2-modul 5-Maruza. Oziq ovqat sanoati. Umumiy tushunchalar va asosiy atamalar. Oziq-ovqat maxsulotlarining sinflanishi
Download 230.89 Kb. Pdf ko'rish
|
5-maruza 4d22f22c4dace512c837782b29751eea
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT SAVOLLAR
- MAVZUGA OID MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI
3. Oziq-ovqat maxsulotlarining sinflanishi.
Ishlab chiqarishning jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash darajasi bo„yicha oziq-ovqat sanoati tarmoqlari 4 guruhga bo„linadi: mexanizatsiyalashgan, avtomatizatsiyalashgan va
kompleks avtomatizatsiyalashgan. Asosiy ishlab chiqarish jarayonlari mexanizatsiyalashgan, qo„shimcha ishlab chiqarishda esa qo„l mehnati ko„proq korxonalari birinchi guruhga kiradi.Bu guruh korxonalarning xarakterli xususiyati yuklash,tushirish ishlari bo„yicha qo„l mehnati bilan mashina apparatlarining
ko„pligi. Bu korxonalarda ham asosiy,ham qo„shimcha ishlab chiqarishda mehnatning operatsiyalar bo„yicha taqsimoti keng rivojlangan. Ikkinchi guruhga qarashli korxonalarda asosiy va qo„shimcha ishlab chiqarishdagi jarayonlar to„la mexanizatsiyalashgan. Bu yerda mehnatni operatsiyalar bo„yicha taqsimoti bilan bir qatorda ish hajmi yetishmagan joylarda smena davomida turdosh operatsiyalarni bajarayotgan xodimlar bandligini ta‟minlash maqsadida ularga qo„shimcha ishlarni ham yuklash amali qo„llaniladi. Uchinchi guruhga tegishli korxonalarda asosiy ishlab chiqarishdagi jarayonlar avtomatlashtirilgan, qo„shimcha ishlab chiqarishdagi kasb tashkil etish shakllardan ko„p stanoklarga xizmat ko„rsatish keng tarqalgan, qo„shimcha ishlab chiqarishda esa kasblarni birlashtirish muhim o„rin tutadi. To„rtinchi guruhga kiritiladigan korxonalardan asosiy va qo„shimcha ishlab chiqarishdagi baracha jarayonlar to„la avatomatlashtirilgan. Bu korxonalarda mashinalar tizimi avatomatik rejimda ishlatiladi, ishchilarning mehnati esa ularing ishi ustidan
faol nazorat
va kuzatishdan iborat. Ammo
kompleks avtomatlashtirilgan korxonalar oziq-ovqat sanoati sharoitida kelajakda paydo bo„lishi mumkin. Ixtisoslashgan ilmiy tadqiqot institutlarining ma‟lumotlariga ko„ra oziq-ovqat sanoati asosiy tarmoqlari, ularning avtomatlashtirishga tayyorgarligi darajasi bo„yicha quydagi tartibda joylashadi: shakar ishlab chiqarish, yog„-moy, spirt, vinochilik (ikkilamchi
vinochilik),konditer, konserva, pivo-alkogolsiz ichimliklar, non pishirish va h.k.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish birinchi navbatda og„ir va zararli mehnat sharoitlari mavjud va sutka davomida surunkasiga to„xtovsiz ishlaydigan korxonalarda amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish mehnati yengillashtirishga va kechasidagi smenada band ishchilarni qisartirishga yordam beradi. Yuqorida bayon etilgan oziq-ovqat sanoati tarmoqlari klassifikatsiyasi mazkur sanoatining tarkibi va har bir guruhga mansub korxonalarda boshqarishni va mehnatni tashkil etishning asosiy yo„nalishlari haqida umumiy tassavurga ega bo„lish uchun juda muhim.
NAZORAT SAVOLLAR: 1. Oziq-ovqat sanoatining vazifasi nimadan iborat 2. Oziq-ovqat sanoati tarmoqlarining siniflanishi 3.
guruhga bo„linadi:
MAVZUGA OID MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI: Download 230.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling