
Mazmuni bo‘yicha tushunchalarning turlari :
Konkret (aniq) tushunchalarda predmet o‘zining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi.
Abstrakt (mavhum) tushunchalarda pred-metning belgilari undan fikran ajratib olinib, alohida aks ettiriladi
Musbat (ijobiy) tushunchalarning mazmunida predmet unga xos bo‘lgan belgilar orqali fikr qilinadi.
Manfiy (salbiy) tushunchalarning mazmunida predmet unga xos bo‘lmagan belgilar orqali fikr qilinadi
Nisbatdosh tushunchalar esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo‘lishini taqozo qila-digan, biri orqali boshqasini bilish mumkin bo‘lgan predmetlarni yoki ularning belgi va hususiyatlarini aks ettiradi
Nisbatsiz tushunchalar zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo‘lishini taqozo qilmay-digan, nisbatan mustaqil, alohida mavjud bo‘lgan predmetlarni aks ettiradi. Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog‘liq bo‘lib, bu bog‘liqlik teskari nisbat qonunida ifodalanadi. Bu qonunga ko‘ra tushunchaning hajmi keng bo‘lsa, uning mazmuni tor bo‘ladi va aksincha, tushunchaning hajmi tor bo‘lsa mazmuni keng bo‘ladi.
Tushunchaning mazmuni va hajmi o‘rtasidagi teskari nisbat qonuni tushunchalar bilan olib boriladigan qator mantiqiy amallar asosida yotadi.
Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar
Avval ko‘rib o‘tganimizdek, tushunchalar hajmiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Ba’zilarining hajmi keng, boshqalariniki tor, ba’zilarining hajmi boshqalarining hajmiga kiradi va h.k. Shuningdek, mazmuniga ko‘ra bir-biriga yaqin bo‘lgan (“talaba” va “hunarmand”) yoki juda uzoq bo‘lgan (“qalam” va “tog‘”) tushunchalar ham bor. Mazmuni biror umumiylikka ega bo‘lgan tushunchalarni o‘zaro taqqoslash mumkin, mazmuni bir-birdan uzoq bo‘lgan tushunchalarni esa taqqoslab bo‘lmaydi. Aytish mumkinki, ba’zi tushunchalar mazmuni va xajmiga ko‘ra yaqin bo‘lsa, boshqalari uzoq bo‘ladi.
Umumiy belgilarga ega bo‘lgan, mazmuni va hajmi jihatidan bir-biriga yaqin turgan tushunchalarga taqqoslanadigan tushunchalar deyiladi. Masalan, “kvadrat” va “romb”, “muhandis” va ”olim”
tushunchalari ana shunday taqqoslanadigan tushunchalar hisob-lanadi.
Bir-biri bilan uzoq aloqada bo‘lgan, ko‘p hollarda moddiy yoki ideal bo‘lishdan boshqa umumiy belgiga ega bo‘lmagan predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalar taqqoslanmaydigan tushunchalardir. “Planeta” va “daraxt”, “baxt” va “non” tushunchalari taqqoslan-maydigan tushunchalar hisoblanadi. Taqqoslanmaydigan tushun-chalarni taqqoslash albatta fikrning xato bo‘lishiga, noto‘g‘ri xulosalarga olib keladi. Noto‘g‘ri, xato fikr xatti - xarakatlarning ham noto‘g‘ri bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Masalan, “baxt” va “qimmatbaho taqinchoq” tushunchalarini taqqoslab bo‘lmaydi. Shuning uchun insonning baxtli yoki baxtsiz bo‘lishi uning qimmatbaho taqinchoqqa ega ekanligiga bog‘liq emas.
Mantiqda faqat taqqoslanadigan tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy munosabatlar o‘rganiladi. Taqqoslanadigan tushunchalar hajm jihatidan sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan bo‘ladi. Hajmi umumiy elementlarga ega bo‘lgan tushunchalar sig‘ishadigan tushunchalar bo‘lib, ularning hajmi bir-biriga butunlay, to‘laligicha yoki qisman mos keladi. Ular o‘rtasida uch xil munosabat mavjud: moslik, qisman moslik va bo‘ysunish.
Sig‘ishmaydigan tushunchalar hajmi jihatidan umumiylikka ega bo‘lmagan tushunchalardir. Bu tushunchalar o‘rtasida ham uch xil: birga bo‘ysunish, qarama-qarshilik, zidlik munosabatlari mavjud.
Moslik munosabati
A – A.Navoiy. .
V – “Mahbub ul-qulub” asarining
muallifi. A=V
Qisman moslik munosabati
A – deputat.
V – huquqshunos
Bo‘ysunish munosabati
A – tarix.
V – O‘zbekiston tarixi

Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlarni bilish ularning maz-muni va hajmini aniqlashtirishga, aloqadorlik tomonlarini topishga yordam beradi. Masalan, “talaba” va “yoshlar yetakchisi” tushun-chalari o‘rtasidagi munosabatni aniqlash asosida “Ba’zi talabalar yoshlar yetakchisidir” degan mulohazani hosil qilish mumkin.


Birga bo‘ysunish munosabati


A – shifokor
V – kardiolog
S – endokrinolog
Qarama-qarshilik munosabati
A – ta’m
V – achchiq
S – shirin A
Zidlik munosabati
A – urush.
V – adolatli urush. V – adolatsiz urush

Download 85.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling