2-modul 5-Maruza. Oziq ovqat sanoati. Umumiy tushunchalar va asosiy atamalar. Oziq-ovqat maxsulotlarining sinflanishi
Umumiy tushunchalar va asosiy atamalar
Download 230.89 Kb. Pdf ko'rish
|
5-maruza 4d22f22c4dace512c837782b29751eea
2. Umumiy tushunchalar va asosiy atamalar.
Oziq-ovqat sanoati tarmoqlari va ular tarkibiga kiradigan ishlab chiqarish sohalarini quyidagi 4 yo„nalish bo„yicha klassifikatsiyalash mumkin: -yil davomida ishlash vaqti; -sutka davomida ishlash vaqti; -tayyor mahsulotni olish (ishlab chiqarish)usuli; -ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi. Oziq-ovqat sanoati tarmoqlari va ishlab chiqarish sohalarining asosiy xususiyati shundaki,ular asosan mavsumiy xom-ashyoni qayta ishlash bilan band va shunga ko„ra korxonaga xom-ashyo keltirilishi va uni saqlash muddatiga bog„liq ravishda yilning faqat bir qismida ishlaydi.Mavsumiy xom-ashyoda ishlaydigan bunday tarmoqlarga sabzavot va meva quritish, oziq-ovqat xom-ashyosida ishlaydigan spirt,birlamchi vino zavodlari,o„simlik xom-ashyosida ishlaydigan vitamin,ko„k choy bargini qayta patoka sexlari,tamaki fermentatsion zavodlar hamda shakar ishlab chiqarish korxonalar bilan bir qatorda oziq-ovqat sanoatida o„z ishlab chiqarish xarakteriga ko„ra mavsumiy korxonalar ham bor.Bunday korxonalar qatoriga pivo,alkogolsiz ichimliklar va mineral suv ishlab chiqarish korxonalari kiradi.Ularning mavsumiyligi yilning turli davrlarida tayyor mahsulotni xarid qilishning notekisligi asosida yuzaga keladi. Mavsumiy ishlab chiqarish korxonalar ishida ularning texnik-iqtisodiy ko„rsatkichlari keskin pasayib ketishi bilan bog„liq qator qiynchiliklar tug„diradi. Ishlab chiqarishning mavsumiy pasayishi ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni vaqt va intensivlik bo„yicha past daraja bo„lishiga olib keladi.Mavsumiy ishchilarni har yili ishga qabul qilish,o„kitish va o„rgatishga katta mablag„ harajat qilinadi,lekin bu mablag„lar kadrlar qo„nimsizligi munosabati bilan samarasiz sarflanadi. Keltirilgan kamchiliklar faqat mehnat unumdorligini kamaytirib qolmay,balki ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini oshirib yuboradi. Ishlab chiqarish mavsumiyligini yumshatish va bartaraf etish ishlab chiqarish zaxiralaridan samarali foydalanishning asosiy yo„nalishidir.Ishlab chiqarish mavsumiyligini yumshatish, bartaraf etish va yengillashtirishning ko„p usullari ma‟lum.Mazkur muammoni hal etishning umumiy yo„nalishi sovutish qurilmalaridan,konservantlardan,yarimfabrikatlarni aseptik saqlash yo„llari va tez muzlatish usullaridan foydalanib xom-ashyoni saqlash yo„llari va muddatini uzaytirishdir. Meva va sabzavotni konservalash,ularni quritish va boshqa sohalarda xom- ashyoni saqlashning oqilona usullarini qo„llash bilan bir qatorda ishlab chiqarish mavsumiyligini yumshatishda korxonalarni xom-ashyo bilan ta‟minlash zonasida turli muddatlarda (erta,o„rta va kech) pishadigan sabzavot,meva va xom-ashyo turlarini etishtirish katta samara beradi. Mavsumiylik muammosini hal etishda kelajakda o„zini oqlaydigan usullardan biri
korxonalardan oziq-ovqat xom-ashyosini ketma-ket qayta ishlashdir.Masalan,asosiy mavsumiy meva sabzavot xom-ashyosini qayta ishlash tugagandan so„ng konserva zavodlari go„sht va baliq konservalari ishlab chiqarishga, avvalroq tayyorlangan boshqa sabzavot xom-ashyosidan ikkilamchi tushlik ovqatlar ishlab chiqishga yoki o„z meva yarimfabrikatlaridan konditer mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanishi mumkin. Shakar sanoatida o„z xom- ashyosini qayta ishlab tugatgandan keyn import bo„yicha keltirilgan xom shakar xom-ashyosini qayta ishlashni tashkil etish ham yaxshi natija beradi. Xorazm shakar zavodi ayni vaqtda faqat import bo„yicha keltirilgan xom shakarni qayta ishlab Respublikamizning dolzarb ehtiyojini ta‟minlamoqda. Yil bo„yi faoliyat ko„rsatadigan oziq-ovqat sanoati tarmoqlari mavsumiy ishlab chiqarishga xos kamchiliklardan xoli,ular qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishiga kamroq bog„liq,korxonalarni xom-ashyo ta‟minoti doimiy ravishda tashkil etilgan, bu esa yil davomida bir maromda ishlashga imkon yaratadi.Bunday ishlab chiqarishga misol sifatida non pishirish, makaron, un, yog-moy, krupa, go„sht, sut, tamaki (tamaki fermetatsion zavodlaridan tashqari), parfyumer (efir yog„li o„simliklarni qayta ishlash korxonalaridan tashqari), kraxmal-patoka (kartofelni qayta ishlash korxonalaridan tashqari), tuz korxonalarini kiritish mumkin. Sutka davomida ishlaydigan korxonalar uzluksiz va to„xtab –to„xtab faoliyat ko„rsatishi mumkin.
Texnologik jarayonlarda uzilish yaroqsiz mahsulot chiqarish va yo„qotishlarning oshib ketishi hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining pasayishi bilan bog„liq korxonalar uzluksiz tarzda ishlaydi. Bunday ishlab chiqarishlar qatoriga non pishirish, yog„-moy, pivo pishirish, kraxmal-patoka, kon‟yak va to„xtovsiz oqimda shampan vinosi ishlab chiqarish kiradi. To„xtab–to„xtab faoliyat ko„rsatadigan ishlab chiqarishlar qatoriga korxona ishidagi to„xtashlar yaroqsiz maxsulot ishlab chiqarishga,yo„qotishlarning oshib ketishi va mahsulot sifatining pasayishiga olib kelmaydigan korxonalar kiradi. Bunday ishlab chiqarishlarga misol : konditer (biskvitdan tashqari), ikkilamchi vino, likyor-aroq, oziq-ovqat konsentrat, tamaki, tuz va kimyoviy sintez usuli bilan vitamin ishlab chiqarish korxonalari. Tayyor mahsulot olish usullari bo„yicha oziq-ovqat ishlab chiqarish to„rt guruhga bo„linadi: -dastlabki xom-ashyodan qimmatli moddalar ajratib olish; - xom-ashyodan namlikni yo„qotish va mahsulotda qimmatli oziq-ovqat moddalari konsentratsiyasini oshirish; -turli komponentlardan tayyor mahsulotni butlash; -birlamchi ishlab chiqarish yarimfabrikatlardan pirovard mahsulot tayyorlash. Oziq-ovqat ishlab chiqarishda tayyor mahsulot olish qator jarayonlarni qo„llash hisobiga dastlabki xom ashyoni sifatini o„zgartirish natijasida yuz beradi: mexanik, gidromexanik maydalash, sortlarga ajratish, presslash, aralashtirish, filtirlash cho„kmaga tushirish,sentrifugash), issiqlik (qizdirish va sovutish, bug„latish, kondensatsiyalash,
bilan ta‟sir etish) va fizik-kimyoviy (quritish, kristallizatsiyalash, xaydash yo„li bilan tarkibiy qismlar ajratish).Oziq-ovqat ishlab chiqarishlarini 4 guruhga ajratish tayyor mahsulotni olishda asosiy texnologik jarayonlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Birinchi texnologik guruhga dastlabki xomashyodan qimmatli moddalarni chiqarib olish jarayoni amalga oshiriladigan ishlab chiqarishlar kiradi:shakarni lavlagidan, moyni yog„li urug„lardan, unni dondan, vinomaterialni uzumdan, sharbatlarni uzumdan va meva sabzavot xomashyosidan, kraxmalni kartoshka va makkujo„xoridan olish. Ikkinchi texnologik guruhga texnologik jarayonlari asosan xomashyodagi namlikni kamaytirishga, mahsulotda oziq-ovqat moddalari konsentratsiyasini oshirishga qaratilgan ishlab chiqarishlar kiradi. Quyidagilar shular jumlasidan: konserva sanoatida –tomat pastasi va quruq nonushtalar, kisellar ishlab chiqarish; choy va tamaki sanoatida –choy va tamaki barglarini birlamchi qayta ishlash non pishirish sanoatida-suxarilar ishlab chiqarish. Uchinchi texnologik guruhga shunday ishlab chiqarishlar kiradiki,ularda tayyor mahsulotni hosil qilishda texnologik jarayonlarda turli moddalarni mexanik ravishda birlashtirish bilan emas, balki murakkab fizik kimyoviy o„zgarishlar asosida amalga oshiriladi.Ularga non, kulcha, sut, go„sht, konditer, makaron, likyor
aroq, pivo va alkogolsiz ichimliklar, margarin, atir-upa mahsulotlari ishlab chiqarish kiradi. Birinchi va ikkinchi texnologik guruhlar ishlab chiqarishdan farqli bu erda qishloq xo„jaligiga bog„liqlik kamroq,chunki korxonalar asosan birlamchi sanoat ishlab chiqarish bosqichni o„tgan xomashyoni qayta ishlaydi.U omborlarda ancha barqaror saqlanadi,kamroq chiqindilar va yo„qotishlar keltirib chiqaradi. Ushbu guruh korxonalari yil davomida bir tekisda maromli ishlashi bilan ajralib turadi. Uchinchi guruh korxonalari odatda, keng assortimentda mahsulot ishlab chiqadilar.Ular ishlab chiqarish uchun ixtisoslashgan sexlar va texnologik liniyalar mavjud. Bu yerda ishlab chiqarish grafiklari tuzish va ularni bajaralishi ustidan nazorat qilishini murakkablashtiradi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini oshirish oziq-ovqat sanoati barcha tarmoqlarining umumiy vazifasi hisoblanadi.Mahsulotning sifati faqat uni tashkil etuvchi komponentlarining sifatigagina bog„liq bo„lib qolmasdan,balki retseptura va texnologik reglamentga aniq rioya qilishga ham bog„liq. Shunday qilib, uchinchi guruh oziq-ovqat ishlab chiqarish tarmoqlari birinchi va ikkinchi guruhlardan mahsulotni tayyorlash texnologik usullari bilangina emas,operativ rejalashtirish va tashkil etish uslublari bilan ham ajoralib turadi. To„rtinchi texnologik guruh ishlab chiqarishlari alohida xususiyati bilan boshqalardan ajralib turadi bunda mahsulotni tayyorlashda birlamchi ishlab chiqarish yarimfabrikatlari asosida olib boriladi.Unga barcha ikkilamchi vinochilik (uzum va meva vinolari,shampan vinosi konyak ishlab chiqarish)hamda tamaki va choy ishlab chiqarish korxonalari kiradi.Ushbu ishlab chiqarishlar uchun xaraterli xususiyat shundaki,xom-ashyoni tansportda tashish mumkin emasligi sababli birlamchi ishlov berish korxonalari xom-ashyo yetishtirish regionlarida, ikkilamchi qayta ishlash korxonalari esa asosan pirovard mahsulotni ommaviy iste‟mol qilish hududlarida joylashgan. Ikkilamchi qayta ishlash korxonalarida hamda birlamchi korxonalarda boshlangan ishlab chiqarish jarayonlari nihoyasiga yetkaziladi.Bu yerda mahsulotni qadoqlashdan tashqari qator texnologik jarayonlar bajariladi.Tamaki ishlab chiqarishda papiros,sigaret tayyorlash va ularni qutichalarga joylashdan tashqari tamaki barglarini qisilgan xavo bilan titish hamda ularni namlash va kesish ammalari qadoqlashdan boshqa ularni sortlaridan ajratish,kupaj qilish,presslash va katta qutilarga joylash ammalari bajariladi. Bu guruhga mansub asosiy ishlab chiqarishda mexanizatsiya darajasi yuqori: ishlab chiqarishining oqimli uslublari keng rivojlangan.
Download 230.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling