2-Modul: Avtomatlashtirishning pnevmatik va gidravlik texnik vositalari


-Modul: Avtomatlashtirishning pnevmatik va gidravlik texnik vositalari


Download 1.55 Mb.
bet10/11
Sana19.06.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1599914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-BOB. 1.2-REJAGA MOS MALUMOT

2-Modul: Avtomatlashtirishning pnevmatik va gidravlik texnik vositalari.
2.6-mavzu: Pnevmokuchaytirgich.
Reja:
1. Pnevmokuchaytirgichlar va ularning turlari.
2. Pnevmokuchaytirgichlarning qo‘llanilishi.

Avtomatik rostlash tizimi pnevmatik uzatmalarida boshqarish organlarini siljitish uchun zaruriy energiya sifatida mahsus manbadan keluvchi gaz energiyasi ishlatiladi. Har qanday pnevmatik uzatma pnevmatik kuchaytirgich va pnevmatik ijro qurilmasidan iborat bo`ladi. Pnevmatik ijro qurilmasining ikkita ishchi kamerasi orasidagi gaz oqimlarini taqsimlash, bosim va sarfni rostlash pnevmatik kuchaytirgich yordamida amalga oshiriladi. Pnevmatik dvigatel bo`shliqlaridagi bosimlar farqi ma’lum sarfga mo`ljallangan tezlikka mos holda porshen va shtokni siljituvchi kuchini hosil qiladi.
Pnevmatik kuchaytirgich bilan boshqariladigan ta’sir quvvati juda kichik (bir necha vatt), ikkita gaz oqimlarining pnevmatik dvigatel porsheniga bo`ladigan ta’sir quvvatlari farqi esa ancha yuqori (kilovattlarda), demak bu holda katta kuchaytirish koeffisiyenti hosil bo`ladi. Bu narsa ko`p holatlarda ishonchli, oddiy va kompakt pnevmatik kuchaytirgichlar yaratish imkonini beradi.
Pnevmatik kuchaytirgich PK avtomatlashtirilgan uzatmaning shunday qurilmasiki, quvvat bo`yicha elektromexanik o`zgartirgichning kichik mexanik signalini pnevmatik dvigatel chiqish vali tezligini o`zgartirish maqsadida pnevmatik dvigatelga beriladigan ancha kuchli gaz oqimi ta’siriga o`zgartirib berishga mo`ljallangan.
Pnevmatik kuchaytirgich uzatma tizimining quvvat bo`yicha umumiy kuchaytirish koeffisiyentini gaz oqimi(siqilgan havo, istalgan tarkibdagi qaynoq gaz)ning qo`shimcha energiyasidan foydalanish evaziga oshiradi.
Barcha pnevmatik kuchaytirgichlar uchta rostlash tizimlari sinfiga bo`linadi. Bular quyidagilar:
Uzluksiz ta’sir qilish tizimi. Elektromexanik o`zgartirgichning boshqaruv ta’siri va pnevmatik kuchaytirgich gaz oqimi parametrlari orasida uzluksiz funksional bog’liqlik bor.
Impulsli ta’sir qilish tizimi. Pnevmatik kuchaytirgich gaz oqimi parametrlarining qiymatlari impulslar ketma-ketligidan iborat, impulslar qaytarilish chastotasi elektromexanik o`zgartirgichning alohida(diskret) vaqt momentidagi boshqaruvchi ta’sir qiymatiga bog’liq.
Releli ta’sir qilish tizimi. Pnevmatik kuchaytirgich gaz oqimi parametrlarining qiymatlari boshqaruvchi ta’sirning kirishdagi qiymatiga bog’liq bo`lmagan holda doimiy bo`lib qoladi, uning qutbliligi esa ushbu ta’sir belgisini anglatadi.
O`z navbatida pnevmatik kuchaytirgichlarning har bir tizimi drosselli boshqarish tamoyiliga ko`ra beshta turli tiplarga bo`linadi:

  • Kirish va chiqishda drosselli boshqarishga asoslangan pnevmatik kuchaytirgichlar (purkovchi trubkali pnevmatik kuchaytirgichlar);

  • Kirishda bitta bo`shliqqa va chiqishda boshqa bo`shliqdan drosselli boshqarishga asoslangan pnevmatik kuchaytirgichlar (zolotnikli pnevmatik kuchaytirgich);

  • Faqat chiqishda drosselli boshqarishga asoslangan pnevmatik kuchaytirgich (soplo (konussimon naycha) - zaslonkali pnevmatik kuchaytirgich);

  • Faqat kirishda drosselli boshqarishga asoslangan pnevmatik kuchaytirgich(zaslonkali pnevmatik kuchaytirgich);

  • Kombinatsiyalashgan tipli pnevmatik kuchaytirgich.

Purkovchi trubkali pnevmatik kuchaytirgich qurilmasini o`rganish va uning ishlash prinsipini aniqlash uchun 1-rasmda pnevmatik kuchaytirgichning konstruktiv sxemasi, 2a-rasmda esa gaz oqimlarining sxemasi ko`rsatilgan. Gaz oqimi shtuser(sirti rezbali kalta truba parchasi) 1 va o`tish vtulkasi(tiqini) 3 orqali o`tadi. Purkovchi trubka 2 va qabul qiluvchi darchalar 5 va 6 kirish oqimi Gkir. ni pnevmatik dvigatelning birinchi (G11) va ikkinchi (G12) bo`shlig’iga oqib kiruvchi oqimni o`zgartiradigan elektromexanik o`zgartirgich o`qi 4 ning aylanish burchagiga bog’liq holda ikkita o`zgaruvchiga bo`ladi. Bunda pnevmatik dvigatel bo`shliqlaridan oqib chiquvchi oqimlar(G21 va G22) ham aylanish burchagiga bog’liq holda o`zgaradi. Avtomatik rostlash uzluksiz tizimida elektromexanik o`zgartirgichning boshqaruvchi ta’siri, elektromexanizk o`zgartirgich o`qi aylanish burchagi (α) va oqimlar parametrlari (G11, G12, G21 va G22) o`rtasida uzluksiz funksional bog’liqlik mavjud.

1-rasm. Purkovchi trubkali pnevmatik kuchaytirgichning konstruktiv sxemasi: G1 – birinchi bo`shliqqa beriladigan gaz sarfi; G2 – ikkinchi bo`shliqqa beriladigan gaz sarfi; Gkir – kiruvchi gaz oqimi sarfi.

2-rasm. Purkovchi trubkali pnevmatik kuchaytirgich:
A – gaz oqimlarining sxemasi; 1,2 – bosim qabul qilgichning kirish tirqishlari; b – pnevmatik ko`prik sxemasi.

Soplo-zaslonkali pnevmatik kuchaytirgich 3-rasmda ko`rsatilgan bo`lib, faqatgina pnevmatik dvigatel bo`shliqlaridan gaz oqib chiqishida o`zgaruvchan gaz qarshiliklari(R21 va R22)ga ega, oqim kirishidagi gaz qarshiliklar(R11 va R12)i esa doimiy qiymatlarga ega. Chiqishdagi o`zgaruvchan gaz qarshiliklari elektromexanik o`zgartirgich o`qi aylanish burchagi α ga proporsional x qiymatga siljuvchi zaslonkalar 2 va 5 bilan bog’liq holda soplo 1 va 6 lar yopilishini ifodalaydi; elektromexanizk o`zgartirgich o`qi aylanish burchagi bilan zaslonkalar x siljishi o`rtasida uzatish mexanizmi 3 yordamida uzluksiz aloqa mavjud. Bu turdagi pnevmatik kuchaytirgichning pnevmatik sxemasi purkovchi trubkali pnevmatik ko`prikli umumiy sxemasidan farqi faqat ushbu holatda oqim kirishining gaz qarshiliklari R11 va R12 lar doimiy hisoblanadi.

3-rasm. Soplo-zaslonkali pnevmatik kuchaytirgichning konstruktiv sxemasi.
Yassi zolotnikli pnevmatik kuchaytirgich 4-rasmda ko`rsatilgan bo`lib, yuqorida aytilganlardan farqi unda elektromexanik o`zgartirgich o`qi 1 bir tomonga og’ganda plastina 3 ning siljishi va G11 oqim kirishi(gaz qarshiligi R11) sarfining o`zgarishi hamda G22(R22) oqim chiqishi(oqim kirish qarshiligi R12 va oqim chiqish qarshiligi R21 amalda cheksiz yuqori bo`ladi) sodir bo`ladi. Elektromexanik o`zgartirgich o`qi boshqa tomonga og’ganda oqim kirishi R12 va oqim chiqishi R21 gaz qarshiliklarining o`zgarishi sodir bo`ladi(R11 va R22 gaz qarshiliklari qiymatlari doimiy qoladi).

4-rasm. Zolotnikli pnevmatik kuchaytirgichning konstruktiv sxemasi: 1 – elektromexanik o`zgartirgich o`qi; 2 – tyaga (mexanizmning tortish quvvatini bir qismidan ikkinchisiga uzatib berib turuvchi uzun o`q); 3 – plastina; 4 – plastina prujinasi; 5,7,8 – kanallar; 6 – korpus
Kombinatsiyalashgan pnevmatik kuchaytirgichlar tipiga ko`p kaskadli pnevmatik kuchaytirgichlar tegishli bo`ladi. 5-rasmda ikki kaskadli pnevmatik kuchaytirgichning tipik konstruksiyasi ko`rsatilgan. Bunday pnevmatik kuchaytirgichning kirish kaskadi purkovchi trubkali kuchaytirgichdan iborat, kuch kaskadi esa soplo-zaslonkali pnevmokuchaytirgichdan tashkil topgan.

5-rasm. Ikki kaskadli pnevmatik kuchaytirgichning konstruktiv sxemasi:
Gkir1 – kirish kaskadining gaz sarfi; Gkir – kuch kaskadining gaz sarfi; 1 – zaslonka porsheni; 2 – zaslonka; 3 – vtulka; 4 – barmoq(palets); 5 – zaslonka tyagasi; α – purkovchi trubkaning og’ish burchagi



Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling