«Qur’on» so’zi arabcha «Qiroat» degani bo’lib, 114 suradan iborat.
Qur’oni Karim insonni ham aqliy, ham axloqiy, ham jismoniy shakllantirishda, bir so’z bilan aytganda, komil insonni tarbiyalashda muhim manbadir.
Unda odob-ahloq madaniyati, huquqiy munosabatlar va insonni ulug’lashga oid muhim ko’rsatmalar mavjud.
Jumladan, «Bandalarimga aytingki, ular eng go’zal so’zlardan so’zlashsinlar», «Biz odam bolalarini mukarram qildik… ularga halol, pok narsalardan rizqu - ro’z berdik va ularni o’zimiz yaratgan juda ko’p jonzotlardan afzal - ustun qilib qo’ydik» ─ deb ko’rsatiladi.
Imom al – Buxoriy ta’lim va tarbiya to’g’risida.
Islom dini ta’limotida Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba hadislardir. Hadis ilmiga VIII asrning 2-yarmidan boshlab mo’tabar shaxslar tartib berganlar. Ulardan birinchisi Muhammad payg’ambar hadislarini yod olib yurgan hazrati Abu Xurayra bo’lib, hadisga tartib berishning boshida Umar ibn Abdulaziz (xalifa) turgan edi.
VIII-XI asrlar orasi hadis ilmi uchun «oltin davr» hisoblanadi. Bu davrda soxta va to’g’ri hadislarni – tadqiq etishga kirishiladi. Ana shu tarzda hadis ilmi rivojlanadi. Islom dunyosida eng nufuzli manbalar deb sanalgan oltita ishonchli to’plam (As-sahih as-sitta)ni yaratgan muhaddislar ham vatandoshlarimiz bo’lib, ular:
- Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoilal-Buxoriy (810-870 y.);
- Imom Muslim ibn al-Xajja (819-874 y.);
- Imom Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy (824-892 y.);
- Imom Abu Dovud Sulaymon Sajistoniy (817-880 y.);
- Imom Ahmad an-Nasoiy (830-915 y.);
- Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Mojja (824-886 y.) kabi allomalardir.
Nazorat savollari:
1.Pedagogika tarixining maqsadi va vazifasi nimalardan iborat?
2.Qaysi bitiktoshlarni bilasiz va ularning bir-biridan farqini aytib bering?
3.Avesto kitobi necha bobdan iborat va Yunonistonga kim olib keldi?
4.O’rxun-Yenasoy yodgorliklari va ularning ahamiyati.
5.O’zbekistonda pedagogik tafakkur taraqqiyoti tarixini necha davrga bo’lib o’rganish mumkin.
6. Nima uchun o’sha davrlarda zardushtlik – yakka xudolik g’oyasiga alohida e’tibor berilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |