2-modul 5-Maruza. Oziq ovqat sanoati. Umumiy tushunchalar va asosiy atamalar. Oziq-ovqat maxsulotlarining sinflanishi
Download 230.89 Kb. Pdf ko'rish
|
5-maruza 4d22f22c4dace512c837782b29751eea
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid tayanch iboralar
2-MODUL 5-Maruza.Oziq ovqat sanoati. Umumiy tushunchalar va asosiy atamalar. Oziq-ovqat maxsulotlarining sinflanishi. REJA 1. Oziq-ovqat sanoati. 2. Umumiy tushunchalar va asosiy atamalar. 3. Oziq-ovqat maxsulotlarining sinflanishi.
Mavzuga oid tayanch iboralar Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT),
Oziq-ovqat va Qishloq xo„jaligi tashkilotining (FAO),
kkal, ovqatlanish ratsioni,
agrosanoat kompleksi, qishloq
xo„jaligi xomashyosi,
1. Oziq-ovqat sanoati.
Hozirgi kunga kelib,oziq-ovqat sanoati butunligicha mustaqil vatanimiz iqtisodiyotining strategik sohalaridan biri xisoblanib, asosan, xalqimizning sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va iste‟mol tovarlariga bo„lgan talabini etarli miqdorda qondirilishiga xizmat qiladi.Oxirgi yillarda ushbu xalq xo„jaligining muhim sohasida ko„zga ko„rinarli ijobiy natijalarga erishildi. Oziq-ovqat sanoatining vazifasi Respublika aholisini to„g„ri va balanslashtirilgan ovqatlanish ratsionini shakllantirish uchun yetarli hajmda va assortimentda xilma- xil oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‟minlashga qaratilgan. Mutaxassislarning ta‟kidlashicha,inson salomatligi va umrining uzoqligi 70% uning ovqatlanish va hayot tarziga, 20% tibbiy xizmat holatiga va 10% uning hayotiy
tug„ma ko„rsatkichlariga bog„liq.Keltirilgan ma‟lumotlar inson salomatligining holati va umrini uzaytirishda oziq-ovqat va uni ishlab chiqaruvchi sanoatning ahamiyati haqida aniq tassavur beradi. Oziq-ovqat mahsulotlarini aholining faol va sog„lom turmush ehtiyoji uchun zarur miqdori sotib olish kafolatlangan jismoniy va iqtisodiy imkoniyati uning yashashi,jamiyatining sotsial barqarorligi va mamlakatda pozitiv demografik holatning asosiy shartidir. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‟minlash har bir mamlakat oldida turgan jiddiy muammo,u global xarakterga ega,chunki ayni davrda dunyo aholisining ehtiyoji va uni ta‟minlash o„rtasida katta disbalans mavjud. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Oziq-ovqat va Qishloq xo„jaligi tashkilotining (FAO) ma‟lumotlari bo„yicha,hozirgi kunda planetamizda yashayotgan 6,5mlrd.aholidan 98 mamlakatda istiqomat qilayotgan 900mln.kishi ochlik va oziq-ovqat tanqisligidan iztirob chekmoqda,yaqin 10 yilikda esa ochlikdan azob chekuvchilar yer yuzi aholisining 25%ni tashkil etishi mumkin. Chet el olimlarining bashorati qilishlariga qaraganda, oziq-ovqat yetishmasligi muammosi yaqin kelajakda dunyoda birinchi navbatdagi dolzarb masalaga aylanadi. BMT prognozi bo„yicha sayyoramiz aholisining soni 2050 yilda 9mlrd.kishiga yetadi,bu esa biosfera barqarorligining kritik chegarasidan 4 marta ziyod. Katta yer maydonlarini o„zlashtirish va ishlash yo„li bilan dunyoda don yetishtirishni yanada kengaytirish imkoniyati cheklangan, bu esa istiqbolda oziq-ovqat tanqisligining kuchayishiga olib keladi. Aholi oziq-ovqat bilan ta‟minlanganligining eng umumlashgan ko„rsatkichi, FAO tavsiyasi bo„yicha har bir kishi sutkalik ovqatlanish ratsionining kaloriya miqdori hisoblanadi. Hozirgi davrda oziq-ovqat mahsulotlarini o„rtacha sutkalik iste‟mol qilish Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 3390 kkal, AQSHda -3650, Lotin Amerikasida - 2790, rivojlanayotgan Osiyoda -2650 kkalni tashkil etadi. Sutkalik ovqatlanish ratsioni O„zbekistonda o„rtacha 2700-2800 kkal. Sutkalik ovqatlanish kaloriyaliligi darajasini oshirish,birinchi navbatda,mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va xalq farovonligini yuksaltirish bilan bog„liq. Sutkalik ovqatlanish kaloriyaliligi darajasini oshirish, birinchi navbatda, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va xalq farovanligini yuksaltirish bilan bog„liq.
Oziq-ovqat sanoatining faoliyati tarmoq korxonalariga xom-ashyo yetkazib beruvchi qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishining rivojlanish darajasi bilan belgilanadi.Oziq-ovqat mahsulotlarining miqdori va sifati uning assortimenti dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining hajmiga bevosita bog„liq. Agrosanoat kompleksi iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biri va mamlakat aholisini oziq-ovqat bilan ta‟minlashda asosiy rol o„ynaydi. Mustaqillik yillarda O„zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi xususiy mulkchilik ustuvorligini amalda ta‟minlash,agrosanoat kompleksi faoliyatini takomillashtirish va yanada rivojlantirish bo„yicha mustahkam qonuniy asos yaratiladi. Mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish,yangi ish joylari yaratish va aholi daromadlarini oshirishning huquqiy kafolatlari va qulay faoliyat ko„rsatish muhiti shakllantiriladi. Buning natijasi sifatida quyidagi misolni keltirish mumkin: 2018 yilda 6.8 mln.t. deyarli 3.5 mln.t. paxta, 8.2 mln.tonnadan ziyod sabzavot va qovun-tarvuz, 3mln.tonnaga yaqin bog„dorchilik mahsulotlari yig„ib olingan, 6.6mln.t. sut, 1.5 mln.tonnadan ko„proq go„sht, 3.5 mlrd.dan ko„proq tuxum ishlab chiqarilgan.O„tgan 2019 yilda 2018 yil darajasiga nisbatan 10% ko„proq don, 9.9% ko„proq paxta yig„ib olingan, 9 mln.tonnadan ziyod sabzavot va qovun-tarvuz, 2mln.tonnadan ko„proq kartoshka etishtirib yig„ib olingan. Qishloq xo„jaligi xom-ashyosi (don,meva,sabzavot,go„sht,sut,baliq,paxta va boshqa moyli ekinlar urug„lari va hokazo)ni qayta ishlash asosida oziq-ovqat mahsulotlari yaratadigan oziq-ovqat sanoati iqtisodiyotning eng muhim tarmog„idir. Oziq-ovqat sanoati qator tarmoqlar va tarmoqosti sohalaridan tashkil topgan.Uning tarkibiga katta guruh (20 dan ko„proq) tarmoqlar va tarmoqosti (60dan ko„proq) sohalar kiradi; ulardan asosiylari: (tarmoqda umuman ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi bo„yicha) un, yog-moy, non pishirish, go„sht, sut, baliq.
O„simlik va chorvachilik xom-ashyosidan foydalanib mahsulot ishlab chiqaradigan oziq-ovqat sanoati qishloq xo„jaligi bilan uzviy bog„langan.Unga mansub korxonlarning xududlar bo„yicha joylashishi,ayrim hollarda ularning o„ziga xos ishlab chiqarish xarakteri ushbu bog„liqlik muammosi bilan izohlanadi. Oziq-ovqat sanoati mamlakat agrosanoat kompleksining tarkibiy qismidir.U milliy iqtisodiyotning muhim komplekslaridan biri.Uni rivojlantirish maqsadida uzoq muddatga mo„ljallangan prognozlar va dasturlar ishlab chiqarish va taqsimotida O„zbekistonning ishtirok etish o„rnini belgilash maqsadida mamlakatning umumiy konsepsiyasi va oziq-ovqat xavfsizligi dasturini ishlab chiqishni taqozo etadi. Agrosanoat kompleksi doirasida 30% ichki yalpi mahsulot yaratilgan.Iste‟mol bozorining 75% qishloq xo„jalik xom-ashyosidan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari va tovarlari hisobiga shakllanadi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta‟minlash barcha mamlakatlarda davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.U oziq-ovqat kompleksi ishlab chiqarish tarmoqlarining samarali faoliyatiga bog„liq: qishloq xo„jaligi va oziq-ovqat sanoatining barcha tarmoqlari,chunki mamlakat oziq-ovqat strategik zaxiralari va jamg„armalarining 80-85% oziq-ovqat sanoati mahsulotlari hisobiga tashkil etiladi. Aholining faqat yashash darajasi emas,balki uning jismoniy barhayotligi pirovard natijasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning hajmi,uning sifati va bahosiga bog„liq.Shu sababdan oziq-ovqat sanoati mamlakat xalq xo„jaligi kompleksi tizimida haqli ravshda strategik sotsial ahamiyatdagi tarmoqlar qatoriga kiradi. Oziq-ovqat sanoati qirqqa yaqin bir-biridan turli xil ishlab chiqarish jarayonlari bilan ajralib turadigan ixtisoslashgan tarmoqlarni birlashtiradi. Uning tarkibiga faqat qayta ishlab chiqarish tarmoqlari emas,balki qazib oluvchi(tuz,mineral suv va boshqalar),mavsumiy va yil davomida surunkali
ishlaydigan tarmoqlar, iqtisodiyotining “A” guruhiga, ya‟ni maxsulotli boshqa tarmoqlarda qo„llaniladigan (spirt,shakar,un,tuz,o„simlik moyi va boshqalar) va “B” guruhiga mansub, ya‟ni aholi tomonidan bevosita iste‟mol qilinadagan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar ham kiradi.Shu bilan birga oziq-ovqat sanoati tarmoqlarining har biri bir-biridan bir turdagi yoki bir necha turdosh mahsulotlar ishlab chiqaruvchi qator sohalarini ham qamrab
oladi. Masalan,konditer sanoati karamel, konfet,shokolad,biskvit va pastilo-marmelad sohalaridan iborat. Non pishirish sanoati non-kulcha,”baranka”, suxari ishlab chiqarish, vinochilik sanoati uzum va meva vinosi,konyak va shanpan vinosi ishlab chiqarish sohalarini birlashtiradi. O„z navbatida oziq-ovqat sanoati sohalari tayyor mahsulotni ishlab chiqarish usullari hamda jarayonlarini mexanizachiyalash va avtomatizatsiyalash darajasi bilan ham bir-biridan farq qiladi.
Download 230.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling