Namangan davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bts cu 22 –guruh talabasi boltaboyeva naimaning boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanidan tayyorlagan taqdimoti


Download 7.32 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi7.32 Kb.
#1830117
Bog'liq
Boltaboyeva N

NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI PEDAGOGIKA FAKULTETI BOSHLANG‘ICH TA’LIM YO‘NALISHI BTS CU 22 –GURUH TALABASI BOLTABOYEVA NAIMANING BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI

REJA

  • 1. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fani maqsadi va vazifalari. 2. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasining asosiy kategoriyalari va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. 3.Shaxsni rivojlantirishda pedagogikaning o’rni.
  • 4.Hozirgi zamon pedagoglariga qo’yilayotgan talablar.

PEDAGOGIKA (yunoncha, pais-bola, agogos-yetaklash, bola yetaklovchi) – tarbiya haqidagi ta’limot, tarbiyalash san’ati, tarbiya insonni shakllantirishga qaratilgan muayyan tizimli faoliyat hamda ta’lim-tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari haqidagi fan. TARBIYA- aniq maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir jarayoni: shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy, madaniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan uzoq muddatli amaliy pedagogik jarayon.

  • PEDAGOGIKA (yunoncha, pais-bola, agogos-yetaklash, bola yetaklovchi) – tarbiya haqidagi ta’limot, tarbiyalash san’ati, tarbiya insonni shakllantirishga qaratilgan muayyan tizimli faoliyat hamda ta’lim-tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari haqidagi fan. TARBIYA- aniq maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir jarayoni: shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy, madaniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan uzoq muddatli amaliy pedagogik jarayon.

O‘zbekiston Respublikasining ,,Ta’lim to‘grisidagi’’, ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’ to‘g‘risidagi qonunlarda ta’lim davlatimizning ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor deb ta’kidlanishi pedagogika fani zimmasiga juda katta mas’uliyatli vazifalarni yukladi. Mutafakkir A. Avloniy ta’kidlaganidek, ,,Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir’’. Har bir mustaqil fan o‘zining predmeti va metodologik asoslariga egadir. Boshqa fanlar kabi pedagogika ham fan sifatida paydo bo‘lar ekan, u avvalo jamiyatning talab va ehtiyojlari asosidan kelib chiqadi.

        • O‘zbekiston Respublikasining ,,Ta’lim to‘grisidagi’’, ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’ to‘g‘risidagi qonunlarda ta’lim davlatimizning ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor deb ta’kidlanishi pedagogika fani zimmasiga juda katta mas’uliyatli vazifalarni yukladi. Mutafakkir A. Avloniy ta’kidlaganidek, ,,Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir’’. Har bir mustaqil fan o‘zining predmeti va metodologik asoslariga egadir. Boshqa fanlar kabi pedagogika ham fan sifatida paydo bo‘lar ekan, u avvalo jamiyatning talab va ehtiyojlari asosidan kelib chiqadi.

Pedagogika nima? Nima bilan shug‘ullanadi? Pedagogika darslarida, pedagogikaga oid qomuslarda pedagogikaning bahsi turlicha, ayrim hollarda, bir-biridan farqlanadigan darajada talqin qilinadi. Pedagogika atamasi yunoncha ,,pedagogos’’ degan so‘zdan olingan bo‘lib, ,,bola yetaklovchi’’ degan ma’noni bildiradi. Tarixiy manbalarni ko‘rsatishicha, qadimiy yunonlarda quldorning bolasini yetaklovchi, qarovchini pedagog deb atashgan. Inson yaratilishi, paydo bo‘lishi zahotiyoq ilm va tarbiyaviy sifatlar uning yashash, hayot kechirishi uchun eng zaruriy shart vositalar ekanligini anglab boradi. Tarbiya eng avvalo insonni o‘ziga qaratilgandir. Har bir shaxs doimo ham aqliy, ham tarbiyaviy, jismonan takomillashib, shakllanib boradi.
Pedagogning shaxsiy va ma’naviy –axloqiy sifatlari
Pedagogning shaxsiy va ma’naviy –axloqiy sifatlari
Shaxsni rivojlantirishda pedagogikaning o’rni.
Hozirgi zamon pedagoglariga qo’yilayotgan talablar. Zamonaviy Metodlar.
XXI asr o‘quvchisi uchun zarur ko‘nikmalarini o‘rgatuvchi model – 4K haqida
4K nima degani?
4K yondashuvi o‘z nomi bilan 4 ta tamoyilni o‘z ichiga oladi:
Kollaboratsiya: Darsliklar o‘quvchilarning jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan tarzda tuzilgan. Bu o‘quvchilarga hamkorlik qilish, samarali fikr almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini o‘rganishga ko‘maklashadi.
Kommunikativlik: O‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq, ravshan ifodalashga, suhbatdoshni tinglashga va tushunishga, ma’lumotni yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishga o‘rganadi.
Kreativ fikrlash: O‘quvchilar o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni qo‘llashni o‘rganadi, innovatsion yechimlarni ishlab chiqadilar va ijodiy muammolarni hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Kritik (tanqidiy) fikrlash: Ushbu metodologiya o‘quvchilarning axborotni tanqidiy baholash, o‘z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar muammolarga tahliliy nuqtayi nazardan yondashishni o‘rganadi va mantiqiy fikrlash asosida o‘z nuqtayi nazarini shakllantiradi.
Yangi innovatsion yondashuvni O‘zbekiston maktablarida joriy etishdan oldin xorijiy tajribalar ham o‘rganildi. Singapur, Xitoy, Angliya, Finlandiya, Estoniya kabi ta’limi ilg‘or mamlakatlar o‘quvchilarda 4K tamoyilini o‘z ichiga olgan XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratadi. 
PISA, PIRLS kabi xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan davlatlar ta’limida o‘quvchilarda "4K"ni o‘z ichiga olgan muloqot, tadqiqot, yaratuvchanlik kabi ko‘nikmalarga alohida urg‘u berilgan va shuning uchun ham ular xalqaro reytinglarda katta natijalarga erishishyapti.
Download 7.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling