2-modul: Maktabgacha yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqaning o’rni Maqsad
Download 150.49 Kb. Pdf ko'rish
|
2-MODUL: Maktabgacha yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqaning o’rni Maqsad Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablari dasturi bilan ishlashga o’rgatish Vazifalar Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilishi Ta’limiy: Tinglovchilarda mavzuning mazmuni va mohiyati bo’yicha bilimlar hosil qilish; 1. Davlat talablarining vazifalari, sohalari va yo’nalishlari 2. Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha
3. 2 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish
Maktabgacha ta’limga
qo’yiladigan davlat talablari dasturi bilan ishlashga o’rgatish Ta’limiy savol: Davlat talablarining vazifalari, sohalari va yo’nalishlarini ayting? Ta’limiy savol: Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha tushuncha bering? Rivojlantiruvchi savol: 2 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilishi haqida gapirib bering?
Mazkur Davlat talablari asosida Qaysi savollar beriladi? 2 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish Dars (ma’ruza) yakunida tinglovchi tushunadi ( ko’nikma): Davlat talablarining vazifalari, sohalari va yo’nalishlari
Bolalarning bilim, ko’nikma va malakalari, ularning turlarini ayting? Dars ( ma’ruza) yakunida tinglovchi bajara oladi (malaka): Bolalarning bilim, ko’nikma va malakalari Qanday topshiriqlar beriladi: Davlat talablarining vazifalari, sohalari va yo’nalishlari haqida tushuncha bering?
1-bosqich Tashkiliy qism Dars xonasining darsga tayyorligi
holati, tinglovchilar davomati tekshiriladi 5 daqiqa 2-bosqich Refleksiya Ehtiyojlarni aniqlash
Tinglovchilarni qiziqtirgan va ular uchun muammo bo’lgan savollarni aniqlash Suhbat “Fikrlar banki” 8 daqiqa
3 bosqich Yangi
mavzuning bayoni
O’qtituvchi yangi mavzuning tinglovchilarga yetkazadi va guruhlarda ish olib boradi. Interfaol metodlar va faollashtiruvchi mashqlar
2 soat 4-bosqich Mustahkamlash
mustahkamlash uchun tinglovchilarga qo’shimcha savollar beriladi
Savol- javob 15 daqiqa 5-bosqich Baholash
Dars yakuni Dars yakunida faol qatnashgan tinglovchilar rag’batlantiriladi O’qituvchi darsga yakun yasaydi va darsni yakunlaydi Faol
tinglovchilar aniqlanadi 5 daqiqa
6- bosqich: Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar (uyga vazifa) Test topshiriqlari Referat mavzulari Test topshiriqlari topshiriladi. 25 daqiqa 1-ilova BALIQ SKLETI SABAB VA OQIBATLARI OLDI OLISH CHORA-TADBIRLARI 2-ilova Qarama –qarshi metod Mavzu oid bo’lgan so’zlar Mavzu oid bo’lmagan so’zlar 3-ilova FSMU- texnologiyasi F – fikr S – sabab M – misol U – Umumiy xulosa 4-ilova Soat mili usuli O’tgan hozirgi zamon zamon Kelasi zamon Qanday? Qanday Qanday? Qanday? Qanday?
Qanday? Qanday? Qanday? Qanday? Qanday? 5-ilova
B./ B. /B texnologiyasini qo’llash qoidalari O’rta guruxda loydan buyum yasashga o’rgatish Mavzu savoli Bilaman Bildim Bilishni xohlayman 1. 2 Amaliy mashg’ulotda ishlash tartibi va reglament 1. Aqliy xujum – 5 min. 2. Test – 30 min. 3. Guruhlarda ishlash – 15 min. 4. Prezentatsiya – 5 min. 5. Jamoa bo’lib muhokama qilish va guruhlarni o’zaro baholash - 2 min. Reja: 1. Davlat talablarining vazifalari, sohalari va yo’nalishlari 2. Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha 3. 2 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish Tayanch iboralar: Mazkur Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda Davlat talablari deb yuritiladi) O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-son «2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 372-son «O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida»gi qaroriga asosan maktabgacha yoshdagi bolalarni (bundan buyon matnda bolalar deb yuritiladi) maktabgacha ta’lim muassasalarida har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, ko’nikma va malakalarini shakllantirish hamda maktab ta’limiga tayyorlash bo’yicha davlat talablarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Davlat talablari: davlat maktabgacha ta’lim muassasalari; nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari; qisqa muddatli guruhlar; 7 yoshgacha bolalar mavjud bo’lgan mehribonlik uylari va bolalar shaharchalariga nisbatan tatbiq etiladi. 2. Mazkur Davlat talablari asosida: bolalarning bilim, ko’nikma va malakalari, ularning har tomonlama rivojlanishi hamda maktab ta’limiga tayyorgarlik darajalari aniqlanadi; ta’lim-tarbiya dasturlarining tuzilishi belgilanadi; ta’lim-tarbiya, variativ, korrektsion-pedagogik hamda mualliflik dasturlari ishlab chiqiladi; maktabgacha ta’lim tizimining resurs bazasi yaratiladi; zamonaviy o’quv-uslubiy qo’llanmalar, texnik vositalar, o’yinchoqlar va o’yinlarning metodik talablarga mosligi belgilanadi; ta’lim-tarbiya dasturlarini amalga oshirishda predmetli-rivojlantiruvchi muhitga talab qo’yiladi; moddiy-texnika bazasining ta’minot me’yorlari ishlab chiqiladi; bolalarni oilada tarbiyalashning tashkiliy-pedagogik-psixologik va uslubiy manbaalari yaratiladi.
bolalarni maktabda o’qishga tayyorlash; bolalarning sog’lom va har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlash hamda unda o’qishga intilish hissini uyg’otish; bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun integral ta’limni tashkil etish; shaxsga yo’naltirilgan ta’lim-tarbiyani amalga oshirish; bolalarni xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish; bolalarni maktabda o’qishga tayyorlashda ularning ota-onalari bilan o’zaro hamkorlik qilish hamda ota-onalarga amaliy jihatdan ko’maklashish; bolalarda ijtimoiy-kommunikativ, axloqiy, estetik, intellektual, jismoniy sifat va salohiyatlarni uyg’otish hamda rivojlantirish; bolalarni sog’lom turmush tarzi bilan tanishtirish; bolalarda mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik xislatlarini shakllantirish; bolalarga dunyo haqida tushunchalar berish va tasavvurlarini kengaytirish; bolalarning yoshi, individual, psixologik va jismoniy xususiyatlari hamda qobiliyatini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish.
jismoniy rivojlantirish va madaniy-gigienik ko’nikmalarni shakllantirish; ijtimoiy-kommunikativ rivojlantirish; nutq, savod, o’qish va chet tillarining o’rgatilishiga tayyorlash; bilish jarayonini rivojlantirish; badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish va badiiy estetik rivojlantirish. 5. Jismoniy rivojlantirish va madaniy-gigienik ko’nikmalarni shakllantirish sohasi quyidagi yo’nalishlarga bo’linadi: yirik motorikani rivojlantirish; mayda motorikani rivojlantirish; sensomotorikani rivojlantirish; madaniy-gigienik ko’nikmalarni shakllantirish.
ijtimoiylashuv, muloqot va odob-axloq qoidalarini shakllantirish; bolaning oila va jamiyatda o’zini tutishi; bolada mehnat tarbiyasini shakllantirish; xavfsizlik asoslarini shakllantirish. 7. Nutq, savod, o’qish va chet tillarining o’rgatilishiga tayyorlash sohasi quyidagi yo’nalishlarga bo’linadi: nutqni rivojlantirish; savod va o’qishga tayyorlash; chet tillarining o’rgatilishiga tayyorlash. 8. Bilish jarayonini rivojlantirish sohasi quyidagi yo’nalishlarga bo’linadi: dunyo haqida bilim va tushuncha berish; elementar matematik tasavvurlarini shakllantirish. 9. Badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish va badiiy estetik rivojlantirish sohasi quyidagi yo’nalishlarga bo’linadi: badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish; badiiy estetik qobiliyatlarini rivojlantirish; musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish. 10. Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha: 2 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining 1-ilovasiga muvofiq; 2 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining 2-ilovasiga muvofiq; 3 yoshdan 4 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining 3-ilovasiga muvofiq; 4 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining 4-ilovasiga muvofiq; 5 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining 5-ilovasiga muvofiq; 6 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining 6-ilovasiga muvofiq belgilanadi. Davlat talablari sohalari yo’nalishlarining bajarilish indikatorlari yosh davri bo’yicha o’sib boruvchi tartibda ko’rsatiladi.
maktab ta’limiga tayyorgarlik darajalari mazkur Davlat talablarining 7-ilovasida nazarda tutilgan mashg’ulot va faoliyatlarni o’tkazish jarayonida mazkur Davlat talablarining 1 — 6-ilovalarida ko’rsatilgan indikatorlarning bajarilishini kuzatish, o’rganish, tahlil qilish va baholash orqali aniqlanadi. 12. Mashg’ulotlar o’quv yili hamda sog’lomlashtirish davrida oy va hafta kesimida mazkur Davlat talablarining 8-ilovasida ko’rsatilgan davriylikda o’tkaziladi. Bunda mashg’ulotlar qisqa muddatli guruhlarda mazkur Davlat talablarining 9-ilovasida ko’rsatilgan davriylikda o’tkaziladi.
13. Mazkur Davlat talablari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Respublika oila ilmiy-amaliy markazi bilan kelishilgan. 2 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish INDIKATORLARI Badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish va badiiy estetik rivojlantirish Musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish o’zi yoqtirgan bolalar ko’rsatuvidan ta’sirlanadi va qiziqish bilan tomosha qiladi musiqa eshitganda tana harakati bilan raqsga tushishga harakat qiladi yaxshi ko’radigan oddiy va sevimli qo’shiqlarini aytishga harakat qiladi 2 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish INDIKATORLARI Badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish va badiiy estetik rivojlantirish Musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish musiqa eshitganida raqsga tushadi va bilgan qo’shiqlarini yoddan aytadi boshqa bolalarga qo’shilib qo’shiq aytadi qo’shiqning ritmiga moslashib chapak chaladi va harakatlanadi kattalar yordamida oddiy raqs elementlari bilan sahnalashtirilgan raqsga tushadi 3 yoshdan 4 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish INDIKATORLARI Badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish va badiiy estetik rivojlantirish Musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish musiqa tinglashga qiziqadi raqs harakatlarini bajara oladi (juftlikda aylanish, oyoqlarini navbat bilan tashlash, predmetlar bilan musiqa ohangiga mos harakat qiladi) qo’shiqning mazmunini tushunadi musiqa bilan jo’rlikda harakatni boshlaydi va yakunlaydi musiqa ritmiga qarab yuradi va yuguradi yuqori va past tovushlarni farqlaydi yoshiga mos raqs harakatlarini bajaradi (qarsak chalish, aylanish, qo’l kaftlarini aylantirish, hakkalab sakrash) milliy raqs elementlarini egallashga harakat qiladi musiqa tempiga moslashib harakatlarni bajaradi yoshiga mos musiqa asboblarini chaladi (shiqildoq)
musiqiy asarlarni tinglaydi (kuy, qo’shiq) jamoaviy jo’rlikda (xorovod) harakatlarni musiqa va qo’shiqning so’zlariga mos bajaradi ba’zi san’at turlari va janrlarini farqlaydi (qo’shiq, raqs, musiqa, she’riy asar, nasriy asar, topishmoq, rasm, haykaltaroshlik) kuy va qo’shiqlarda yuqori va past tovushlarni farqlaydi baralla-kuchli tovush (forte) va ohista-kuchsiz jaranglarni (piano) farqlaydi kuy, ritm va xarakterga mos ravishda qo’shiqlarni aytadi, qo’shiq so’zlarini aniq talaffuz qiladi va akkomonementni tinglaydi doira bo’ylab ritmik harakatlarni bajaradi (yuradi, yengil yuguradi) raqs harakatlari ketma-ketligini esda tutgan holda mustaqil bajaradi predmetlar bilan sahnalashtirilgan raqsga tushadi (gul, shiqildoq, doiracha, shar) milliy raqs harakatlarini musiqaga moslab bajaradi juftlikda sahnalashtiriladigan raqs harakatlarini to’g’ri bajaradi musiqiy didaktik o’yinlarni o’ynaydi (do’stingni ovozidan top) yoshiga mos musiqa asboblarni chaladi (qo’ng’iroqcha, buben, fortepiano) o’ziga tanish bo’lgan musiqiy asarlarni mustaqil xirgoyi qiladi musiqiy asarlardan qo’shiq, raqs, marsh janrlarini biladi va farqlaydi qo’shiq aytish va raqs san’atiga qiziqadi yakkaxon va jo’rlikda qo’shiq aytadi va qo’shiqning naqarot qismini biladi musiqiy asarlarni tinglaydi (kuy, qo’shiq)
5 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish INDIKATORLARI Badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish va badiiy estetik rivojlantirish O’zbekiston Respublikasi madhiyasini kuy va qo’shig’ini boshqa musiqiy asarlardan farqlaydi tinglagan musiqiy asarning xarakterini o’z so’zlari bilan tasvirlaydi qo’shiq xarakteri, kuy intonatsiyasini mustaqil izohlaydi qo’shiq qismlarini biladi va farqlaydi (musiqiy kirish, kuplet, naqarot, musiqiy yakuniy qism) qo’shiqlarni musiqa tempi, to’g’ri nafas olib, intonatsiya va xarakteriga mos kuylaydi lirik xarakterdagi qo’shiqlarni kuylaydi ayrim musiqiy atamalarni biladi va farqlaydi (nota, tovush qatori, butun nota, chorak nota) ayrim bastakorlar haqida biladi yakkaxon, juftlik, jamoaviy jo’rlikda (xorovod) raqs harakatlarini to’g’ri bajaradi (doira bo’ylab juftlikda yurish, yugurish, hakkalab sakrab yurish, keng va tor doira bo’lish va 2 ta doira bo’lib yurish) milliy kuyga sahnalashtirilgan raqs xarakterini tushunadi, milliy raqs elementlari bilan raqsga tushadi (ko’zguga qara, maysani sila) yoqtirgan kuyga mos raqs harakatlarini mustaqil o’ylab topadi orkestr haqida ba’zi tushunchaga ega (orkestr, simfonik orkestr va skripka, fleyta, arfa) opera va balet haqida tushunchaga ega ayrim milliy musiqiy cholg’u asboblarini biladi va ovozidan farqlaydi (doira, nog’ora, safoyil, taxta qarsak) ayrim zarbdor musiqiy cholg’u asboblarni biladi va ovozidan farqlaydi (baraban, doira) yoshiga mos musiqiy asboblarni yakkaxon va ansamblda chaladi 6 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish Indikatorlari Badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish va badiiy estetik rivojlantirish O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi musiqasi va uning so’zlarini yoddan biladi musiqiy asarlarni mustaqil tahlil qiladi (janri, mazmuni, xarakteri, tempi) musiqiy san’at asarlariga qiziqadi, ularni tinglagan holda taassurotlarini rasmlarda tasvirlaydi musiqiy savodxonlikka ega (major, minor, registr, ovoz balandligi, forte, piano tushunchalari, asar janri) tovush qatori akkord bo’yicha yuqori va past tovushlarni farqlaydi, mustaqil tovush qatorida to’liq kuylaydi ayrim milliy musiqiy cholg’u asboblarini biladi va ovozidan farqlaydi (dutor, rubob, karnay, surnay, nay) milliy, zamonaviy, sport raqs harakatlarini mustaqil bajaradi milliy raqslarni predmetlar bilan ijro etadi (doira, dutor, ro’mol, ko’za) sport raqslarini predmetlar bilan ijro etadi (gimnastika lentasi, halqa, to’p) musiqiy asarlarni sahnalashtirishda ishtirok etadi va rollarni hissiyot bilan ijro etadi yoshiga mos musiqiy asboblarda kuylarni mustaqil chaladi (metallofon, baraban, uchburchak, marakas) musiqiy rivojlantiruvchi va didaktik o’yinlarni qiziqish bilan o’ynaydi
musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish musiqa mashg’uloti didaktik o’yinlar musiqiy didaktik o’yinlar musiqiy harakatli o’yinlar sahnalashtirish bayram, ko’ngil ochar tadbirlar
1. 2 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining 1-ilovasiga muvofiq savollar tuzing? 2. 2 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining 2-ilovasiga muvofiq tushuncha bering?
3. 3 yoshdan 4 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining 3-ilovasiga muvofiq tushuncha bering? 4. 4 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining 4-ilovasiga muvofiq tushuncha bering?
5. 5 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining 5-ilovasiga muvofiq tushuncha bering? 6. 6 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining 6-ilovasiga muvofiq belgilanadi tushuncha bering? 7. Davlat talablari sohalari yo’nalishlarining bajarilish indikatorlari yosh davri bo’yicha o’sib boruvchi tartibda ko’rsatiladi tushuncha bering? Document Outline
Download 150.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling