2-modul. Kuchlanishi 1000 voltdan kichik boʻlgan elektr jixozlar. 3-maʼruza
Saqlagichlarning turlari va tuzilishi
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
3-ma\'ruza
Saqlagichlarning turlari va tuzilishi Elektr zanjirda qisqa tutashuv yoki oʻta yuklanish boʻlsa uni avtomatik ravishda bir marta uzish uchun xizmat qiladigan jihoz saqlagich, deb ataladi. Zanjirni saqlagich vositasida uzish eruvchan qymaning erishi orqali amalga oshadi, bu eruvchan qyma oʻzidan muhofazalanmagan zanjirning toki oʻtganda qizib eriydi. Zanjir uzilgandan soʻng eruvchan qoʻyma qoʻlda almashtirilishi lozim. Konstruktsiyasining soddaligi va arzonligi sababli eruvchan saqlagichlar sanoat elektr tizilmalarida, elektr stantsiyalari va podstantsiyalarida, turmushda keng qoʻllaniladi. Saqlagichlar turli konstruktsiyalarga ega boʻlishi mumkin va milliamperdan minglab amperlargacha toklarga moʻljallanadi. Hamma saqlagichlarda asosiy elementlar boʻlib: korpus, eruvchan qyma, kontakt qism, yoy soʻndiruvchi qurilma yoki yoy soʻndiruvchi muhit hisoblanadi. Saqlagichlar eruvchan qymaning nominal toki bilan, ya`ni eruvchan qyma uzoq ishlashi uchun hisoblangan tok bilan tavsiflanadi. Saqlagichning birgina korpusiga turli nominal toklarga moʻljallangan eruvchan qymalar oʻrnatilishi mumkin, shuning uchun ayni saqlagich saqlagichning nominal toki bilan tavsiflanib, u mana shu konstruktsiyadagi saqlagich uchun moʻljallangan eruvchan qymalarning nominal toklari ichida eng kattasiga teng. Normal rejimda yuklama toki tahsirida eruvchan qymadan ajrayotgan issiqlik atrof–muhitga tarqaladi va saqlagichning hamma qismlarining harorati ruxsat etilgandan oshmaydi. Oʻta yuklanish va qisqa tutashuvlarda qyma harorati ortib, uning erishiga olib keladi. Demak, tok qancha katta boʻlsa, qymaning erish vaqti shuncha kichik boʻladi. Erish (ishlay boshlash) vaqtining tokka bogʻliqligi saqlagichning vaqt–tok tavsifi deb yuritiladi (20.4–rasm). 20.4–rasm. Saqlagichning vaqt tokli tavsifi Eruvchan qoʻyma –saqlagichning asosiy elementi boʻlib, mis, rux, qoʻrgʻoshin va kumushdan tayyorlanishi mumkin. Rux va qoʻrgʻoshinning erish harorati kichik (tegishlicha 419 va 327 0 S). Rux korroziyaga chidamli, shuning uchun eruvchan qymaning kesimi ishlatish vaqtida oʻzgarmaydi, tavsifistikasi doimiy qoladi. Biroq mustahkam oksid plyonka tufayli qyma eriganda buzilmaydi, suyuq metall plyonka ichida saqlanadi. Bu esa I cheg ning keng chegaralarda oʻzgarishiga olib keladi. Rux va qoʻrgʻoshinning solishtirma qarshiligi katta, shuning uchun ulardan tayyorlangan eruvchan qymalar katta kesimga ega. Bunday qymalarni saqlagichlarda toʻldirgichlarsiz ishlatish mumkin. Rux va qoʻrgʻoshindan qilingan qymali saqlagichlar oʻta yuklanishdan katta tutib turish vaqtiga ega. Qyma erigandan soʻng elektr yoy hosil boʻlib, uni mumkin qadar tez oʻchirish lozim. Saqlagichlarda yoyni soʻndirish uchun tor tirqish, gazlarning yuqori bosimi, puflash effektidan foydalaniladi. Hech qanday shikastlanish yoki deformatsiya sodir boʻlmasdan saqlagich uzishi mumkin boʻlgan eng katta tok uzishning chegara toki deb yuritiladi. Yopiq qismlarga ajraydigan toʻldirgichsiz patronli PR–2 tip saqlagichlar 220 va 500 V ga va 15–1000 A patronlarning tokiga moʻljallab ishlab chiqariladi (20.5–rasm). Uzishning chеgara toki nominal tokka bogʻliq, boʻladi va 1200–2000 A oraliqlarda boʻladi. 100 A va undan yuqori tokka moʻljallangan saqlagich PR–2 ning patroni (4.30- rasm, a) qalin dеvorli fibrali trubka 1 dan iborat bu trubkaga uning yorilishini oldini oluvchi jеz vtulkalar 3 kiydirilgan. 20.5–rasm. PR-2 tipdagi saqlagich: a–100–1000 A nominal toklar uchun patron; b–eruvchan qoʻyilmalarning shakllari. PR-2 saqlagichlarining afzalligi boʻlib, ularni oson qayta zaryadlash hisoblanadi, kamchiligi esa toʻldirilgan saqlagichlarga qaraganda oʻlchamlarining birmuncha kattaligidir. PN-2 TIP toʻldirilgan saqlagichlar (20.6–rasm) oʻzgaruvchan tokning 500 V gacha va oʻzgarmas tokning 440 V gacha boʻlgan kuch zanjirlarini muhofaza qilish uchun qoʻllaniladi va 100–600 A nominal toklarga moʻljallab ishlab chiqariladi. Chinnidan tashqi koʻrinishi kvadrat va ichi aylana shaklida ishlangan trubka 1 vintlar uchun toʻrtta rеzbali tеshikka ega boʻlib, ular yordamida zichlovchi qistirma 5 bilan qopqoq 4 mahkamlanadi. Eruvchan qoʻyma 2 kеsilgan kontakt pichoqlar 3 ning shaybasiga elеktrokontakt nuqtali payvandlash yoʻli bilai biriktirilgan . Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling